Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Shahodat kalimasini aytmagan kishi musulmon sanalmaydi
Fatvo: 1506

O'qildi: 134

05.10.2025

/ 13 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Shahodat kalimasini aytmagan kishi musulmon sanalmaydi

Savol

Agar inson tug‘ilganidan beri g‘ayridin bo‘lsa-yu, samimiy bo‘lsa, katta gunohlar qilmagan bo‘lsa, hamma to‘g‘ri yo‘lda deb ishonsa, unga hech kim Islom haqida aytmagan bo‘lsa va shu holatda vafot etsa, bunday inson qiyomat kuni jannatga kiradimi yo doʻzaxga tushadimi? Alloh sizga yaxshiliklar ato etsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolda tasvirlangan kishining holatiga kelsak, u yaxshi axloqli bo‘lsa ham, ikki shahodatni aytmagani, Allohni Rabb, Muhammadni Payg‘ambar, Islomni din deb e’tiqod qilmagani uchun uni musulmon deb bo‘lmaydi. Yer yuzidagi barcha dinlar haq va ularga e’tiqod qiluvchilarning barchasi to‘g‘ri yo‘lda, degan e’tiqod yolg‘onlarning eng yolg‘oni va eng katta kufrdir. Alloh taolo aytadi:

﴿قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَالَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُولُو الْأَلْبَابِ﴾

«Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar» (Zumar: 9).

U Zot yana aytadi:

﴿وَمَا يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ وَالَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَلَا الْمُسِيءُ ۚ قَلِيلًا مَا تَتَذَكَّرُونَ ۝٥٨﴾

«Ko‘r kimsa bilan ko‘rguvchi zot, iymon keltirib, yaxshiliklar qilgan zotlar bilan yomonlik qilguvchi kimsa barobar bo‘lmas. Kamdan-kam eslatma-ibrat olursizlar» (Gʻofir: 58).

Boshqa oyatda aytadi:

﴿قُلْ مَنْ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ قُلِ اللَّهُ ۚ قُلْ أَفَاتَّخَذْتُمْ مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ لَا يَمْلِكُونَ لِأَنْفُسِهِمْ نَفْعًا وَلَا ضَرًّا ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ أَمْ هَلْ تَسْتَوِي الظُّلُمَاتُ وَالنُّورُ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom) ayting (qavmingizdan so‘rang): «Osmonlar va Yerning Parvardigori kim?» «Alloh», deb javob qiling. (Ulardan): «Bas, O‘sha (Allohni qo‘yib, (o‘zgalar emas, hatto) o‘zlariga ham foyda-ziyon yetkazishga qodir bo‘lmaydigan butlarni ushlab oldingizmi?», deb so‘rang. Yana aytingki, «Ko‘r (gumroh) bilan ko‘ruvchi (haq yo‘lga hidoyat topgan kishi) barobar bo‘lurmi? Yoki zulmatlar bilan nur barobar bo‘lurmi?» (Ra’d: 16).

Alloh azza va jalla yana aytadi:

﴿قُلْ لَا يَسْتَوِي الْخَبِيثُ وَالطَّيِّبُ وَلَوۡ أَعۡجَبَكَ كَثۡرَةُ ٱلۡخَبِیثِۚ﴾

«(Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Garchi nopok narsaning ko‘pligi sizni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng bo‘lmas» (Moida: 100).

U Zot yana aytadi:

﴿وَمَا يَسْتَوِي الْأَعْمَىٰ وَالْبَصِيرُ ۝١٩ وَلَا الظُّلُمَاتُ وَلَا النُّورُ ۝٢٠ وَلَا الظِّلُّ وَلَا الْحَرُورُ ۝٢١ وَمَا يَسْتَوِي الْأَحْيَاءُ وَلَا الْأَمْوَاتُ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُسْمِعُ مَنْ يَشَاءُ ۖ وَمَا أَنْتَ بِمُسْمِعٍ مَنْ فِي الْقُبُورِ ۝٢٢﴾

«Ko‘r kimsa (kofir) bilan ko‘rguvchi zot (mo‘min) barobar emasdir; Zulmatlar (kufr) bilan nur (iymon); Soya (jannat) bilan jazirama (do‘zax) barobar emasdir. Tiriklar (mo‘minlar) bilan — o‘liklar (kofirlar) ham barobar emasdir. Albatta Alloh O‘zi xohlagan kishilarga (haq da’vatni) eshittirur. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz qabrlardagi kimsalarga (ya’ni, o‘lik dillariga) eshittira olguvchi emassiz» (Fotir: 19-22).

Savolda keltirilgan bu odamning taqdiri, uning johilligi uzr hisoblanadimi yoki yo‘qmi va qiyomat kunidagi holatiga kelsak, biz «uning ishi Alloh taologa havola», deb iymon keltiramiz. Shunga o‘xshash savolga 2443-fatvoda ham javob berilgan, ushbu fatvoga murojaat etish tavsiya qilinadi.

Alloh taolo bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

    Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?
  • Qur’onining Islom shariatidagi o‘rni

    Men jahon dinlari bo‘yicha kurs o‘qiyapman va quyidagi savolga javob topishda qiynalmoqdaman: Islom an’analariga ko‘ra Qur’oni Karim hukmronligining tabiati qanday? Haniyf islom merosi nuqtai nazaridan Qur’oni Karimning Islom shariatidagi o‘rni qanday?