Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Gʻusl » Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish
Fatvo: 14225

O'qildi: 17

07.03.2026

/ 18 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: »

Ramazonda junublikdan poklanishni tong otguncha kechiktirish

Savol

Saharlikdan oldin ehtilom bo‘ldim va g‘usl qilishga imkonim yo‘q edi. G‘usl qilishdan qattiq uyalardim, chunki ota-onam bu haqda (ehtilom bo‘lganimni) bilib qolishardi. Shu sababli saharligimni g‘usl qilmasdan yedim. Afsuski, shu kuni ertalab bomdod namozini ham o‘qimadim, lekin keyinroq g‘usl qilib, namozimning qazosini o‘qidim. Ro‘zam qabul bo‘lganmi yoki yo‘qmi, shuni bilmoqchiman, chunki junub holda saharlik qilganim xato boʻldimi degan gumondaman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Javobning qisqacha mazmuni:

Ramazonda junublikdan g‘usl qilishni tong otgunicha kechiktirish ro‘zani buzmaydi.

 

Batafsil javob:

Kechasi xotini bilan yaqinlik qilib, junub holda tong ottirgan kishining ro‘zasi sahihdir. Shuningdek, kechasi yoki kunduzi uyqusida junub bo‘lgan kishining ro‘zasi ham sahih va g‘uslni tong otgunicha kechiktirishda ziyoni yo‘q. Ro‘zani faqat Ramazon kunduzi tong otgandan quyosh botguncha jinsiy aloqa qilish buzadi. (Doimiy qo‘mita fatvolari, 10/327)

Namozni quyosh chiqquncha kechiktirishingizga kelsak, bunday qilish haromdir. Namozni o‘z vaqtida ado etish vojib. G‘usl qilishdan qattiq uyalishingiz namozni o‘z vaqtidan kechiktirishga ruxsat beradigan uzr emas. Sizga bu qilmishingizdan tavba qilib, istig‘for aytish vojibdir.

Alloh bizni va sizni har bir yaxshilikka muvaffaq qilsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Ro‘zada tirnoq va tuklarni olish

    Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ro‘zadorning tishini davolatishi

    Ro‘zadorning tish shifokoriga borishi joizmi? Tishlarimni davolatishim kerak. Ramazonda, roʻzador holimda tish shifokoriga borsam-u, tomog‘imga tasodifan biror narsa ketib qolsa (va men uni beixtiyor yutib yuborsam), nima bo‘ladi? Bunday holatning shar’iy hukmi qanday?
  • Ro‘zada tish pastasidan foydalanish

    Ro‘zador holatda tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash joizmi? Bilishimcha, agar pasta tomoqqa yetib bormasa (yutilmasa), bu joiz. Iltimos, bu mavzuda o‘z fikringizni bildirsangiz.
  • Ramazon kunduzida unutib yeb-ichish

    Ramazon oyida kunduzi bilmay yeb-ichib qoʻygan kishining hukmi qanday boʻladi?