Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ikki jins orasidagi munosabatlar » Ayollarga qarash: birinchi va ikkinchi nazar
Fatvo: 1774

O'qildi: 178

21.10.2025

/ 29 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Ayollarga qarash: birinchi va ikkinchi nazar

Savol

Ayollarga qarashning mutlaqo taqiqlangani menga ma’lum. Ulardan biri ba’zan e’tiborimni tortsa, bir-ikki soniya qarayman, keyin Allohning amrini eslab, darhol nigohimni chetga buraman. Shu qisqa muddatli qarashim uchun gunohkor bo‘lamanmi? «Islomda halol va harom» kitobida Qur’on ko‘zlarni tiyishga buyurishi va qarashning ta’rifi «ko‘zlar ayolning go‘zalligidan lazzatlanishi yoki shahvat bilan tikilib qolish» ekanini o‘qidim. Allohga shukrki, men hech qachon bu darajaga yetmaganman, lekin mana shu ikki soniya meni xavotirga soladi. Alloh sizga baraka bersin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: «سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ عَنْ نَظَرِ الْفُجَاءَةِ، فَأَمَرَنِي أَنْ أَصْرِفَ بَصَرِي».

Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan beixtiyor ko‘z tushib qolishi haqida so‘ragan edim, nigohimni (boshqa tomonga) burishga buyurdilar», dedi» (Sahihi Muslim, 2159).

Muborakfuriy ushbu hadisning sharhida shunday deydi: «Hadisdagi «fujoa» deyilgan holat begona ayolga bexosdan, to‘satdan, ixtiyorsiz nazar tashlashni anglatadi. Arablar hech qanday sababsiz va kutilmaganda biror narsa sodir bo‘lishini «Faja’ahul amr» deyishadi. Roviyning «Nigohimni (boshqa tomonga) burishga buyurdilar» degan so‘zlariga kelsak, bu unga qayta, ya’ni ikkinchi marta qaramaslik buyurilganini bildiradi. Chunki birinchi qarash ixtiyorsiz bo‘lsa, kechiriladi. Agar takror yoki uzluksiz qarayversa, gunohkor bo‘ladi. Bunga Alloh taoloning quyidagi oyati dalil bo‘ladi:

﴿قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahramlarga tikishdan) to‘ssinlar» (Nur: 30).

عَنِ ابْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا عَلِيُّ لَا تُتْبِعِ النَّظْرَةَ النَّظْرَةَ، فَإِنَّ لَكَ الْأُولَى وَلَيْسَتْ لَكَ الْآخِرَةُ».

Ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Aliyga: «Ey Aliy! Nazarga nazarni ergashtirma. (Beixtiyor bo‘lgan) birinchisi sen uchun (bezarar) bo‘lsa, boshqasi unday emas», dedilar» (Termiziy, 2777; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Jome’», 7953).

Sunani Termiziyning sharhi boʻlmish «Tuhfat al-Ahvaziy» kitobida Muborakfuriy shunday deydi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Nazarga nazarni ergashtirma» degan soʻzlari birinchi qarashdan so‘ng qayta qaramang deganidir. Birinchi qarash beixtiyor bo‘lsa, kechirilasiz, ammo ikkinchi qarash ixtiyoriy bo‘lgani uchun, u sizga qarshi hisoblanadi».

Bundan ma’lum boʻladiki, nomahram ayolga ataylab qarash va birinchi tasodifiy nigohdan so‘ng qarashni davom ettirish harom, joiz emasdir. Ayolning qaysi a’zosiga bo‘lmasin, uni chiroyli deb hisoblasangiz ham, hisoblamasangiz ham, shahvoniy tuyg‘ularni uyg‘otsa ham, uyg‘otmasa ham, yomon o‘y-xayollar bilan bog‘liq bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, axloqsiz ishlarga olib kelsa ham, kelmasa ham, qarash haromdir.

Allohdan sizni va bizni barcha harom ishlardan asrashini so‘raymiz. Shubhasiz, Alloh to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilguvchi Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Erkak va ayollar aralashgan jamoaga dars berish usuli

    Men Kanadada universitet talabasiman va ilgari Islom davlatlaridan birida bo‘lib, biroz shar’iy ilm o‘rganganman. Universitetimda ba’zi musulmonlar bor, ularga dars beraman. Lekin dars paytida yigitlar chap tomonimda, qizlar esa o‘ng tomonimda bo‘ladi. Bu harom qilingan aralashishga kiradimi? Dars berish uchun qanday munosib taklif bor?
  • Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat zinodan tug‘ilgan farzandning mavjudligi bilan yo‘qoladimi?

    Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat (yolg‘iz qolish) ularning zinodan tug‘ilgan farzandi bor bo‘lishi bilan barham topadimi?