Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Saqlanganlar

Murakkab qidiruv

Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 1692

O'qildi: 50

Oktabr 12, 2025

/ 20 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Harom va makruh ismlar

Savol

Islomda taqiqlangan va qo‘yish mumkin bo‘lmagan ismlar bormi? Ular qaysilar?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

HAROM ISMLAR

Ha, shariatda qo‘yish man etilgan ismlar mavjud, masalan:

1. Alloh subhanahu va taologa xos bo‘lgan ismlar

Misol uchun, Xoliq (Yaratuvchi) va Quddus (Muqaddas) kabi yoki faqat Alloh subhanahu va taologa munosib bo‘lgan ismlar bilan, masalan, Malik al-muluk (Podshohlar Podshohi) kabi sifatlar bilan atash haromdir. Bu barcha fiqh olimlari tomonidan e’tirof etilgan ijmo hisoblanadi.

Ibn Qayyim rahimahulloh Alloh taologa xos ismlar qatorida quyidagilarni zikr etgan: Alloh, ar-Rahmon, al-Hakam, al-Ahad, as-Samad, al-Xoliq, ar-Razzoq, al-Jabbor, al-Mutakabbir, al-Avval, al-Oxir, al-Botin, Allam al-g‘uyub (Tuhfat al-mavdud, 98).

Alloh subhanahu va taologa xos bo‘lgan ismlar, masalan, Malik al-muluk (shohanshoh, podshohlar podshohi) kabi ismlar bilan atashning harom ekaniga dalil:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «أَخْنَى الْأَسْمَاءِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عِنْدَ اللهِ رَجُلٌ تَسَمَّى مَلِكَ الْأَمْلَاكِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kuni Alloh uchun ismlarning eng manfuri bir kishining o‘ziga malikul amlok («podshohlarning podshohi») deb nom qo‘yib olishidir», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6205).

Sahihi Muslimdagi rivoyatda:

عَنْ هَمَّامِ بْنِ مُنَبِّهٍ قَالَ: هَذَا مَا حَدَّثَنَا أَبُو هُرَيْرَةَ عَنْ رَسُولِ اللهِ . فَذَكَرَ أَحَادِيثَ مِنْهَا: وَقَالَ رَسُولُ اللهِ : «أَغْيَظُ رَجُلٍ عَلَى اللهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَأَخْبَثُهُ وَأَغْيَظُهُ عَلَيْهِ، رَجُلٌ كَانَ يُسَمَّى مَلِكَ الْأَمْلَاكِ، لَا مَلِكَ إِلَّا اللهُ».

Hammam ibn Munabbih: «Bu – Abu Hurayra roziyallohu anhu Allohning Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan so‘zlab bergan narsalardir», deb bir necha hadisni zikr qildi. Jumladan, shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Qiyomat kuni Allohning g‘azabiga qoladigan, eng jirkanch va manfur kishi «Malikul Amlok» («shohanshoh», «podshohlarning podshohi») degan ismli kishidir. Chunki Allohdan o‘zga Malik (Podshoh) yo‘q» (Sahihi Muslim, 2143).

Ammo Ali, Latif va Badi’ kabi Alloh taologa ham, boshqalarga ham taalluqli bo‘lgan umumiy ismlar bilan atash joizdir.

Haskafiy aytadi: Bu ismlarning insonlarga nisbatan ma’nolari Alloh taologa nisbatan ma’nolaridan farq qiladi.

2. Faqatgina Payg‘ambarga munosib bo‘lgan ismlar

Masalan: Sayyid valad Odam (Odam farzandlarining sayyidi), Sayyid an-nas (Insonlarning sayyidi), Sayyid al-kull (Barcha narsaning sayyidi) kabi ismlar bilan atash haromdir, chunki Hanbaliy mazhabi ulamolari ta’kidlaganidek, bu ismlar faqat Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamga munosibdir.

3. Allohdan boshqasiga qullikni anglatadigan ismlar

Allohdan boshqaga nisbat berilgan, «Abdu…» bilan boshlangan har qanday ism, masalan, Abduluzzo, Abdulka’ba, Abduddor, Abduali, Abdulhasan, Abdulhusayn, Abdulmasih, Abdunabiy, Abdurasul yoki Abdufulan (falonchining quli) kabi ismlar haromdir (Hanafiy ulamolaridan Ibn Obidinning «Hoshiya»si, 5/268 hamda boshqa ulamolar, jumladan Mug‘niy al-Muhtoj 4/295, Tuhfat al-Muhtoj 10/373, Kashshof al-Qino’ 3/27, va Tuhfat al-Mavdud 90».

