O'qildi: 172
06.11.2025
/ 15 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Taomlar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Allohning bizga bergan ne’matlaridan biri shuki, U dinimizni oson qildi, uni bizga qiyin qilmadi va bizga toqatimizdan tashqari narsani yuklamadi va avvalgi shariatlarda harom qilingan ko‘p narsalarni halol qildi:
«Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og‘ir bo‘lishini istamaydi» (Baqara: 185).
Shu ne’matlardan biri — dengiz mahsulotlarining halol qilinishi. Ular hayvon yoki o‘simlik, tirik yoki o‘lik bo‘lishidan qat’i nazar, iste’mol qilinishi joiz. Alloh taolo aytadi:
«Sizlarga o‘zingiz va boshqa musofirlar foydalanishi uchun dengiz ovi va uning yemishlari halol qilindi» (Moyida: 96).
Ibn Abbos aytadi: «Oyatdagi «ovi»dan murod — tirik holda ovlangan dengiz hayvonlari, «yemishlari» esa — dengiz sohiliga chiqib qolgan o‘limtiklaridir».
Ba’zi olimlar yuqorida tilga olingan ruxsatdan dengiz hayvonlarining ayrim noyob turlarini istisno qilganlar. Ular quyidagilardir:
«Sizlarga dengiz (suv) ovi va uning yemishlari halol qilindi» (Moyida: 96).
Biz bu masalani 99056-savolning javobida batafsil yoritganmiz.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbaqani o‘ldirishdan qaytardilar» (Ibn Moja, 3223; Hadis hukmi: «sahih». Manba: « Sahihul Jome’», 6971).
Shariatdagi asl qoida shunday: o‘ldirish taqiqlangan narsani yeyish ham joiz emas, chunki agar yeyishga ruxsat berilganida edi, o‘ldirishga ham ruxsat berilgan bo‘lardi.
«Sizlarga o‘zingiz va boshqa musofirlar foydalanishi uchun dengiz (suv) ovi va uning yemishlari halol qilindi» (Moyida: 96).
«Hamda bir-birlaringizni o‘ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga mehribon bo‘lgan Zotdir» (Niso: 29),
«Va (baxillik qilish bilan) o‘zingizni halokatga tashlamang!» (Baqara: 195).
Manbalar: «Mug‘niy», 11/83; «Hoshiyat ar-ravd», 7/430; «Ibn Kasir tafsiri», 3/197.
Alloh biluvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?