Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Taomlar » Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi
Fatvo: 2005

O'qildi: 49

Noyabr 15, 2025

/ 24 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

Savol

Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo bizga shunday xabar beradi:

﴿أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ الْبَحْرِ وَطَعَامُهُ مَتَاعًا لَكُمْ﴾

«Sizlarga o‘zingiz va boshqa musofirlar foydalanishi uchun dengiz ovi va uning yemishlari (ya’ni, sizlar ovlamay o‘zi sohilga chiqib qolgan narsalar) halol qilindi» (Moida: 96).

Alloh dengiz ovini shu tarzda halol qilgani, Payg‘ambarimiz alayhissalom uning o‘ligi ham halol ekanini aytganlari va o‘lik baliqning hech bir qismini istisno qilmay halol deb bildirganlaridan, biz uning terisi, dumi, ko‘zlari va boshqa barcha qismlari bilan halol ekanini anglaymiz.

Hayratlanarli joyi shundaki, Alloh halol qilgan narsani harom deyishga inson qanday jur’at etadi! Haqiqatan, bu juda xavfli ish. Alloh taolo aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تُحَرِّمُوا طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ۝٨٧﴾

«Ey mo‘minlar, Alloh sizlar uchun halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom demanglar va (Alloh belgilagan chegaradan) tajovuz qilmanglar! Albatta, Alloh tajovuzkor kimsalarni sevmas» (Moida: 87).

Yana Alloh azza va jalla aytadi:

﴿قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ ۚ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ۝٣٢﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Alloh bandalari uchun chiqargan bezak (liboslarni) va halol-pok rizqlarni kim harom qildi?!» Ayting: «Ular (ya’ni, bezak va halol rizqlar) hayoti du‘nyoda iymon egalari uchun (bo‘lib, kofirlar ham ularga sherik bo‘lur), Qiyomat Kunida esa faqat (mo‘minlarning) o‘zlariga xosdir». Biladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal qilurmiz» (A’rof: 32).

Alloh subhanahu va taolo aytadi:

﴿قُلْ أَرَأَيْتُمْ مَا أَنْزَلَ اللَّهُ لَكُمْ مِنْ رِزْقٍ فَجَعَلْتُمْ مِنْهُ حَرَامًا وَحَلَالًا قُلْ آللَّهُ أَذِنَ لَكُمْ ۖ أَمْ عَلَى اللَّهِ تَفْتَرُونَ۝٥٩﴾

«Ayting: «Xabar beringiz-chi (ey mushriklar), Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqu ro‘zning (ayrimlarini) harom, (ayrimlarini) halol qilib oldingiz». Ayting: «Xabar beringiz-chi, (bunday qilish uchun) sizlarga Alloh izn berdimi yoki Alloh sha’niga bo‘hton qilmoqdamisizlar?!» (Yunus: 59).

U Zot Oʻz bandalarini ilmsiz harom qilishdan ogohlantirib aytadi:

﴿وَلَا تَقُولُوا لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَٰذَا حَلَالٌ وَهَٰذَا حَرَامٌ لِتَفْتَرُوا عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ۝١١٦﴾

«Alloh sha’niga yolg‘on to‘qish uchun (ya’ni, Alloh buyurmagan hukmlarni Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgonni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar! Chunki Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar hech najot topmaslar» (Nahl: 116).