«Abdu» kalimasiga Allohdan boshqasi izofa qilingan ismlarning haromligiga dalil:

عَنْ يَزِيدَ بْنِ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحٍ عَنْ أَبِيهِ عَنْ جَدِّهِ هَانِئِ بْنِ يَزِيدَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَال: وَفَدَ عَلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَوْمٌ، فَسَمِعَهُمْ يُسَمُّونَ: عَبْدَ الْحَجَرِ، فَقَال لَهُ: مَا اسْمُكَ؟ فَقَال: عَبْدُ الْحَجَرِ، فَقَال لَهُ رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّمَا أَنْتَ عَبْدُ اللَّهِ.

Yazid ibn Miqdom ibn Shurayhdan, u otasidan, u esa bobosi Honi’ ibn Yaziyd roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzuriga bir qavm keldi. U zot ularning bir kishini «Abdulhajar» (Toshning quli) deb atashayotganini eshitib qoldilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Isming nima?» deb so‘radilar. U kishi: «Abdulhajar», dedi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, sen Abdullohsan», dedilar» (Ibn Abu Shayba: Musannaf, 8/665; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Isoba li-Ibni Hajar», 3/596).

 4. But va sanamlarning ismlari

Allohdan o‘zga ibodat qilinadigan butlarning but va sanamlarning ismini qoʻyish haromdir. (Masalan: Ma’buda, Sanam, Shohsanam, Shohruh, Gulsanam va boshqa shu kabi ismlar – tarj.).

5. Shaytonnig ismlari bilan atash

Shaytonlarning ismini qo‘yish ham taqiqlangan, masalan, Iblis yoki Xinzab, deyish. Bunday ismlarni o‘zgartirish lozimligi haqida hadis vorid boʻlgan.

MAKRUH ISMLAR

Shariat mezonidagi makruh, nomaqbul ismlarga kelsak, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

1. Yomon yoki xunuk ma’noga ega ismlar

Ma’nosi va atalishi yoki ushbu ikkisidan biri xunuk ma’noga ega, g‘alati eshitiladigan, boshqalarning masxara qilishiga yoki ism egasining noqulay ahvolga soladigan yoxud uyatga qolishiga sabab bo‘ladigan ismlarni qo‘llash makruhdir. Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan yaxshi ismlarni tanlash ko‘rsatmalariga ziddir.

2. Shahvoniy his-tuyg‘ularni uygʻotuvchi ismlar

Bu holat koʻproq qizlarga ism qoʻyishda kuzatiladi, masalan, Maftuna (arab tilidan tarjima qilganda: «to‘g‘ri yo‘ldan ozgan» va «aqli o‘g‘irlangan», degan ma’noni bildiradi. Shuningdek, Ma’shuqa, Shirin, Rohat, Hijron yoki Lazzat kabi ismlar ham shu bobdan sanaladi – tarj.).

3. Axloqsiz aktyor va qo‘shiqchilarning ismini qo‘yish

Bemaza ko‘ngilochar ko‘rsatuv va teatrlarda qatnashadigan axloqsiz aktyor hamda qo‘shiqchilarning ismini ataylab qo‘yish makruhdir.

Ba’zi kishilarda imon zaifligi alomatlaridan biri shuki, ular behayo kiyingan ayollar ishtirokidagi tomoshani ko‘rib, darhol yangi tug‘ilgan chaqaloqlariga o‘sha ismlarni qo‘yadilar. Bu ko‘rsatuvlar paytida ro‘yxatga olingan ismlarni tekshirgan har bir kishi buning haqiqat ekanligini ko‘radi. Biz bu haqda faqat Allohga shikoyat qilamiz.

4. Gunohga ishora qiluvchi ismlar

Gunoh va ma’siyatga ishora qiluvchi ismlarni qo‘yish makruhdir.

5. Fir’avnlar va zolimlarning ismlari

Fir’avnlar va zolimlar ismini qo‘yish makruhdir. (Masalan, Homon (fir’avnning Vaziri), Namrud, Abu Lahab, Abu Jahl, Qorun kabi ismlar – tarj.).

6. Faqat g‘ayridinlarga xos bo‘lgan ajnabiy ismlar

Masalan, bugungi kunimizda ba’zilarning farzandiga ba’zi bir yahudiy yoki nasroniy futbolchilarning ismlarini qo’yishlari shu bobga kiradi.

O‘z dinidan mamnun bo‘lgan musulmon bunday ismlardan uzoqlashadi, nafratlanadi, ularni ishlatmaydi. Zamonamizda bu boradagi muammo kuchayib ketdi. G‘ayridinlarning nomlari Yevropa va Amerikadan olinmoqda. Bu eng katta gunohlardan va xorlik sabablaridan biridir.

