O'qildi: 11
Oktabr 29, 2025
/ 7 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Haromdan kelgan mol-mulk » Nafaqa
Savol
Ko‘plab musulmon oilalarida erkaklar spirtli ichimliklar, cho‘chqa go‘shti va boshqa harom narsalarni sotish bilan shug‘ullanadilar. Ularning xotinlari va bolalari bundan norozi bo‘lsalar-da, uning moli evaziga kun ko‘rishadi. Ular buning uchun gunohkor bo‘lishadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Alloh taolo aytadi:
«Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan taqvo qiling» (Tag‘obun: 16).
Yana Alloh azza va jalla aytadi:
«Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani yuklamas» (Baqara: 286).
Xotinlar va bolalar agar o‘zlari halol kasb topishga qodir bo‘lmasalar va oila boshchisini halol kasb qilishga, boshqa ish topishga ko‘ndirishga kuchlari yetmasa, zarurat yuzasidan uning shar’an harom bo‘lgan kasbi-kori, aroq, cho‘chqa va boshqa harom savdosidan kelgan mablag‘dan iste’mol qilishlari joiz. Ular otasining zimmasidagi vojib nafaqani ehtiyojlari miqdorida olishlari mumkin. Ammo ehtiyojdan ortiqcha olmaslik kerak.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?