Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Ikki jins orasidagi munosabatlar » Ayollar bilan suhbat odobi » Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat zinodan tug‘ilgan farzandning mavjudligi bilan yo‘qoladimi?
Fatvo: 1578

O'qildi: 159

08.10.2025

/ 16 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi: »

Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat zinodan tug‘ilgan farzandning mavjudligi bilan yo‘qoladimi?

Savol

Zinokorlar o‘rtasidagi xilvat (yolg‘iz qolish) ularning zinodan tug‘ilgan farzandi bor bo‘lishi bilan barham topadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu savolni shayx Abdulloh ibn Jibringa yo‘lladik, u kishi shunday javob berdilar: Ular o‘rtasidagi xilvat uchinchi shaxsning hozir bo‘lishi bilan yo‘qoladi. Bunda uchinchi shaxs ularning oilasidan yoki begona bo‘lishi, zinodan yoki qonuniy nikohdan tug‘ilgan farzand bo‘lishi ahamiyatsiz. Biroq, bu uchinchi shaxs balog‘atga yetgan, aqli raso bo‘lishi, fitna xavfi bo‘lmasligi va ayol to‘liq hijobda bo‘lishi shart.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Sevib qolgan yigit nima qilishi kerak?

    Men hozirda Britaniya universitetlaridan birida o‘qiyman va universitetda menga yoqib qolgan bir qiz bor.Men u bilan hech qachon gaplashmaganman. Odatda qizlar bilan gaplashmayman. Biroq, ba’zan salomlashib turamiz.Men Islom shariatiga amal qilgan holda ayollar bilan gaplashmaydigan bo‘lsam, unga qanday qilib turmush qurishni taklif qilishim mumkin? Buning eng yaxshi yo‘li qanday?Borib u bilan gaplashib, shar’iy chegaralardan chiqmagan holda avval tanishib ko‘raymi? Yoki unga to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilaymi?Agar unga avval tanishmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri turmushga chiqishni taklif qilsam, u meni yaxshi tanimagani uchun va u men mansub bo‘lgan madaniyatdan boshqa madaniyatga mansub bo‘lgani uchun taklifimni darhol rad etishidan qo‘rqaman. Boshqa tomondan, agar u bilan tanishish maqsadida gaplashsam, bu qilmishim Islomga zid bo‘lishidan qo‘rqaman.Men qiyin ahvoldaman, qanday yo‘l tutsam eng to‘g‘ri bo‘ladi?
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Nomahramlar bilan qo‘l berib salomlashish

    Erkak kishiga nomahram ayol bilan qo‘l berib salomlashish harommi?
  • Ayollar erkak doktorda davolanishi joizmi?

    Erkak shifokorning muslima ayolni davolashining hukmi qanday?
  • Erkak va ayollar aralashgan jamoaga dars berish usuli

    Men Kanadada universitet talabasiman va ilgari Islom davlatlaridan birida bo‘lib, biroz shar’iy ilm o‘rganganman. Universitetimda ba’zi musulmonlar bor, ularga dars beraman. Lekin dars paytida yigitlar chap tomonimda, qizlar esa o‘ng tomonimda bo‘ladi. Bu harom qilingan aralashishga kiradimi? Dars berish uchun qanday munosib taklif bor?
  • Ayollarga qarash: birinchi va ikkinchi nazar

    Ayollarga qarashning mutlaqo taqiqlangani menga ma’lum. Ulardan biri ba’zan e’tiborimni tortsa, bir-ikki soniya qarayman, keyin Allohning amrini eslab, darhol nigohimni chetga buraman. Shu qisqa muddatli qarashim uchun gunohkor bo‘lamanmi? «Islomda halol va harom» kitobida Qur’on ko‘zlarni tiyishga buyurishi va qarashning ta’rifi «ko‘zlar ayolning go‘zalligidan lazzatlanishi yoki shahvat bilan tikilib qolish» ekanini o‘qidim. Allohga shukrki, men hech qachon bu darajaga yetmaganman, lekin mana shu ikki soniya meni xavotirga soladi. Alloh sizga baraka bersin.