Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Maʼnaviy koʻrsatmalar » Tavba » Bedavo dardga chalingan kishining tavbasi maqbulmi?
Fatvo: 1807

O'qildi: 20

Oktabr 22, 2025

/ 30 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi: »

Bedavo dardga chalingan kishining tavbasi maqbulmi?

Savol

Ko‘p gunohlar bilan yurgan bir kishi og‘ir xastalikka chalinib qoldi. U davolanishga urinib ko‘rdi, biroq natija bermadi. Shifokorlar uning dardiga davo yo‘qligini aytishdi. Endi afsus-nadomat chekib, tavba qilishni xohlayapti. Uning shifo topishidan umid bo‘lmagan, o‘lim xastaligiga duchor bo‘lgan holda qilgan tavbasi qabul qilinadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ha, hayotdan umidini yo‘qotgan insonning tavbasi qabul qilinadi. Bu xoh saraton kabi bedavo kasallik tufayli bo‘lsin, xoh qasos uchun qatl etilishga olib kelingan odam bo‘lsin, hatto jallod uning boshi uzra qilich ko‘tarib turgan bo‘lsa ham. Shuningdek, nikoh koʻrgan kishi zino qilib, toshbo‘ron qilinishga hukm etilgan bo‘lsa ham, unga jazo berish uchun toshlar tayyorlab qo‘yilgan bo‘lsa ham, uning tavbasi qabul qilinadi. Chunki Alloh bandaning tavbasini to u jon taslim qilmagunicha qabul qilaveradi. Bu Alloh taoloning quyidagi so‘zlariga asoslanadi:

﴿إِنَّمَا التَّوْبَةُ عَلَى اللَّهِ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السُّوءَ بِجَهَالَةٍ ثُمَّ يَتُوبُونَ مِنْ قَرِيبٍ فَأُولَٰئِكَ يَتُوبُ اللَّهُ عَلَيْهِمْ ۗ وَكَانَ اللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا ۝١٧﴾

«Albatta, Allohning tavbalarni qabul qilishi faqat bironta gunohni nodonlik bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir. Alloh ana shunday kishilarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan Zotdir» (Niso: 17).

«Darhol tavba qilgan kishilar» deganidan o‘limidan oldin tavba qilganlar tushuniladi. Alloh taoloning shu oyatdan keyingi:

﴿وَلَيْسَتِ التَّوْبَةُ لِلَّذِينَ يَعْمَلُونَ السَّيِّئَاتِ حَتَّىٰ إِذَا حَضَرَ أَحَدَهُمُ الْمَوْتُ قَالَ إِنِّي تُبْتُ الْآنَ﴾

«Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida «endi tavba qildim», deydigan va na kofir holda o‘lib ketadigan kimsalarning tavbalari qabul qilinmas» (Niso: 18).

Biroq, tavbaning beshta sharti mavjud:

  1. Ixlos;
  2. Qilmishidan chin dildan afsuslanish;
  3. Gunohni zudlik bilan tark etish;
  4. Kelajakda unga qaytmaslikka qat’iy ahd qilish;
  5. Tavba qabul qilinadigan paytda tavba qilish. Ya’ni, o‘lim kelmasidan yoki quyosh g‘arbdan chiqmasidan avval tavba qilish lozim.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Yo‘ldan adashgandan keyin Islomga qaytish

    Bobom va buvim musulmon, ota-onam ham o‘zlarini musulmon deb bilishadi, ammo ular faqat ba’zida namoz o‘qib, ro‘za tutadilar, Islomning barcha qoidalariga to‘liq amal qilishmaydi. Men esa buvim bilan namoz o‘qishni va Islom ta’limotini o‘rganishni boshladim. Bu mening birinchi marta to‘liq ro‘za tutayotgan Ramazonim. O‘tmishda ko‘p gunohlar qilganman. Qilgan ishlarimni Alloh kechirarmikan?
  • Zino qilgan kishining solih amallari qabul boʻladimi?

    Alloh taolo zino qilgan odamning namozi va ro‘zasini, agar tavba qilsa, uning tavbasini qabul qiladimi?
  • Benamozning tavbasi

    Men hayotimning bir qismini namoz o‘qimay oʻtkazdim. So‘nggi yillarda Allohga tavba qilib, namozimni muntazam ado etyapman. O‘tmishdagi o‘qilmagan namozlarim bo‘yicha shar’iy hukmni aytib bersangiz.
  • Fohishalikdan tavba qilish

    Men katta gunoh qilib qo‘ydim va nima qilishni bilmayapman. Bilaman, bizning go‘zal dinimizda «ruhoniyga gunohni e’tirof etish» tushunchasi yo‘qligini bilaman, lekin men zino qilib qoʻydim. Allohdan mag‘firat so’rab, tavba qilishga harakat qilyapman. «Nur» surasini o‘qiganimda, men iffatli, pokiza ayolga uylana olmasligimni angladim, endi nima qilishni bilmay boshim qotgan. Iltimos, Alloh menga do‘zax azobini yengillashtirishi uchun duo qiling.