Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ilgarigi kitoblarda bashorat qilinishi
Fatvo: 185

O'qildi: 220

Iyun 15, 2025

/ 19 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » »

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ilgarigi kitoblarda bashorat qilinishi

Savol

Menga baʼzi musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallam va Iso alayhissalom buyuk paygʻambarlar ekanligi, Injilda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikr qilinmaganligining sababi, u zot Injil yozilganidan soʻng tavallud topganliklarini aytishmoqda. Xoʻsh, Iso alayhissalom Tavrot yozilganidan keyin tugʻilgan boʻlsada, Tavrotda u kishi haqlarida 600 dan ortiq ishora va bashoratlar bor hamda bularning barchasi roʻyobga chiqqan. Lyekin butun boshli Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida birorta ham xabar kelmagan. Shunday ekan, Iso alayhissalom va Muhammad sollallohu alayhi va sallam qanday qilib teng boʻlishlari mumkin?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bizda ikki ehtimol bor: yo sizga bu gapni aytgan kishi johil boʻlib, uning soʻzi eʼtiborga olinmaydi yoki bu daʼvo yolgʻon va boʻhtondir. Chunki, biz musulmonlar Alloh taolo ushbu oyatda shunday deganini yaxshi bilamiz:

 

﴿ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِيَّ ٱلۡأُمِّيَّ ٱلَّذِي يَجِدُونَهُۥ مَكۡتُوبًا عِندَهُمۡ فِي ٱلتَّوۡرَىٰةِ وَٱلۡإِنجِيلِ يَأۡمُرُهُم بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَيَنۡهَىٰهُمۡ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيۡهِمُ ٱلۡخَبَٰٓئِثَ وَيَضَعُ عَنۡهُمۡ إِصۡرَهُمۡ وَٱلۡأَغۡلَٰلَ ٱلَّتِي كَانَتۡ عَلَيۡهِمۡۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِهِۦ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَٱتَّبَعُواْ ٱلنُّورَ ٱلَّذِيٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلۡمُفۡلِحُونَ﴾

«Ular shunday kishilardirki, ummiy (oʻqish-yozishni bilmagan) paygʻambarga — nomini oʻz oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topishadigan — elchimizga (Muhammadga) ergashadilar. U paygʻambar ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni ular uchun halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ulardan yuklarini va ustlaridagi kishanlarini olib tashlaydi (yaʼni, Islom dinidan avvalgi dinlarda boʻlgan ogʻir, mashaqqatli ibodatlarni olib tashlab, ularning oʻrniga oson va yengillarini keltiradi). Bas, unga iymon keltirgan, uni ulugʻlab, unga yordam qilgan hamda uning (kelishi) bilan nozil qilingan nurga (yaʼni, Qurʼonga) ergashgan zotlar — ana oʻshalargina najot topguvchilardir» (Aʼrof: 157).

Ibn Kasir rahimahulloh yuqoridagi oyatning tafsirida shunday deydi: “Bu Muhammad sollallohu alayhi vasallamning avvalgi paygʻambarlarning kitoblarida kelgan sifatlari boʻlib, Paygʻambarlar oʻz ummatlariga u zotning yuborilishi haqida bashorat berganlar va u zotga ergashishga chaqirganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlari yahud va nasorolarning kitoblarida hali-hanuz mavjud boʻlib, ularning olimlari va rohiblari buni juda yaxshi bilishadi.

Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Ab-u Saxr Uqayliy aytadi: Menga Bodiya ahlidan boʻlgan bir kishi soʻzlab berdi. U aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlik davrlarida Madinaga sotgani sogʻin tuya olib keldim. Savdoni tamomlagach oʻzimga oʻzim: men bu odam bilan uchrashib, uni tinglab koʻrishim lozim, dedim. U zotni kutib turib, Ab-u Bakr va Umar bilan birga ketayotganlirini koʻrdim. Soʻng, ortlaridan ergashdim. Ular bir yahudiy kishining oldiga kelishdi. Bu yahudiy Tavrotni ochib, oʻqib oʻtirgan edi. U oʻziga oʻlimi yaqin boʻlgan oʻgʻli sababli tasalli berib oʻtirardi. Oʻgʻli juda chiroyli, xushbichim yigit edi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga shunday dedilar:
«Sendan Tavrotni nozil qilgan Zotning nomi ila soʻrayman, bu kitobingda mening vasfim va paygʻambar etib yuborilishim haqida xabar kelganmi?» U boshini chayqab, rad qildi. Shunda uning oʻgʻli: «Ha, Tavrotni nozil qilgan Zotga qasamki, albatta biz kitobimizda sizning vasfingiz va paygʻambar qilib yuborilishingiz haqida oʻqiganmiz. Allohdan oʻzga hech qanday haq iloh yoʻq va siz Allohning Rasulisiz deb guvohlik beraman», dedi.  Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yahudiyni birodaringizdan chetlashtiring», dedilar (Musnadi Ahmad: 5/411). Bu hadisning rivoyat bogʻichi juda kuchli. 

Ato ibn Yasordan rivoyat qilinadi:

«Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhumo bilan koʻrishib qoldim. «Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Tavrotdagi vasflaridan xabar bering», dedim. U: «Ha, Allohga qasamki, u zot Qurʼondagi baʼzi sifatlari bilan Tavrotda ham tilga olinganlar: «Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvoh, xushxabar beruvchi, ogohlantiruvchi va ummiylar uchun himoya qoʻrgʻoni qilib yubordik. Sen bandamsan va Rasulimsan. Seni Mutavakkil deb nomladim. U badxulq ham, qoʻpol ham, bozorlarda shovqin soluvchi ham emas. U yomonlikni yomonlik bilan qaytarmas, balki afv qilur va kechirur. Alloh uning vositasida egri (yoʻldagi) millatni «Laa ilaaha illalloh» deydigan qilib toʻgʻrilamaguncha uni aslo qabz qilmas. U bilan koʻr koʻzlarni, gung quloqlarni va berk qalblarni ochadi», dedi». (Buxoriy: 2125)

Alloh taolo har bir paygʻambarni yuborishdan avval Muhammad sollallohu alayhi va sallam oʻsha paygʻambarning zamonasida kelsalar, u zotga ergashishi haqida ahdu paymon olgan. 

Alloh taolo Oli Imron surasida aytadi (Bu surani ochiq yurak bilan oʻqigan har qanday nasroniy, albatta islomga kirishi muqarrar):

 

﴿ وَإِذۡ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ لَمَآ ءَاتَيۡتُكُم مِّن كِتَٰبٖ وَحِكۡمَةٖ ثُمَّ جَآءَكُمۡ رَسُولٞ مُّصَدِّقٞ لِّمَا مَعَكُمۡ لَتُؤۡمِنُنَّ بِهِۦ وَلَتَنصُرُنَّهُۥۚ قَالَ ءَأَقۡرَرۡتُمۡ وَأَخَذۡتُمۡ عَلَىٰ ذَٰلِكُمۡ إِصۡرِيۖ قَالُوٓاْ أَقۡرَرۡنَاۚ قَالَ فَٱشۡهَدُواْ وَأَنَا۠ مَعَكُم مِّنَ ٱلشَّٰهِدِينَ

 

«Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha paygʻambarlardan: «Men sizlarga qanday Kitob va hikmat bermayin, keyin sizlarning paygʻambarligingizni tasdiq etuvchi bir paygʻambar (yaʼni Muhammad sollallohu alayhi vasallam) kelgach, albatta unga iymon keltirursiz va yordam berursiz», deb ahd-paymon olgach, ularga: «Mana shu ahd-paymonimni iqror boʻlib qabul qildingizlarmi?», dedi. U paygʻambarlar: «Iqrormiz», deb javob qilishgach, Alloh aytdi: «Guvoh boʻlingiz! Men ham sizlar bilan guvoh boʻlguvchilardanman» (Oli Imron: 81).

