Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Maʼnaviy koʻrsatmalar » Duo — Iltijolar » «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?
Fatvo: 1741

O'qildi: 36

Oktabr 17, 2025

/ 25 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi: » »

«Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

Savol

«Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Allohdan o‘zgaga duo qilish joiz emas, xoh farovonlikda bo‘lsin, xoh qiyinchilikda bo‘lsin, hatto duo qilinayotgan kishining martabasi qanchalik yuqori bo‘lmasin – garchi u Allohga yaqin Payg‘ambar yoki Allohning farishtalaridan bo‘lsa ham; chunki duo ibodatdir.

عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الدُّعَاءُ هُوَ الْعِبَادَةُ، ﴿قَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ﴾ [غافر: ٦٠

Nu’mon ibn Bashir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Duo – bu ibodatdir. «Rabbingiz «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman» (Gʻofir: 60), dedi» (Abu Dovud, 1479; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1479).

Ibodat faqat Alloh taoloning haqqi bo‘lib, uni boshqalarga qaratish joiz emas. Shu bois musulmonlar Allohdan boshqasiga duo qilgan kishi mushrik bo‘lishi haqida ijmo qilganlar. Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh shunday deydi: «Kimki farishtalar va payg‘ambarlarni vositachi qilib, ularga duo qilsa, ularga suyanib, ularga tavakkul qilsa, ulardan foyda keltirishini yoki zararni daf etishini so‘rasa, masalan, gunohlarini kechirishini, qalblarini hidoyat qilishini, balolarni ketkazishini va hojatlarini ravo qilishini so‘rasa, musulmonlarning ijmosiga ko‘ra, kofir hisoblanadi» (Majmu’ al-fatovo, 1/124).

Ibn Qayyim rahimahulloh aytadi: «Shirkning bir turi – marhumlardan hojat so‘rash, ulardan madad tilash va ularga yuzlanish shirkning asosidir» (Fathul majid, 145). Shu sababli Alloh taolo O‘zi bilan birga boshqalarga iltijo qiluvchilardan koʻra adashganroq kimsa yo‘q, deb ta’riflagan. Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنْ يَدْعُو مِنْ دُونِ اللَّهِ مَنْ لَا يَسْتَجِيبُ لَهُ إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَهُمْ عَنْ دُعَائِهِمْ غَافِلُونَ ۝٥ وَإِذَا حُشِرَ النَّاسُ كَانُوا لَهُمْ أَعْدَاءً وَكَانُوا بِعِبَادَتِهِمْ كَافِرِينَ ۝٦﴾

«Allohni qo‘yib, Qiyomat Kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydigan kimsalarga duo-iltijo qiladigan kimsadan ham yo‘ldan ozganroq kim bor?! Holbuki, u (duo qilinayotgan)lar o‘sha (mushrik)larning duolaridan g‘ofil(bexabar)dirlar! (Qiyomat Kunida) insonlar (hisob-kitob uchun) to‘plangan vaqtida o‘sha (o‘liklar, toshlar, daraxtlar va shu kabilardan iborat but-sanamlar) ularga (mushriklarga) dushman bo‘lurlar va ularning (Allohni qo‘yib, o‘zlariga) ibodat qilganlarini ham inkor eturlar!» )Ahqof: 5-6).

Qanday qilib Allohdan boshqaga duo qilish mumkin, holbuki, Alloh taolo ularning ojizliklari haqida bizga quyidagicha xabar bergan:

﴿وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ مَا يَمْلِكُونَ مِنْ قِطْمِيرٍ ۝١٣ إِنْ تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا دُعَاءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا مَا اسْتَجَابُوا لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ ۝١٤﴾

«(Ey mushriklar), sizlar U zotni qo‘yib iltijo qilayotgan (o‘liklar, toshlar, daraxtlar va shu kabilardan iborat) butlaringiz esa po‘stloqcha narsaga ham ega emasdirlar. Agar sizlar ularga duo qilsangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Gar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va Qiyomat Kunida ularni (Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, dunyo-yu Oxirat haqida) sizga xabardor Zot (ya’ni, Alloh) kabi (hech kim) xabar bera olmas» (Fotir: 13-14).

Shayx Abdurrahmon ibn Hasan Oli Shayx aytadi: «Alloh taolo farishtalar, payg‘ambarlar, butlar va boshqa narsalar, ya’ni odamlar Allohni qoʻyib ularga duo qiladigan narsalarning ahvolini bayon etadi, ularning zaifligini va ojizligini ochib beradi. Ularda duo qilinuvchilarda bo‘lishi lozim bo‘lgan xususiyatlarning yo‘qligiga ishora qiladi. Bu xususiyatlar – hukmronlik, duolarni eshitish qobiliyati va ularga javob berish imkoniyatidan iboratdir» (Fath al-majid, 158).

Inson qanday qilib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga duo qilishi mumkin, holbuki Alloh taolo u kishiga:

﴿قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا ۝٢١﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) Ayting: «Albatta men sizlarga na bir ziyon va na bir to‘g‘ri yo‘l berishga ega emasdirman, (To‘g‘ri Yo‘lga solguvchi ham, ziyon yetkaza olguvchi ham yolg‘iz Allohdir)» (Jin: 21).

عَنِابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: «كُنْتُ خَلْفَ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَوْمًا، فَقَالَ: يَا غُلَامُ، إِنِّي أُعَلِّمُكَ كَلِمَاتٍ؛ احْفَظِ اللهَ يَحْفَظْكَ، احْفَظِ اللهَ تَجِدْهُ تُجَاهَكَ، إِذَا سَأَلْتَ فَاسْأَلِ اللهَ، وَإِذَا اسْتَعَنْتَ فَاسْتَعِنْ بِاللهِ».

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadis: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlarida (ulovlariga mingashib ketayotgan) edim. U kishi: «Ey bolakay, senga bir nechta kalimalarni o‘rgataman (nasihat qilaman). Allohning haqlariga rioya qilsang, U Zot ham seni saqlaydi. Alloh(ning haqlari)ga rioya qilsang, Uni ro‘parangda (doimo senga yordam berayotganini) ko‘rasan. Agar so‘rasang, faqat Allohdan so‘ra. Agar yordam so‘ramoqchi bo‘lsang, faqat Allohdan yordam so‘ra», dedilar» (Termiziy, 2516; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 2516).

Shunday ekan, ogʻir musibatga duch kelgan inson Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni maqtab: «Ey maxluqotlarning eng karamlisi! Sizdan boshqa kimga sig‘inaman?», deb aytishi xato ekanligiga hech qanday shubha yo‘q. Buning xato ekanini kibor ulamolar ta’kidlashgan: Shayx Abdulaziz ibn Boz, Alloh u kishini rahmat qilsin, (yuqoridagi so‘zlar keltirilgan) «Fathul majid» kitobida Buvsiyriyning (u mashhur misrlik so‘fiy boʻlib, «Burda qasidasi» nomli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan madhiya bitgan. «Eng karamli maxluqotni ulug‘lovchi samoviy nurlar» nomi bilan ham tanilgan bu asar asosan soʻfiylar orasida mashhur. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shoirning tushiga kirib, unga falajlikdan shifo berib, uni o‘z ridolari bilan o‘raganliklarini da’vo qilishadi. Shuning uchun u «burda» ya’ni «yopinchiq» qasidasi deb nomlangan – tarj.) «Burda qasidasi» haqida shunday deydilar: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan hadisda bizni ogohlantirgan.

سَمِعَ عُمَرَ يَقُولُ عَلَى الْمِنْبَرِ سَمِعْتُ النَّبِيَّ يَقُولُ «لَا تُطْرُونِي كَمَا أَطْرَتِ النَّصَارَى ابْنَ مَرْيَمَ فَإِنَّمَا أَنَا عَبْدُهُ فَقُولُوا: عَبْدُ اللهِ وَرَسُولُهُ».

Umar roziyallohu anhu minbarda turib, bunday dedilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Meni nasorolar (Iso) Ibn Maryamni ko‘klarga ko‘tarib maqtagani kabi maqtamanglar. Chunki men Allohning bandasiman, xolos. Shu bois «Allohning bandasi va Rasuli», denglar», deyayotganlarini eshitganman» (Sahihi Buxoriy, 3445).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ulug‘lash va haqiqiy yaxshi koʻrish u zotning sunnatlariga ergashish, u zot keltirgan dinni qoim qilish hamda johillar u zotga nisbat bergan xurofotlarni yo‘q qilish orqali amalga oshadi. Ko‘pchilik bunga e’tibor bermay, aksincha, katta shirkka olib boradigan haddan oshish va maqtovlar bilan mashg‘ul bo‘lib qoldi» (Fathul majid, 155).

Birorta sahobaning Rasulullohning vafotlaridan soʻng u zotdan yordam so‘ragani yoki u zotga duo qilgani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q, shuningdek, e’tiborga molik ulamolardan ham bu haqda biror rivoyat kelmagan. Faqat zalolat ahllarining xurofotlari bundan mustasno. Agar qandaydir qiyinchilikka duch kelsangiz: «Yo Alloh» deb ayting. Chunki Allohgina duolarni ijobat qiluvchi, balolarni daf qiluvchi va vaziyatlarni o‘zgartiruvchi Zotdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Duoda birovning haqqi-hurmatini vasila qilish hukmi

    Kishi duosida «Allohim, Sendan falonchining hurmati bilan yoki falonchining haqqi bilan so‘rayman» deyishining hukmi qanday? Bu bilan qabrdagi odamga «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish o‘rtasida farq bormi?
  • Tahorat duolari

    Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?
  • Tavassul turlari

    Tavassulning qanday turlari bor?
  • Qurʼon oyatlarini devorlarga ilish hukmi

    Musulmonlarning uylariga tashrif buyurganimda, ularning koʻpchiligi devorlarga Qurʼon oyatlari, Allohning goʻzal ismlari yoki boshqa narsalarni aks ettiruvchi tasvirlarni osib qoʻyganlarini koʻraman. Bu amalning islom shariatidagi hukmi qanday?