O'qildi: 2
05.03.2026
/ 16 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzadorga mustahab boʻlgan amallar
Savol
Ro‘zadorning iftor paytida ijobat bo‘ladigan duosi bor. Bu duo qachon qilinadi: iftordan oldinmi, iftor paytidami yoki undan keyinmi? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan biror duo bormi yoki bunday vaqtda o‘zingiz biror duoni tavsiya qilasizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu savol Shayx Muhammad ibn Usaymin rahimahullohga taqdim etilganda, u kishi shunday dedilar:
Duo iftordan oldin, quyosh botishi arafasida bo‘ladi. Chunki bu vaqtda nafsning sinishi va xorlik jamlanadi hamda u ro‘zador bo‘ladi. Bularning barchasi ijobat sabablaridandir. Iftordan keyin esa nafs rohatlangan, xursand bo‘lgan va balki g‘aflat yuz bergan bo‘ladi. Lekin Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan bir duo rivoyat qilingan, u sahih bo‘lib, iftordan keyin aytiladi:
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam iftor qilganlarida «Zahabaz-zoma’u vabtallatil ’uruuqu va sabatal ajr-u, inshaalloh», der edilar». Ma’nosi: «Chanqoqlik ketdi, tomirlar ho‘llandi va inshaalloh, ajr sobit bo‘ldi» (Abu Dovud, 2357; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2357).
Bu duo faqat iftordan keyin aytiladi. Shuningdek, ba’zi sahobalardan «Allohumma laka sumtu va ’ala rizqika aftartu» (Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim va Sening rizqing ila iftor qildim) degan so‘zlar rivoyat qilingan.
Shu bois, Allohga o‘zingiz munosib ko‘rgan so‘zlar bilan duo qilavering.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahullohning 8-sonli oylik uchrashuvi
Bu javob foydali bo’ldimi?