Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ikki jins orasidagi munosabatlar » Erkak va ayollar aralashgan jamoaga dars berish usuli
Fatvo: 2013

O'qildi: 129

18.11.2025

/ 27 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Erkak va ayollar aralashgan jamoaga dars berish usuli

Savol

Men Kanadada universitet talabasiman va ilgari Islom davlatlaridan birida bo‘lib, biroz shar’iy ilm o‘rganganman. Universitetimda ba’zi musulmonlar bor, ularga dars beraman. Lekin dars paytida yigitlar chap tomonimda, qizlar esa o‘ng tomonimda bo‘ladi. Bu harom qilingan aralashishga kiradimi? Dars berish uchun qanday munosib taklif bor?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shahringizdagi musulmon talabalarga foydali darslar o‘tkazishdagi sa’y-harakatlaringiz uchun Alloh sizga ajr bersin. Kufr yurtlarida yashovchi musulmonlar dinlarini o‘rganishga juda muhtojdirlar. Sizning ilgari musulmon yurtlarida olgan tajribangiz bu yo‘lda foyda beradi, inshaalloh. Shuning uchun ularga tavhidni, to‘g‘ri islomiy aqidani o‘rgatishga, ibodatlarni fiqhiy jihatdan tushuntirishga, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va sahobalarning siyratini ko‘rsatishga e’tibor berishingizni tavsiya qilaman.

Siz so‘ragan masalaga kelsak, erkaklar va ayollarning bir halqada, bir-birlarining oldida o‘tirishlari xatardan xoli emas. Sizda ham bunga nisbatan xavotir sezilgan va shu sabab savol bergansiz, deb o‘ylaymiz. Ayniqsa, ayollarning hijobi to‘liq bo‘lmasligi yoki yuzlari erkaklar oldida ochiq bo‘lishi ehtimoli mavjud.

Shuning uchun sizga ikki narsadan birini taklif qilamiz:

Ayollar to‘liq hijobda erkaklar safi ortida o‘tiradilar. Shunda siz hammaga yuzlanib dars bera olasiz.

Agar ayollar to‘liq hijob kiyishni xohlamasalar, erkaklar bilan ayollar orasida tovush yetadigan to‘siq qo‘yiladi. Ular to‘siq ortidan savol berishlari yoki savollarni qog‘ozga yozib uzatishlari mumkin.

Alloh sizni va bizni yaxshilik qilishga, Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lda da’vat qilishga muvaffaq qilsin.

Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga Allohning salovoti va salomlari bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Ayollarga qarash: birinchi va ikkinchi nazar

    Ayollarga qarashning mutlaqo taqiqlangani menga ma’lum. Ulardan biri ba’zan e’tiborimni tortsa, bir-ikki soniya qarayman, keyin Allohning amrini eslab, darhol nigohimni chetga buraman. Shu qisqa muddatli qarashim uchun gunohkor bo‘lamanmi? «Islomda halol va harom» kitobida Qur’on ko‘zlarni tiyishga buyurishi va qarashning ta’rifi «ko‘zlar ayolning go‘zalligidan lazzatlanishi yoki shahvat bilan tikilib qolish» ekanini o‘qidim. Allohga shukrki, men hech qachon bu darajaga yetmaganman, lekin mana shu ikki soniya meni xavotirga soladi. Alloh sizga baraka bersin.
  • Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat zinodan tug‘ilgan farzandning mavjudligi bilan yo‘qoladimi?

    Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat (yolg‘iz qolish) ularning zinodan tug‘ilgan farzandi bor bo‘lishi bilan barham topadimi?