Shu sababli, baliq ko‘zini yeyish harom deb Alloh haqida yolg‘on to‘qigan bu kimsa Allohga tavba qilishi, Allohning dini borasida o‘zboshimchalik qilmasligi va ilmsiz so‘zlamasligi vojib bo‘ladi. Agar biror kishi biron narsadan jirkansa yoki uni nafsi yoqtirmasa, uni harom deb hukm qilishi joiz emas. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam sarimsoqning hidini yoqtirmaganlarida shunday degan edilar:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ قَالَ: «لَمْ نَعْدُ أَنْ فُتِحَتْ خَيْبَرُ فَوَقَعْنَاأَصْحَابَ رَسُولِ اللهِ فِي تِلْكَ الْبَقْلَةِ الثُّومِ وَالنَّاسُ جِيَاعٌ، فَأَكَلْنَا مِنْهَا أَكْلًا شَدِيدًا. ثُمَّ رُحْنَا إِلَى الْمَسْجِدِ فَوَجَدَ رَسُولُ اللهِ الرِّيحَ فَقَالَ: مَنْ أَكَلَ مِنْ هَذِهِ الشَّجَرَةِ الْخَبِيثَةِ شَيْئًا فَلَا يَقْرَبَنَّا فِي الْمَسْجِدِ. فَقَالَ النَّاسُ: حُرِّمَتْ! حُرِّمَتْ! فَبَلَغَ ذَاكَ النَّبِيَّ فَقَالَ: أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّهُ لَيْسَ بِي تَحْرِيمُ مَا أَحَلَّ اللهُ لِي، وَلَكِنَّهَا شَجَرَةٌ أَكْرَهُ رِيحَهَا».

Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Xaybarni hali fath qilmagan edik. Biz – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari sarimsoq poliziga duch kelib qoldik. Odamlar och edi. Undan rosa yeb, kun oqqandan keyin masjidga bordik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning hidini sezib, «Kim mana bu badbo‘y o‘simlikdan yegan bo‘lsa, masjidga hargiz yaqinlashmasin!» dedilar. Odamlar: «(Sarimsoq) harom qilinibdi, harom qilinibdi!» deyishdi. Bu gap Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetib borgan edi, Shunda u zot: «Ey odamlar! Menda Alloh menga halol qilgan narsani harom qilish huquqi yo‘q. Men bu o‘simlikning hidini yoqtirmayman, xolos», dedilar» (Sahihi Muslim, 565).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni yomon ko‘rishlari va odamlarni uni yeganlarida masjidga kirishdan man qilishlari uning harom qilinganini anglatmasligini bayon qildilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zobb (echkiemarga o‘xshash, ammo go‘shti halol jonivor) yeyishni yomon ko‘rganlarida, uni yeyishni boshqalarga harom qilmadilar, quyidagi hadisda kelganidek:

أَنَّ ابْنَ عَبَّاسٍ أَخْبَرَهُ: أَنَّ خَالِدَ بْنَ الْوَلِيدِ الَّذِي يُقَالُ لَهُ سَيْفُ اللهِ أَخْبَرَهُ: «أَنَّهُ دَخَلَ مَعَ رَسُولِ اللهِ عَلَى مَيْمُونَةَ وَهِيَ خَالَتُهُ وَخَالَةُ ابْنِ عَبَّاسٍ، فَوَجَدَ عِنْدَهَا ضَبًّا مَحْنُوذًا قَدِمَتْ بِهِ أُخْتُهَا حُفَيْدَةُ بِنْتُ الْحَارِثِ مِنْ نَجْدٍ، فَقَدَّمَتِ الضَّبَّ لِرَسُولِ اللهِ ﷺ، وَكَانَ قَلَّمَا يُقَدِّمُ يَدَهُ لِطَعَامٍ حَتَّى يُحَدَّثَ بِهِ وَيُسَمَّى لَهُ، فَأَهْوَى رَسُولُ اللهِ يَدَهُ إِلَى الضَّبِّ، فَقَالَتِ امْرَأَةٌ مِنَ النِّسْوَةِ الْحُضُورِ: أَخْبِرْنَ رَسُولَ اللهِ مَا قَدَّمْتُنَّ لَهُ، هُوَ الضَّبُّ يَا رَسُولَ اللهِ، فَرَفَعَ رَسُولُ اللهِ يَدَهُ عَنِ الضَّبِّ، فَقَالَ خَالِدُ بْنُ الْوَلِيدِ: أَحَرَامٌ الضَّبُّ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: لَا، وَلَكِنْ لَمْ يَكُنْ بِأَرْضِ قَوْمِي فَأَجِدُنِي أَعَافُهُ. قَالَ خَالِدٌ: فَاجْتَرَرْتُهُ فَأَكَلْتُهُ وَرَسُولُ اللهِ يَنْظُرُ إِلَيَّ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumo shunday xabar qiladi: «Allohning qilichi deyishadigan Xolid ibn Valid xabar qildiki, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Maymunaning – u uning ham, Ibn Abbosning ham xolasi edi – uyiga kiribdi. Uning huzurida toblab pishirilgan zobb bor ekan. Uni singlisi Hufayda bint Horis Najddan olib kelgan ekan. U zobbni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uzatibdi. U zot biror yegulik haqida so‘zlanmaguncha, nomi aytilmaguncha kamdan-kam hollarda qo‘llarini unga uzatar edilar. Raqoyimaloh sollallohu alayhi vasallam qo‘llarini zobbga cho‘zibdilar. Shunda hozir bo‘lgan ayollardan biri: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nima berganingizni aytib qo‘ying. Bu zobb, ey Allohning Rasuli», debdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zobbdan qo‘llarini tortibdilar. Xolid ibn Valid: «Zobb harommi, ey Allohning Rasuli?» debdi. U zot: «Yo‘q. Lekin u bizning yerlarda bo‘lmaydi, shuning uchun undan sal jirkangandek bo‘lyapman»,debdilar. Xolid aytadi: «Shunda men uni oldimga tortib, yeyaverdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa menga qarab turardilar» (Sahihi Buxoriy, 5391).

