O'qildi: 93
Oktabr 2, 2025
/ 10 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Mazhab va firqalar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Barelvi mazhabi Hindistonda Britaniya mustamlakachiligi davrida vujudga kelgan. Bu tasavvuf oqimining izdoshlari o‘zlarini umuman avliyo va payg‘ambarlarga, xususan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga bo‘lgan muhabbatda haddan oshgan deb hisoblaydilar. Mazhab asoschisi Ahmad Rozaxon ibn Taqiy Alixon bo‘lib, u hijriy 1272 (milodiy 1851) yilda tug‘ilgan. U o‘zini «Abdul Mustafo» (ya’ni, Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning quli) deb atagan. Ahmad Rozaxon Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi Bareli shahrida dunyoga kelgan. U qodiyoniylik asoschisi Mirzo G‘ulom Ahmad Qodiyoniyning akasi Mirzo G‘ulom Qodirbekning shogirdi bo‘lgan..
Ahmad Rozaxon jussasi kichik bo‘lsa-da, o‘tkir zehni, ayyorligi va shafqatsizligi bilan tanilgan. U tili buzuq, fe’li oʻtkir va jahli tez odam bo‘lgan. Surunkali kasalliklardan aziyat chekib, doimiy bosh va bel og‘rig‘idan shikoyat qilgan. Hijriy 1295 (milodiy 1874) yilda Makkaga borib, u yerdagi ayrim ulamolardan ta’lim olgan. Uning mashhur asarlari orasida «Anbo’ul Mustafo», «Xolisul e’tiqod» kitoblari bor.
Bu firqa Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va avliyolar maxluqotlani hamda koinotda roʻy berayotgan yoki kelajakda roʻy beradigan voqea-hodisalarni boshqarish qudratiga ega, deb e’tiqod qiladi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni shu qadar ulug‘lashganki, hatto u zotga sig‘inishga yaqinlashib qolishgan. Ular «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam g‘aybni bilganlar, u zot oddiy inson emas, balki nur bo‘lganlar, chunki u zot Allohning nuridirlar», deb da’vo qilishadi. Barelvilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va avliyolardan madad so‘rashni hamda boshqa shu kabi botil e’tiqodlarni joiz deb hisoblaydilar.
Bu javob foydali bo’ldimi?