G‘ayridinlarning ismlariga taqlid qilish, agar u faqat nafsga ergashish va nodonlikdan bo‘lsa, katta gunohdir. Ammo bu musulmonlarning ismlaridan afzal degan e’tiqod bilan qilinsa, bu iymon asosini larzaga soluvchi xavfdir. Har ikki holatda ham bundan tavba qilishga shoshilish lozim. Ismni o‘zgartirish tavbaning shartlaridan biridir.

Hozirgi ayrim musulmonlar qizlariga Linda, Nensi, Diana va boshqa shu kabi ismlarni qo‘yishmoqda. Allohga shikoyat qilamiz.

7. Odamlarga hayvonlar nomini qo‘yish

It, eshak yoki taka kabi yomon sifati bilan mashhur bo‘lgan hayvonlarning nomi bilan nomlash ham makruhdir.

8. «Din» yoki «Islom» so‘zlariga izofa qilingan ismlar

«Din» va «Islom» so‘zlarini ism, masdar yoki qiyosiy sifat bilan birlashtirgan har qanday ismni qo‘yish makruhdir. Bu ma’no ism egasini maqtashni anglatadi, masalan: Nuriddin, Ziyouddin, Sayfulislom (Islomning qilichi), Nurislom (Islomning nuri) kabi ismlar shular jumlasidandir. Bunday ism qo‘yilgan bola gohida musulmonlarga og’ir yuk, dinga dushman bo‘lib ulg‘ayishi mumkin.

Buning sababi «din» va «islom» so‘zlarining ulug‘ maqomidir. Shuning uchun, ularni ismlarga qo‘shish yolg‘onga yaqin da’vodir. Ayrim ulamolar buni harom deb hisoblashgan. Ko‘pchilik esa makruh degan, chunki bu ismlarning ba’zilari noto‘g‘ri ma’nolarni ifodalashi mumkin.

Ba’zan ism ikki jihatdan ham taqiqlangan bo‘lishi mumkin; masalan, «Shahobiddin» ismini olaylik; Arab tilida Shihob – olov parchasini anglatadi, keyin u dinga qo‘shiladi (shunda «dinning alangasi», degan ma’no chiqadi – tarj.). Hatto ba’zilar Zahabiddin (dinning oltini), Olmosiddin (dinning olmosi), Tilla va Kumush kabi ismlar qo‘yishadi. Ayrimlar esa Jahannam, Rak’atayn, Sojida, Ruku’, Zokir deb ism qo‘yishadi.

Imom Navaviy rahimahulloh o‘zining «Muhiddin» (dinni tiriltiruvchi) deb atalishini yoqtirmas edi, Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh esa «Taqiyyuddin» (dinda taqvodor) deb chaqirishlarini yoqtirmas, «Ammo bu ismni oilam qo’ygan va u mashhur bo‘lib ketgan», der edilar.

9. Farishtalarning ismini qo’yish

Bir guruh ulamolar farzandlarga farishtalarning ismini qo’yishni makruh deb hisoblaganlar. Ayollarga farishtalar ismini qo‘yish masalasiga kelsak, bu narsa harom bo‘lishi ehtimoli ko‘proq, chunki bu amal farishtalarni Allohning qizlari deb biladigan mushriklarning amaliga o‘xshaydi. Alloh taolo aytadi:

﴿إِنَّ الَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِالْآخِرَةِ لَيُسَمُّونَ الْمَلَائِكَةَ تَسْمِيَةَ الْأُنْثَىٰ﴾

«Darvoqe’, Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayollar nomi bilan ataydilar» (Najm: 27).

Alloh ular aytayotgan narsadan yuksak va pokdir.

10. Qur’on suralarining nomlari

Ba’zi ulamolar odamlarga Qur’on suralarining Yosin va Toha kabi nomlarini qo‘yishni makruh deb hisoblashgan. (Xalq orasida Yosin va Toha Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ismlari degan tushunchaga kelsak, uning asli yoʻq, noto‘g‘ri tushunchadir).

11. Tarkibida oʻzini maqtash (tazkiya) bo‘lgan ismlar

Barra, Taqiy (taqvodor), Obid (ibodatgoʻy) ismlari shular jumlasidandir… Bu haqda Ibn Qayyimning «Tuhfat al-mavdud» va Bakr Abu Zaydning «Tasmiyatul mavlud» kitoblariga murojaat qilishingiz mumkin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Islomga yangi kirgan kishi oʻz ismini qanday oʻzgartirishi kerak?

    Tugʻilganimda otam meni kofirlik eʼtiqodlarini ifodalovchi ism bilan atagan ekan. Islomni qabul qilganimdan soʻng, ismimni islomiy ismga oʻzgartirdim. Bu qilgan ishim toʻgʻrimi?