O'qildi: 51
Noyabr 11, 2025
/ 20 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Ilm talab qilish » Musobaqalar va oʻyinlar
Savol
Ba’zi talabalar shar’iy ilmni o‘rganish jarayonida, ma’lum bir masalada kim xato qilsa, to‘g‘ri javob bergan kishiga kitob sotib olib berishi kerakligi haqida bahs o‘ynashadi. Bu shariat nuqtai nazaridan joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu bir musobaqa hisoblanadi. Shayxul Islom shar’iy musobaqalarning zarari yo‘q deyishgan. U Alloh rahmat qilsin, buni jihod yo ilm bilan, yo qurol bilan bo‘lishi mumkinligi bilan asoslagan. Shuningdek, Abu Bakr roziyallohu anhu haqida aytilgan voqeani dalil qilib keltirgan. Alloh taoloning:
«Alif, Lom, Mim. Rum mag‘lub bo‘ldi. Juda yaqin joyda. (Lekin) ular (ya’ni, rumliklar) bu mag‘lubiyatlaridan so‘ng albatta g‘alaba qilajaklar. Bir necha yil ichida» (Rum: 1-4) oyati nozil bo‘lganida, forslar rumliklarni yenggan edilar. Rumliklar nasroniylar bo‘lib, ahli kitoblardan edi, forslar esa majusiylar bo‘lib, ularda samoviy kitob yo‘q edi. Alloh taolo:
«Bir necha yil ichida. Avvalu-oxir barcha ish Allohning (izmida)dir. O‘sha kunda mo‘minlar shodlanurlar. Alloh (rumliklarni) g‘olib qilgani sababli» (Rum: 4-5) degan. Chunki mo‘minlar nasroniylarning forslar ustidan g‘alaba qozonishini istar edilar, chunki nasroniylar ahli kitob bo‘lib, ular majusiylarga qaraganda islomga yaqinroq edilar. Quraysh esa forslarning rumliklar ustidan g‘alaba qozonishini istar edi. Quraysh: «Rumliklar forslarni aslo yenga olmaydilar, chunki forslar ulardan kuchliroq», deb aytishdi. Ular Qur’onga ishonmas edilar. Shunda Abu Bakr ularga tuyalar ustida yetti yil muddatga garov o‘ynatdi. Yetti yil o‘tdi, hech narsa sodir bo‘lmadi. Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzuriga bordi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Muddatga ikki yil qo‘sh va garovni ham oshir», dedilar. Buni Ibn Jarir o‘z tafsirida (10/165,166, 27876-raqam) keltirgan. Chunki «bir necha yil ichida» degani uchdan to‘qqizgacha bo‘lgan muddatni anglatadi. Shu sababli ehtiyot bo‘lib, muddatni va garovni oshirishni buyurdilar. Abu Bakr shunday qildi. Ikki yil o‘tar-o‘tmas karvonlar rumliklarning forslar ustidan zafar qozonganini xabar qilib kelishdi. Shayxul Islom mana shu voqeadan shar’iy ilm masalalarida garov oʻynatish joizligiga dalil keltirgan.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?