O'qildi: 11
06.03.2026
/ 17 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzadorga ruxsat berilgan ishlar
Savol
Ro‘zador tirnoqlarini olmasligi yoki qovuq tuklarini tozalamasligi kerak, degan fikr to‘g‘rimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu amallar ro‘zador uchun maxsus vojib bo‘lgan amallardan emas, shuningdek, ro‘zaga zid amal ham deyilmaydi. Ro‘zador faqatgina yeb-ichish va jinsiy aloqadan tiyiladi, chunki bular ro‘zani buzuvchi amallardir. Shuningdek, g‘iybat, chaqimchilik kabi gunoh va munkar ishlardan tiyiladi, bular esa ro‘zaning savobini kamaytiruvchi amallardir. Tirnoqlar va qovuq tuklariga kelsak, ularni olish fitrat ishlaridandir. Shori’ ularning qolishi uchun qirq kun vaqt belgilagan. Ro‘zani sahih bo‘lishining bularga aloqasi yo‘q.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid
Bu javob foydali bo’ldimi?