O'qildi: 29
07.03.2026
/ 18 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Rasm va tasvirga olish
Savol
Suratlar haqida savolim bor edi. Ekranda ko‘rinadigan video va kompyuter suratlari mubohligi haqida dalil bilan tushuntirib bera olasizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Biror narsa haqida hukm chiqarish uni qanday idrok etishga bog‘liqdir. Bu idrok etish usulini va uning mohiyatini bilish zarur.
«Ahkomut-tasvir» risolasining muallifi aytadi:
Bu harakatlanuvchi tasvirni ovoz bilan birga muayyan vaqt oralig‘ida, ushbu vaqt oralig‘idagi barcha hodisa va voqealar bilan birga uzatadigan narsadir. Lenta ekranda ko‘rsatadigan surat, o‘sha narsaning zikr qilingan lentaga muhrlanganidan keyingi xayolidir, haqiqati emas. «Ash-Shari’atul-islamiyya val-funun» kitobida kino «xayoliy» deb nomlangani kelgan: «chunki u narsalarning haqiqatini emas, balki xayollarini namoyish etadi».
Bu — elektr impulsi yordamida tasvir va tovushlarni bir vaqtda uzatuvchi usul. U suratga olinayotgan obyektdan qaytgan yorug‘likning slyuda qatlamiga tushishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu qatlam kumush oksidi va seziydan tayyorlangan, yorug‘likka sezgir materialning son-sanoqsiz mayda zarrachalari bilan qoplangan bo‘lib, bu zarrachalar bir-biridan ajratilgan va elektr jihatdan izolyatsiyalangan bo‘ladi.
Texnika yordamida tasvir yaratishning bu turi kinofilmdagi tasvirga juda o‘xshaydi, lekin televizion tasvirlarda ular avval elektron signallarga, so‘ng elektromagnit to‘lqinlarga aylantiriladi. Keyin bu to‘lqinlar yo antennalar orqali signal yetib boradigan masofadagi televizorlarning qabul qiluvchi qurilmalariga yuboriladi, yoki ularni saqlay oladigan maxsus magnit modda bilan qoplangan plastik lentalarda magnit o‘zgarishlar shaklida saqlash uchun jo‘natiladi.
Lentalarga yozib olingan narsalarni namoyish etish uchun, saqlangan to‘lqinlar maxsus qurilmadan o‘tkaziladi. Qurilma ularni yana elektron signallarga aylantirib, ekranga uzatadi va shundan so‘nggina, murakkab jarayon natijasida tasvir paydo bo‘ladi.
Televizor — elektr to‘lqinlarini qabul qilib, ularni yig‘adigan va so‘ngra tartiblangan tarzda, to‘liq ko‘rinishdagi tasvir shaklida uzatadigan uskunadir.
Tasvir yaratishning bu turiga o‘xshash yana bir turi mavjud. Bu ba’zi sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘llaniladigan telefonga o‘xshash qurilma bo‘lib, u so‘zlovchining ovozini ham, tasvirini ham uzatadi. Shu tariqa, har ikki tomon suhbatlashayotgan qurilma ekranida bir-birini ko‘ra oladi.
Shuningdek, uylarning eshiklariga o‘rnatiladigan kameralar ham bor. Bu tizim uyga kelayotgan odamning ovozi va tasvirini qabul qilib, uni uy ichidagi ekranga uzatadi, natijada uy ichidagilar uni aniq ko‘ra oladi. Xuddi shuningdek, banklar, do‘konlar va boshqa joylarda o‘g‘irlik qilayotgan jinoyatchilarni va shunga o‘xshash holatlarni kuzatish uchun ishlatiladigan uskunalar ham mavjud.
Bu turdagi uskunalar bir xil hisoblansa-da, turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Bunda kamera kuzatilishi kerak bo‘lgan hududni qamrab oladi va tasvirlarni televizor kabi ekranga uzatadi va tasvir u yerda aniq ko‘rinadi. Yangiliklar doimo paydo bo‘lmoqda va kelajakda nimalar paydo bo‘lishini bilmaymiz. Bu, agar biror narsaga dalolat qilsa, ishlab chiqarish, urush, xavfsizlik, ta’lim, tibbiyot, ijtimoiy va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish uchun texnikadan foydalanish aql bovar qilmas darajada kengayib borayotganini ko‘rsatadi..
Ahmad ibn Ali Vosilning «Ahkomut-tasvir» kitobi, 65-67-betlar.
Shayx Ibn Usaymin aytadilar:
«Zamonaviy uslubda olingan suratlarga kelsak, ular ikki turga bo‘linadi:
Birinchi tur — moddiy shaklga ega bo‘lmaganlar (ularni faqat qurilma orqali ko‘rish mumkin). Menga aytishlaricha, videotasmalardagi tasvirlar shunday. Bularga oid hech qanday hukm yo‘q va ular mutlaqo taqiq doirasiga kirmaydi. Shu sababli, fotoapparat bilan qog‘ozga surat (fotosurat) olishni man qilgan ulamolar bunga (videotasvirlarga) ruxsat berganlar va buning zarari yo‘q, deganlar. So‘ng: «Masjidlarda o‘qiladigan ma’ruzalarni tasvirga olsa bo‘ladimi?» – deb so‘ralgan. Ulamolarning fikricha, bunday qilmagan ma’qul, chunki bu namozxonlarga xalaqit berishi va nomunosib holatlar tasvirga tushib qolishi mumkin va hokazo.
Ikkinchi tur — qog‘ozdagi qo‘zg‘almas yoki harakatsiz suratlar (fotosuratlar)…
Ammo kishi bu kabi joiz suratlarni olmoqchi bo‘lsa, masala qo‘shimcha muhokamani talab qiladi. Chunki ular niyatga bog‘liq bo‘lgan beshta hukmga bo‘ysunadi. Agar niyat harom bo‘lsa, u ham harom bo‘ladi. Agar vojib narsani niyat qilsa, vojib bo‘ladi. Ba’zan suratlar, ayniqsa harakatlanuvchi tasvirlar zarur bo‘lishi mumkin. Masalan, birovning shaxs huquqlariga qarshi jinoyat sodir etayotganini, aytaylik, o‘ldirishga urinayotganini ko‘rsagu, buni suratga olishdan boshqa yo‘l bilan isbotlay olmasak, bu holda suratga olish vojib bo‘ladi. Ayniqsa, tasvirlar ishni hal qilishi mumkin bo‘lgan holatlarda. Vositalarning hukmi maqsadlarning hukmiga tobedir. Agar bu suratlarni jinoyatda boshqa birov ayblanib qolishidan qo‘rqib, shaxsni tasdiqlash uchun olsak, bu ham joiz, hatto zarurdir.
Ammo bu suratlarni shunchaki tomosha qilib rohatlanish uchun olsak, bu shubhasiz haromdir… Alloh bilguvchiroqdir» (Sharh al-Mumti’, 2/197–199)
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?