Savol beruvchi aziz singlim, savolingizga javob olganingizdan so‘ng, sizni bir masalada ogohlantirmoqchiman.

Savolingizda e’tiborimni tortgan narsa, sizning dengiz mahsulotlari restoraniga bir erkak tanishingiz bilan ovqatlanishga borganingizni aytganingiz bo‘ldi. Agar bu shaxs sizga er yoki mahram bo‘lmasa, Allohdan qo‘rqing, Allohdan qo‘rqing, Allohdan qo‘rqing va o‘zingizga savol bering, qaysi biri buyukroq va savol berishga hamda e’tiborga loyiqroq: baliqning ko‘zini yeyishmi yoki sizga begona bo‘lgan erkak bilan restoranga borib, u bilan o‘tirib suhbatlashishmi?

Allohdan O‘zining g‘azabiga sabab bo‘ladigan narsalardan bizni saqlashini, bizga O‘zidan taqvo qilish va qo‘rqishni rizq qilib berishini so‘rayman.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi

    Men huzurida dars olayotgan ayol aytgan gaplarning qanchalik to‘g‘riligini tushuntirib berishingizni so‘rayman. U yer ostida o‘sadigan sabzavotlar makruh ekanligini va bir idishda bir necha narsalarni pishirish harom ekanligini aytdi. Biz odatda yer ostida o‘sadigan 5 yoki 6 turdagi sabzavotlardan iborat taomlar tayyorlashga o‘rganganmiz va bularning barchasi bitta idishda pishiriladi. Uning aytganlari to‘g‘rimi yoki u yanglishyaptimi?
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?
  • Hayvon terisidan tayyorlangan mahsulotlar hukmi

    Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?
  • Benamozlar ishlaydigan qassobxona

    Bir qassobxonani bilaman, unda ishlaydigan kishilarning ba’zilari namoz o‘qiydi, ba’zilari esa benamoz. U yerda ko‘pchilik Islom dinini haqorat qiladi. Ular so‘ygan hayvonlarni iste’mol qilish joizmi?
  • Oqova suvi bilan ekinlarni sug‘orish

    Oqova suv kanallarining bo‘yida xurmo daraxtlarimiz bor. Ularning xurmo mevalari va gʻoʻralarini iste’mol qilish joizmi?