Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Nafl roʻzalar » Bir ro‘zada ikki niyatni jamlash joizmi?
Fatvo: 1693

O'qildi: 160

12.10.2025

/ 20 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Bir ro‘zada ikki niyatni jamlash joizmi?

Savol

Har oyda uch kun ro‘za tutish niyatini Arafa kuni ro‘zasi bilan birlashtirish mumkinmi va bu bilan ikkalasini ham savobiga erishamizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ikki ibodatning niyatlarini bir-biriga qoʻshib yuborish holati ikki turga bo‘linadi:

Birinchi tur: durust boʻlmagan jamlash

Bu mustaqil yoki boshqa ibodatning bir qismi bo‘lgan ibodatlarda uchraydi. Bunday hollarda niyatlarni birlashtirish joiz emas. Masalan, kishi bomdod sunnatini o‘tkazib yuborsa va quyosh chiqib, zuho namozi vaqti kirsa, bomdod sunnati zuho namozining o‘rnini bosa olmaydi va buning aksi ham joiz emas, ya’ni, zuho namozi ham bomdodning sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ularni birlashtirish joiz emas, chunki bomdod sunnati ham, zuho namozi ham alohida ibodatlardir va biri boshqasining o‘rnini bosa olmaydi.

Xuddi shunday, agar bir ibodat o‘zidan oldingi ibodat bilan bog‘liq bo‘lsa, ularni birlashtirish mumkin emas. Masalan, kishi: «Bomdod namozini o‘qiyotganimda ham farz, ham sunnatni niyat qilmoqchiman», desa, biz unga buning to‘g‘ri emasligini aytamiz. Chunki sunnat (bomdod namozining sunnati) bevosita farzga bog‘liq amal va uning o‘rnini bosa olmaydi.

Ikkinchi tur: Joiz boʻlgan holati

Agar ibodatdan maqsad faqatgina amalning o‘zi bo‘lib, muayyan ibodat asosiy maqsad bo‘lmasa, u holda ibodatning niyatini birlashtirish mumkin. Masalan: kishi jamoat bomdod namozini o‘qiyotganda masjidga kiradi. Ma’lumki, kishi masjidga kirganda, ikki rakaat namoz o‘qimaguncha o‘tirmasligi kerak. Agar u farz namozga imom bilan birga qo‘shilsa, bu ikki rakaat o‘rniga o‘tadi. Nega? Chunki masjidga kirishdan maqsad ikki rakaat namoz o‘qishdir (ya’ni, uning qaysi namoz boʻlishi alohida belgilangan emas, ikki rakaat namoz oʻqilsa boʻldi). Shuningdek, bir kishi masjidga zuho vaqtida kirib, zuho niyatida ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, tahiyyatul masjidni alohida o‘qishi shart emas. Ammo ikkalasini ham niyat qilsa, yanada yaxshiroq bo‘ladi. Bu ibodatlarni birlashtirish uchun asosiy qoidadir.

Ro‘za tutish ham shular jumlasidandir. Misol uchun, Arafa kuni ro‘zasini tutishdan maqsad, bu kun kelganda ro‘za tutishingizdir, xoh har oyda tutiladigan uch kunlik ro‘zadan biri sifatida niyat qiling, xoh maxsus Arafa kuni ro‘zasi sifatida. Biroq Arafa kuniga niyat qilsangiz, bu har oydagi uch kunlik ro‘zadan biriga kirmaydI. Agar uch oylik ro‘zadan birini niyat qilsangiz, bu Arafa kuni ro‘zasi o‘rniga ham o‘tadi. Shunga qaramay, bu ikki ro‘zaning har ikkisining niyatini jamlash afzalroqdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Shak kuni qazo niyati bilan roʻza tutishning hukmi qanday?

    Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam shak kuni roʻza tutishdan va Ramazondan ikki kun oldin roʻza tutishdan qaytarganliklarini bilaman. Lekin shu kunlarda oʻtgan Ramazonning qazosini tutishim joizmi?
  • Shak kuni roʻza tutish hukmi

    Shaʼbonning oʻttizinchi kechasi oyni koʻrish uchun chiqdik, lekin havo bulutli boʻlgani uchun koʻra olmadik. Shaʼbonning oʻttizinchi kuni shak kun boʻlgani uchun roʻza tutamizmi?
  • Shaʼbonning oxirida ziyofat uyushtirish

    Baʼzi oilalar Shaʼbon oyining soʻnggi kechasida ziyofat uchun yigʻilishadi, ayrim yoshi ulugʻ kishilarning esa bu kecha uchun maxsus aytadigan qoʻshiqlari bor. Bunday yigʻilishlar va ziyofatlarning hukmi qanday?
  • Shanba kuni roʻza tutish joizmi?

    Ramazondan boshqa oylarda shanba kuni roʻza tutish joiz emasligi rostmi?
  • Bir oyda uch kundan koʻp roʻza tutish joizmi?

    Men bir oyda uch martadan ortiq roʻza tutish yoki Dovud alayhissalomning roʻzasi kabi roʻza tutish man etilgani haqidagi hadisni oʻqigan edim. Biroq, yaqinda sahobalarning oʻz gunohlariga kafforat sifatida koʻp kunlar davomida roʻza tutganlari haqidagi rivoyatlarni oʻqib qoldim. Bu amal joizmi?
  • «Alloh azza va jalla shaʼbonning oʻn beshinchi kechasida dunyo osmoniga tushadi» hadisining sanadi

    Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoʻqotib qoʻydim, chiqsam, u zot Baqiʼda ekanlar. U zot: «Alloh va Rasuli senga zulm qilishidan qoʻrqdingmi?» dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, men sizni biror ayolingizning oldiga ketib qoldingiz deb oʻyladim», dedim. U zot: «Alloh azza va jalla Shaʼbonning 15-kechasida dunyo osmoniga tushib, Kalb qabilasi qoʻylarining junidan ham koʻproq kishini magʻfirat qiladi», dedilar». Ushbu hadisning sanadi qanday?