O'qildi: 15
Oktabr 24, 2025
/ 2 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Ilm talab qilish
Savol
Hidoyat yo‘lini tanlab, ilm olishni xohlaydigan, ammo sharoitlari bunga imkon bermaydigan yoshlar bor. Ularga ulamolarning audio va videodarslari yetarli bo‘ladi? Shunda ular ham boshqa ilm izlovchilar kabi ilm toliblaridan hisoblanadimi yoki yo‘qmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ilm olish uchun yozuvlarning yetarli bo‘lish-bo‘lmasligi masalasiga kelsak, agar kishi ulamolar majlisiga qatnasha olmasa, shubhasiz, bu yozuvlar kifoya qiladi. Biroq, ulamolar majlisiga qatnashish afzalroq, yaxshiroq va tushunish hamda muhokama qilish uchun qulayroqdir. Agar qatnashishning iloji bo‘lmasa, zarurat tufayli audio va videodarslar yetarli bo‘ladi.
Shunday ekan, faqat shunga tayanib ilm izlovchi bo‘lish mumkinmi? Biz: ha, agar inson astoydil harakat qilsa, buning imkoni bor, deymiz. Xuddi kitoblardan o‘rganib olim bo‘lish mumkin bo‘lgani kabi. Ammo ilmni kitoblar va yozuvlardan olish bilan bevosita ulamolardan olishning farqi shundaki, ilmni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulamolardan olish ilm egallashning to‘g‘riroq yo‘lidir. Chunki bu tinglash yoki o‘qishdan farqli o‘laroq osonroq bo‘lib, muhokama qilish imkoniyatini beradi. Zero, tinglovchi yoki o‘quvchi uchun bilimning turli jihatlarini jamlab, anglab yetish katta mashaqqat talab qiladi. Bundan tashqari, ulamolar huzurida ilm izlovchining tushunishda xato va anglashilmovchiliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoli yozib olingan darslar va kitoblar orqali ilm o‘rganuvchiga nisbatan kamroq bo‘ladi.
Bu javob foydali bo’ldimi?