Qurtubiy rahimahulloh ushbu oyatning tafsirida shunday degan: «Aytilishicha, Alloh taolo paygʻambarlardan bir-birlarini tasdiqlash va bir-birlariga iymon keltirishga buyurish ahdini olgan, buning maʼnosi: tasdiqlash bilan birga u zotga yordam berish demakdir. Tovus ibn Kayson aytadi: «Alloh taolo oldingi paygʻambarlardan oʻzlaridan keyin keladigan paygʻambarga iymon keltirishlari borasida ahd-u paymon olgan».

Ali va Ibn Abbosning soʻzlariga koʻra oyatdagi Rasuldan murod – Muhammad sollallohu alayhi vasallamdir. Alloh barcha paygʻambarlardan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirishi, agar u kishining zamonasigacha hayotda boʻlsa, unga yordam berishi haqida ahd-u paymon olgan. Shuningdek, avvalgi paygʻambarlarni oʻz ummatlaridan shunday ahd olishga buyurgan.

Agar siz Injilda, u oʻzgartirilganidan keyin ham, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning paygʻambar boʻlib yuborilishiga oid baʼzi oyatlarni bilmoqchi boʻlsangiz, sizdan Shayx Ahmad Didatning «Muhammad sollallohu alayhi va sallam muqaddas kitoblarda» yoki «Injil Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqida nima deydi?» nomli kitoblariga murojaat qilishingizni soʻraymiz.

 

Allohdan sizga hidoyat tilaymiz.

 

Maʼlumot uchun: Fatvoda zikr qilingan Shayx Ahmad Didat qalamlariga mansub kitobning oʻzbek tiliga tarjimasini sahifamizning “Kitoblar” boʻlimidan yuklab olishingiz mumkin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Odamga jin kirishi haqida

    So‘nggi kunlarda jinlarning inson tanasiga kirishi masalasi ko‘tarildi va bu aqlga sig‘maydigan holat deb da’vo qilinmoqda! Chunki yaratilishda asosiy farq bor: insonlar loydan, jinlar esa olovdan yaratilgan. Shaytonlar faqat vasvasa qilish qobiliyatigagina ega, Alloh ularga insonlar ustidan hukm yuritish huquqini bermagan! Shuningdek, bu boradagi yozib olingan videolavhalar esa dalil bo‘la olmasligi aytilmoqda. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?
  • Turmush oʻrtoq tanlov natijasimi yoki Allohning qadarimi?

    Umr yo‘ldoshini tanlash bandaning ixtiyorimi yoki Allohning taqdirimi?
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Jin odamni o‘ldiradimi?

    Men sehrgarlik haqida ma’lumot olishni xohlayman. Uning ta’siri qanday? Sehrgar undan odam o‘ldirish uchun foydalanishi mumkinmi?
  • Zaruratda milodiy sanadan foydalanish

    Muhtaram shayx hazratlari, sizni xabardor qilmoqchimanki, Islom forumi idoralari milodiy taqvimdan foydalanadigan mamlakatlarda joylashgan, biz esa hijriy taqvimga amal qilamiz. Bu tafovut bizga hijriy taqvimni qo‘llamaydigan davlat idoralari bilan munosabatda bo‘lishda, shuningdek byudjetni rejalashtirish, maosh to‘lash va o‘sha davlatlardagi tegishli idoralarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Biz hijriy taqvimning muhimligiga qat’iy ishonch bildiramiz va uni musulmonlarning ramzi hamda g‘ayridinlardan farqlovchi belgi sifatida tan olamiz. Shunday bo‘lsa-da, zarurat tufayli moliyaviy muomalalar va byudjet masalalarida milodiy taqvimdan foydalanishimiz joizmi?
  • Shahodat kalimasini aytmagan kishi musulmon sanalmaydi

    Agar inson tug‘ilganidan beri g‘ayridin bo‘lsa-yu, samimiy bo‘lsa, katta gunohlar qilmagan bo‘lsa, hamma to‘g‘ri yo‘lda deb ishonsa, unga hech kim Islom haqida aytmagan bo‘lsa va shu holatda vafot etsa, bunday inson qiyomat kuni jannatga kiradimi yo doʻzaxga tushadimi? Alloh sizga yaxshiliklar ato etsin.