Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Tijorat shartnomalari » Zamonaviy aloqa vositalari orqali shartnomalar tuzishning hukmi
Fatvo: 1848

O'qildi: 28

Oktabr 31, 2025

/ 9 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Zamonaviy aloqa vositalari orqali shartnomalar tuzishning hukmi

Savol

Telefon, faks, telegramma, internet va shunga o‘xshash zamonaviy vositalar orqali savdo, ijara va shunga o‘xshash shartnomalar tuzishning hukmi qanday? Agar an’anaviy tarzda shartnoma ofis yoki do‘konda tuzilsa, u zamonaviy vositalar orqali tuzilgan shartnomadan nimasi bilan farq qiladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shartnoma shar’an to‘g‘ri bo‘lishi uchun ijob (taklif) va qabul (rozi bo‘lish) shariatda belgilangan tartibda amalga oshirilishi hamda ular orasida to‘siq bo‘lmasligi lozim. Masalan, oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi: «Sizga sotdim», deb aytadi, xaridor esa: «Qabul qildim», deydi — mana shu holda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Zamonaviy aloqa vositalarining keng qo‘llanilishi va ular yordamida tezkor moliyaviy bitimlar tuzilayotganini, shuningdek, fuqaholarning (islom huquqshunoslarining) xatlar, yozma xabarlar, imo-ishoralar va elchilar orqali shartnoma tuzish haqidagi fikrlarini inobatga olib, quyidagicha hukm qilinadi:

Birinchidan, agar shartnoma bir joyda bo‘lmagan, bir-birini ko‘rmaydigan yoki eshitmaydigan ikki shaxs o‘rtasida yozma aloqa vositalari (xat, telegramma, faks, internet va h.k.) orqali tuzilsa, taklif (ijob) yo‘llangan shaxsga yetib borganda va u uni qabul qilganda shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

Ikkinchidan, agar bir vaqtning o‘zida bir-biridan uzoqda joylashgan ikki tomon (masalan, telefon yoki radio orqali) shartnoma tuzsalar, bu holat hozir bo‘lganlar o‘rtasidagi shartnoma hisoblanadi. Bunday bitimga fuqaholar tomonidan belgilangan asosiy qoidalar tatbiq etiladi.

Uchinchidan, agar taklif beruvchi zamonaviy vositalar orqali muddati aniq taklif yuborsa, u belgilangan muddat davomida o‘z taklifida qolishga majbur bo‘ladi. Shu muddat ichida undan voz kechish joiz emas.

To‘rtinchidan, yuqoridagi qoidalar nikoh shartnomasiga taalluqli emas, chunki nikohda guvohlarning ishtiroki shart. Shuningdek, bu qoida valyuta ayirboshlash (sarf) va salam shartnomasiga ham tegishli emas, chunki ular o‘ziga xos shartlarga — qo‘lma-qo‘l amalga oshirish va sarmoyani oldindan to‘lashga — asoslanadi.

Beshinchidan, agar aloqa vositalari orqali tuzilgan shartnomada soxtalashtirish, xato yoki qalbakilashtirish xavfi mavjud bo‘lsa, bunday holatlarda isbotlash masalasi umumiy shariat qoidalari asosida hal etiladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bo‘shatish haqi: ijara huquqidan voz kechish uchun to‘lov

    Ko‘plab shaharlarda bozorlar va markaziy hududlardagi ijarachilar ma’lum miqdordagi pul evaziga o‘z ijara huquqlarini boshqalarga ixtiyoriy ravishda berishadi. Buning hukmi qanday?