Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Jinlar, sehr va nazarga iymon » Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?
Fatvo: 14253

O'qildi: 25

07.03.2026

/ 18 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: » »

Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

Savol

Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?

Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «إِنَّ اللهَ يُحِبُّ الْعُطَاسَ وَيَكْرَهُ التَّثَاؤُبَ فَإِذَا عَطَسَ أَحَدُكُمْ وَحَمِدَ اللهَ، كَانَ حَقًّا عَلَى كُلِّ مُسْلِمٍ سَمِعَهُ أَنْ يَقُولَ لَهُ: يَرْحَمُكَ اللهُ، وَأَمَّا التَّثَاوُبُ فَإِنَّمَا هُوَ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَإِذَا تَثَاوَبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَرُدَّهُ مَا اسْتَطَاعَ؛ فَإِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا تَثَاءَبَ ضَحِكَ مِنْهُ الشَّيْطَانُ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Alloh aksa urishni xush ko‘radi, esnoqni esa xush ko‘rmaydi. Birortangiz aksa urib, Allohga hamd aytsa, unga «Yarhamukalloh» (Alloh senga rahm qilsin), deyish buni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Birortangizga esnoq kelsa, qo‘lidan kelganicha uni qaytarsin. Zotan, biringiz esnasa, shayton uning ustidan kuladi» (Sahihi Buxoriy, 6226; Sahihi Muslim, 2994).

Buning ma’nosi, shayton insonni esnayotgan holatda ko‘rishni xohlaydi va bu unga yoqadi. Chunki esnaganda insonnning koʻrinishi o‘zgaradi va shayton uning ustidan kuladi. Bundan shayton esnashni keltirib chiqaradi, degan ma’no tushunilmaydi.

Shuningdek, esnash shaytonga nisbat berilishining sababi, esnash qorinning to‘lishidan kelib chiqadi va dangasalikka olib keladi. Bu esa faqat shaytonning ta’siri bilan bo‘ladi.

Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Esnash shaytonga nisbat berildi, chunki u shahvatlarga chaqiradi. Zero, esnash badanning og‘irlashishi, bo‘shashishi va to‘lishidan kelib chiqadi. Bundan murod, unga sabab bo‘ladigan narsadan, ya’ni yeyishda haddan oshishdan ogohlantirishdir».

Munoviy rahimahulloh aytadi: «Esnash shaytonga nisbat beriladi, chunki u nafsga shahvatdan o‘z nasibasini berishga chaqiruvchidir. Bu bilan unga sabab bo‘ladigan narsadan, ya’ni taomda haddan oshish va to‘yishdan ogohlantirishni iroda qildi, natijada badan toatdan og‘irlashadi».

Ramazonda shaytonlar kishanlangan bo‘lishiga qaramay, bandada esnoq boʻlishi mumkin. Ya‘ni, shaytonning esnagan kishini yaxshi ko‘rishi va undan rozi bo‘lishi uchun shayton ozod bo‘ lishi shart emas. Balki bu bandada shayton kishanlangan bo‘lsa ham sodir bo‘laveradi.

Biroq, esnash shaytonning bevosita yoki bilvosita ta’siridan bo‘ladi, degan so‘zga ko‘ra esa, Ramazonda faqat o‘jar shaytonlar kishanlanadi, deyilgan. Boshqalari esa o‘z holida qoladi. Ehtimol, esnash ulardan kishanlanmaganlarining ishi bo‘lishi mumkin.

Shaytonlarning zanjirband qilinishidan murod shuki, bu oyda ularning vasvasalari va mo‘minlarni yomonlikka undashi boshqa oylarga qaraganda kamayadi. Shu bois, ehtimol, esnash ularning Ramazon oyida qodir bo‘lgan sanoqli ta’sirlaridan biridir.

Ramazonda shaytonlarning kishanlanishi ma’nosi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun 39736-raqamli savolga, shuningdek, Ramazonda shaytonlar kishanlangan bo‘lishiga qaramay, gunohlar qanday sodir bo‘lishi haqidagi javobni bilish uchun 37965-raqamli savolga murojaat qiling.

Televideniye orqali tasvirlarni uzatish hukmi haqidagi savolga kelsak, uning javobini 10326-raqamli savoldan topasiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Televizion, kino va videotasvirlar

    Suratlar haqida savolim bor edi. Ekranda ko‘rinadigan video va kompyuter suratlari mubohligi haqida dalil bilan tushuntirib bera olasizmi?
  • Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish

    Saharlikdan oldin ehtilom bo‘ldim va g‘usl qilishga imkonim yo‘q edi. G‘usl qilishdan qattiq uyalardim, chunki ota-onam bu haqda (ehtilom bo‘lganimni) bilib qolishardi. Shu sababli saharligimni g‘usl qilmasdan yedim. Afsuski, shu kuni ertalab bomdod namozini ham o‘qimadim, lekin keyinroq g‘usl qilib, namozimning qazosini o‘qidim. Ro‘zam qabul bo‘lganmi yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchiman, chunki junub holda saharlik qilganim xato boʻldimi degan gumondaman.
  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ro‘zadorning tishini davolatishi

    Ro‘zadorning tish shifokoriga borishi joizmi? Tishlarimni davolatishim kerak. Ramazonda, roʻzador holimda tish shifokoriga borsam-u, tomog‘imga tasodifan biror narsa ketib qolsa (va men uni beixtiyor yutib yuborsam), nima bo‘ladi? Bunday holatning shar’iy hukmi qanday?