Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Hayz va nifos » Nifosli ayol koʻchaga chiqishi joizmi?
Fatvo: 1478

O'qildi: 580

30.09.2025

/ 8 Rabiul-oxir 1447

Fatvo mavzusi:

Nifosli ayol koʻchaga chiqishi joizmi?

Savol

Bizning diyorda ayollar tug‘ruqdan so‘ng 40 kun uyda qolish odati bor. Bu odat haqida ko‘p odamlardan so‘radim. Ammo ularning aksariyati bu sunnatdanmi yoki yo‘qmi bilishmaydi. Agar sunnatdan bo‘lsa, shu odatga amal qilmoqchiman (hozir homiladorligimning to‘qqizinchi oyidaman va bu to‘rtinchi homiladorligim). Biroq, ba’zilar menga bu urfning bid’at ekanligini va undan saqlanish ma’qulligini aytishdi. Shu sababli, Allohning izni bilan, bu mavzuni menga tushuntirib berishingizni so‘rayman. Men bu mavzuni olti yildan beri o‘rganmoqdaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Qirq kun – tug‘ruqdan keyin qon ketayotgan ayol namoz o‘qimasligi va ro‘za tutmasligi mumkin bo‘lgan eng uzoq muddat. Shundan so‘ng g‘usl qiladi, namoz o‘qiydi, agar qon to‘xtamasa, o‘zini istihozali deb hisoblaydi.

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ: «كَانَتِ النُّفَسَاءُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ تَقْعُدُ بَعْدَ نِفَاسِهَا أَرْبَعِينَ يَوْمًاأَوْ أَرْبَعِينَ لَيْلَةًوَكُنَّا نَطْلِي عَلَى وُجُوهِنَا الْوَرْسَتَعْنِيمِنَ الكَلَفِ».

Ummu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.U shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida nifosli ayollar nifosidan keyin qirq kun yoki qirq kecha o‘tirar edilar. Biz yuzimizni vars (ipakni bo‘yash uchun ishlatiladigan o‘simlik) bilan bo‘yab olar edik (ya’ni homiladorlik paytidagi dog‘lardan saqlanish uchun)» (Abu Dovud, 311; Hadis hukmi: «hasan sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 139).

Ushbu mavzuga oid qolgan tafsilotlarni 128877-raqamli fatvodan topishingiz mumkin.

Biroq, ayol tug‘ruqdan so‘ng qirq kun uyda o‘tirishi va uydan chiqmasligi kerak, degan e’tiqod noto‘g‘ri bo‘lib, ayol bunday qilishga majbur emas. U o‘sha qirq kun ichida xohlagan vaqtda, shariat talablariga rioya qilgan holda uydan chiqishi mumkin.

Alloh biluvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Hayzli ayol qachon roʻza tutadi?

    Oylik odatim 7-8 kungacha davom etadi. Baʼzida yettinchi kuni qon koʻrmayman, lekin poklik alomati – oqlik ham kelmaydi. Bu holatda namoz, roʻza va er-xotinlik aloqalarining hukmi qanday?
  • Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?

    Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?
  • Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

    Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?
  • Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi

    Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi hukmi qanday? Amerikada uch qavatli bir masjid bor: yuqori qavati ayollar uchun namozxona, ostidagi qavat asosiy namozxona, undan pastda esa (podval) tahoratxonalar, islomiy jurnal va gazetalar uchun joy, ayollar uchun oʻquv sinflari va namoz oʻqish joyi mavjud. Hayz holatidagi ayollar ushbu pastki qavatga kirishi joizmi? Shuningdek, masjidda qatorlarni ajratib turgan bir ustun bor. Bu ustun safni ikkiga boʻladimi yoki safni uzmaydimi?