Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Ijara » Bo‘shatish haqi: ijara huquqidan voz kechish uchun to‘lov
Fatvo: 1839

O'qildi: 301

30.10.2025

/ 8 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

Bo‘shatish haqi: ijara huquqidan voz kechish uchun to‘lov

Savol

Ko‘plab shaharlarda bozorlar va markaziy hududlardagi ijarachilar ma’lum miqdordagi pul evaziga o‘z ijara huquqlarini boshqalarga ixtiyoriy ravishda berishadi. Buning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Islom Fiqhi Akademiyasi “bo‘shatish haqi” (arabcha: badal al-xuluv) masalasida 6-sonli (4/08/88) qaror chiqargan bo‘lib, unda quyidagilar bayon etilgan:

Birinchidan, bo‘shatish haqi bo‘yicha kelishuv to‘rt holatda yuz berishi mumkin:

  1. Mulk egasi va ijarachi o‘rtasida bu kelishuv ijara boshida mavjud bo‘lishi.
  2. Mulk egasi va ijarachi ijara muddati davomida yoki u tugagach kelishuvga erishishi.
  3. Joriy ijarachi va yangi ijarachi o‘rtasida ijara muddati davomida yoki tugagach kelishuv bo‘lishi.
  4. Yangi ijarachi, mulk egasi va birinchi ijarachi o‘rtasida birinchi ijara muddati tugashidan oldin yoki keyin kelishuv tuzilishi.

Ikkinchidan, agar mulk egasi va ijarachi odatiy ijara haqiga qo‘shimcha ravishda ma’lum miqdorda pul (ba’zi mamlakatlarda “garov puli” deb ataladi) to‘lashga kelishsalar va bu pul belgilangan muddat uchun ijara haqining bir qismi sifatida ko‘rilsa, bunda shar’iy monelik yo‘q.

Agar shartnoma bekor qilinsa, bu mablag‘ga ijara haqi hukmlari qo‘llaniladi.

Lekin ijara muddati tugagandan so‘ng va shartnoma ochiq yoki avtomatik tarzda yangilanmagan holatda bo‘shatish haqi halol bo‘lmaydi, chunki ijarachining huquqi tugaganidan keyin mulk egasi o‘z mulkiga ko‘proq haqlidir.

Uchinchidan, agar ijara muddati davomida birinchi ijarachi va yangi ijarachi o‘rtasida odatiy ijara haqidan tashqari ma’lum miqdordagi pul evaziga qolgan muddatdan voz kechish to‘g‘risida kelishuv bo‘lsa, bu bo‘shatish haqi shar’an joizdir.

Biroq, bu holatda mulk egasi va birinchi ijarachi o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi bandlarga e’tibor berish lozim. Ko‘p hollarda ijara shartnomalarida mulk egasining roziligisiz ko‘chmas mulkni qayta ijaraga berish yoki “bo‘shatish haqi” olish taqiqlangan bo‘ladi. Agar shunday shart mavjud bo‘lsa, unga qat’iy amal qilish kerak.

To‘rtinchidan, agar birinchi ijarachi va yangi ijarachi o‘rtasidagi kelishuv ijara muddati tugagandan keyin amalga oshirilsa, bu holatda bo‘shatish haqi halol bo‘lmaydi, chunki ijarachining mulkdan foydalanish huquqi allaqachon tugagan bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tarmoqli marketing hukmi

    «Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Piramida marketing sxemalari

    Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
  • «CadenzaX Music» platformasi orqali pul topish hukmi

    Men sizlardan hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashayotgan «CadenzaX music» nomli platformaga (yoki shunga o‘xshash loyihalarga) qo‘shilish va undan daromad topishning Islomdagi hukmi haqida so‘ramoqchi edim. Bu sahifaning ishlash tizimi va daromad ko‘rish tartibi quyidagicha: 1. Sayt yoki ilova foydalanuvchilarga ma’lum musiqalarni eshitish, layk bosish yoki qandaydir oddiy vazifalarni bajarish evaziga pul to‘lashni va’da qiladi. 2. Ko‘proq pul ishlash uchun foydalanuvchidan dastlab o‘z yonidan pul kiritib, maxsus «VIP» darajalarni sotib olish talab etiladi. 3. Sayt qoidalariga ko‘ra, orqangizdan yangi odamlarni taklif qilsangiz va ular ham pul kiritsa, ularning sarmoyasidan sizga ma’lum foizlarda bonus (daromad) beriladi. Meni shubhalantirgan jihati shundaki, tizimning asosi aslida musiqa eshitish emas, balki tarmoqli marketing va moliyaviy piramidaga o‘xshab ketadi. Chunki tizim asosan yangi qo‘shilganlarning pullari hisobidan eskilariga pul to‘layotgandek ko‘rinadi.
  • Musulmonning mulhid (xudosiz) kishi qo‘lida ishlashi

    Men mulhid (xudoga ishonmaydigan) kishining qo‘lida ishlayman. Uning qo‘lida ishlash joizmi? U menga yaxshi muomala qiladi va namoz o‘qishga vaqt beradi.
  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xodimning xatolari uchun ish haqini ushlab qolish

    Biz xodimlarining xatolari uchun ularning ish haqidan bir-ikki kunlik miqdorni ushlab qoladigan shirkatda ishlaymiz. Bu jarimalar biror aniq qonunga asoslanmagan, balki bevosita rahbarning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Ammo juda arzimas xatolar uchun ham ish haqimizdan ushlab qolinishi bizni qattiq ranjitadi. Bizdan nohaq ushlab qolingan mablag‘ miqdoricha ish vaqtida shaxsiy ishlarimiz bilan shug‘ullansak to‘g‘ri bo‘ladimi? Bizning og‘ir mehnatimizdan shu yo‘l bilan foyda olishga ularning haqqi bormi? Holbuki, mehnat shartnomasida bu masala kelishilmagan edi.