Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Taomlar » Benamozlar ishlaydigan qassobxona
Fatvo: 1553

O'qildi: 162

08.10.2025

/ 16 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Benamozlar ishlaydigan qassobxona

Savol

Bir qassobxonani bilaman, unda ishlaydigan kishilarning ba’zilari namoz o‘qiydi, ba’zilari esa benamoz. U yerda ko‘pchilik Islom dinini haqorat qiladi. Ular so‘ygan hayvonlarni iste’mol qilish joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu qassobxonada dinni haqorat qiluvchilarni ishlatish joiz emas, hatto ular namoz o‘qisalar ham, chunki dinni haqorat qilish kufrdir va kishini dindan chiqaradi. Shuningdek, namoz o‘qimaydiganlarni, agar ular namozni inkor etsalar yoki ataylab tark etsalar, hatto uyda ham o‘qimasalar, ishda saqlab qolish joiz emas. Garchi bu odamlar o‘zlarini musulmon deb atasalar va so‘yish paytida Allohning ismini zikr qilsalar ham, ularning so‘ygan hayvonlarni iste’mol qilish joiz emas. Agar bu mamlakat shariat qonunlari joriy etilgan islomiy davlat bo‘lsa, siz bu masalada jim turmasligingiz lozim. Agar ularni bu ishdan chetlashtirish va uzoqlashtirish qo‘lingizdan kelmasa, musulmonlarni ular so‘ygan hayvonlarni iste’mol qilishdan qaytarib, odamlarni ogohlantiring.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

    Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?
  • Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi

    Men huzurida dars olayotgan ayol aytgan gaplarning qanchalik to‘g‘riligini tushuntirib berishingizni so‘rayman. U yer ostida o‘sadigan sabzavotlar makruh ekanligini va bir idishda bir necha narsalarni pishirish harom ekanligini aytdi. Biz odatda yer ostida o‘sadigan 5 yoki 6 turdagi sabzavotlardan iborat taomlar tayyorlashga o‘rganganmiz va bularning barchasi bitta idishda pishiriladi. Uning aytganlari to‘g‘rimi yoki u yanglishyaptimi?
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?
  • Hayvon terisidan tayyorlangan mahsulotlar hukmi

    Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?