Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Biz haqimizda

Fikr bildiring

Fatvo: 173

O'qildi: 153

Iyun 10, 2025

/ 23 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » »

Alloh uchun yaxshi koʻrish

Savol

Suyukli shayximiz, mening sizga savolim yoʻq, lekin sizni Alloh uchun yaxshi koʻrishimni bildirib qoʻymoqchiman. Alloh taolodan sizga dunyo va oxiratda muvaffaqiyat berishini soʻrayman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Birodarim, sunnatga amal qilganingiz uchun Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Miqdom ibn Maʼdiy Kariba roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

«إِذَا أَحَبَّ أَحَدُكُمْ أَخَاهُ فَلْيُعْلِمْهُ إِيَّاهُ»

«Sizlardan biringiz birodarini yaxshi krsa, bas, unga yaxshi krishini bildirib qoʻysin» Imom Termiziy hasan hadis degan (Sunani Termiziy: 2393).

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«كُنْتُ جَالِسًا عِنْدَ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهم عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِذْ مَرَّ رَجُلٌ ، فَقَالَ رَجُلٌ مِنَ الْقَوْمِ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي لأُحِبُّ هَذَا الرَّجُلَ ، قَالَ : هَلْ أَعْلَمْتَهُ ذَلِكَ ، قَالَ : لا فَقَالَ قُمْ فَأَعْلِمْهُ ، قَالَ فَقَامَ إِلَيْهِ فَقَالَ : يَا هَذَا وَاللَّهِ إِنِّي لَأُحِبُّكَ فِي اللَّهِ ، قَالَ : أَحَبَّكَ الَّذِي أَحْبَبْتَنِي لَهُ»

Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edim, oʻsha payt bir kishitib qoldi. Shunda qavmdan blgan bir kishi: «Yo Rasululloh, men bu kishini yaxshi kraman», dedi. Rasululloh: «Sen unga yaxshi krishingni yetkazdingmideb sradilar. U: «Yoʻq», dedi. Rasululloh: «Yoniga borginda, unga yaxshi krishingni bildirib qoʻy», dedilar. Usha kishining oldiga bordida: «Allohga qasamki! Men seni Alloh uchun yaxshi kraman», dedi. Shunda u: «Meni kim uchun yaxshi krgan blsang, U Zot seni ham yaxshi krsin», deb javob berdi» (Musnadi Ahmad: 12430; Sunani Abu Dovud: 5125).

Men ham sizga: Meni Alloh uchun yaxshi krsangiz, Alloh taolo ham sizni yaxshi krsin, deyman.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Islomga yangi kirgan kishi oʻz ismini qanday oʻzgartirishi kerak?

    Tugʻilganimda otam meni kofirlik eʼtiqodlarini ifodalovchi ism bilan atagan ekan. Islomni qabul qilganimdan soʻng, ismimni islomiy ismga oʻzgartirdim. Bu qilgan ishim toʻgʻrimi?
  • Muhabbatning turlari va hukmlari

    Biz musulmonlar jamoasi bir suhbatda Islomdagi «muhabbat» tushunchasini aniqlashga harakat qildik. Garchi barchamiz Alloh subhanahu va taoloni sevish zarurligini va Uni, U Zotning paygʻambarlari, elchilarini sevish majburiyatimizni toʻliq anglasak-da, insonlar oʻrtasidagi muhabbatning aniq taʼrifi bormi (masalan, nasroniylarning «birodarlik muhabbati»ga oʻxshash, romantik maʼnoda emas) degan savol tugʻildi. Baʼzilar «muhabbat» faqat oila doirasida boʻladi, qolgan barchasi faqat hurmat, doʻstlik va shu kabilardir, deyishdi. Boshqalar esa muhabbat faqat er-xotin va farzandlar bilan cheklanganmi deb soʻrashdi. Yana boshqalar esa muhabbat shartli boʻlishi mumkinmi yoki yoʻqmi deb soʻrashdi. Bir fikrga koʻra, «muhabbat» (odatda ishlatiladigan maʼnoda) hatto ertaklar va nasroniy falsafasiga asoslangan bir turdagi «bidʼat» boʻlishi mumkin. Koʻpchiligimiz javob topish uchun turli manbalarni izlab koʻrdik, lekin hozirgacha aniq javob topa olmadik. Bizga yordam bera olasizmi?
  • Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

    Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?
  • Jin tegishi va sehr haqida

    Akam safardan qaytgandan keyin gʻalati narsalarni gapira boshladi, baʼzi bashoratlar bilan folbinlik qilyapti va hech kim bilan gaplashmayapti. U xorijda ikki yil qolgandi. Hatto onasiga tupuradigan darajaga yetdi. Biz uni ruhiy kasal deb oʻylab, shifokorga olib bordik. Lekin shifokor hech bir kasallik alomati topmadi. Biz jinga yoki sehrga duchor boʻlgan deb oʻylayapmiz. Buni qanday bilish va undan qanday qutulish mumkin? Akamning bu holati tufayli onam kasal boʻlib qoldi.
  • Ayol erining giyohvandligi sababli ajrim talab qilmogʻi

    Bir muslima ayolning eri giyohvandlikka mubtalo boʻlgan va uni shafqatsizlarcha urib, hatto oʻldirishga ham harakat qilgan. Qolaversa, ayolni toʻrt oydan buyon qarovsiz qoldirgan. Bu ishlardan soʻng ayol oʻz yurtidagi imomdan eridan ajratib yuborishni soʻradi. Imom undan sabablarni qogʻozga yozib berishini soʻradi, ammo u bunga rozi boʻlmadi. Sababi, agar yozib beray desa, butun bir kitob boʻlishini va eri hozirda mamlakatdan tashqariga safar qilganini aytmoqda. Endi u ayol nima qilishi kerak?
  • Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ilgarigi kitoblarda bashorat qilinishi

    Menga baʼzi musulmonlar Muhammad sollallohu alayhi va sallam va Iso alayhissalom buyuk paygʻambarlar ekanligi, Injilda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning zikr qilinmaganligining sababi, u zot Injil yozilganidan soʻng tavallud topganliklarini aytishmoqda. Xoʻsh, Iso alayhissalom Tavrot yozilganidan keyin tugʻilgan boʻlsada, Tavrotda u kishi haqlarida 600 dan ortiq ishora va bashoratlar bor hamda bularning barchasi roʻyobga chiqqan. Lyekin butun boshli Injilda Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqlarida birorta ham xabar kelmagan. Shunday ekan, Iso alayhissalom va Muhammad sollallohu alayhi va sallam qanday qilib teng boʻlishlari mumkin?