O'qildi: 25
Oktabr 17, 2025
/ 25 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Ishxona qoidalari » Riyo — Koʻzboʻyamachilik » Samimiylik
Savol
Yigirma yildan ortiq davlat xizmatida ishlab kelayotgan xodim o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi, o‘zini yaxshi tutadi. Buni u boshliqlariga va rahbariga ma’qul bo‘lish, maoshini to‘liq olish va lavozimda ko‘tarilish uchun qiladi. Bularning barchasi faqat shu maqsadlar bilan chegaralanib, Alloh rizoligi uchun qilinmaydi. Biroq bu xodim Allohga ibodat qiladi, ish vaqtidan tashqarida solih amallarini Alloh taolo uchun xolis qiladi, namoz o‘qiydi, ro‘za tutadi, sadaqa beradi, zakotini chiqaradi, haj qiladi, Qur’on tilovat qiladi, tafsir o‘qiydi hamda Alloh taolo uchun barcha solih amallarda Uning shariatiga muvofiq xolis amal qiladi. Alloh sizga yaxshilik ato etsin. Bu odamning ish vaqtidagi holati haqida nima deysiz? Bu joizmi, shirkmi yoki buning boshqa bir hukmi bormi? Iltimos, bizga maslahat bering: u nima qilishi kerak va o‘tgan yillardagi ishining gunohlari uchun javobgar bo‘ladimi? Alloh sizni o‘z panohida asrasin va muhofaza qilsin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ma’lumki, xizmat vazifalarini bajarish ibodat hisoblanmaydi va faqat Alloh taolo uchun qilinishi lozim bo‘lgan toat (ibodat) amallariga kirmaydi. Inson o‘z lavozimida maosh olish va sarflagan mehnatiga yarasha haq olish uchun ishlaydi. Bunday maqsadlar uchun qilingan niyatlar qurbat (ibodat) hisoblanmaydi. Biroq, agar inson o‘z ishi o‘zi bilan Alloh subhanahu va taolo o‘rtasidagi omonat ekanini anglasa, Alloh undan xabardor, uni bu ishda kuzatib turganini bilsa va topgan mablag‘i shubhasiz halol bo‘lishi uchun Rabbidan qo‘rqib, ehtiyotkorlik bilan ish yuritsa – garchi niyati maoshini to‘liq olish bo‘lsa-da, bu ixlosi uchun ajr oladi. Agar xodim diniy majburiyatlarini ado etsa, Alloh taolo unga farz qilgan amallarni bajarib, haromdan saqlanib yursa, bu ishlari uchun maqtovga sazovor bo‘ladi va Alloh O‘zi xohlagan bandalariga ajr-u savoblarni ko‘paytirib beradi. Albatta, Alloh ulug‘ fazl egasi va o‘ta bilguvchidir.
Bu javob foydali bo’ldimi?