Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzadorga mustahab boʻlgan amallar » Ro‘zada iftorni tezlatish sunnatdir
Fatvo: 13999

O'qildi: 16

04.03.2026

/ 15 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi:

Ro‘zada iftorni tezlatish sunnatdir

Savol

Iftorlik qilish farzmi? Iftorlik paytida masjidga yetib kelgan kishi avval iftorlik qilib, keyin jamoatga qoʻshiladimi, yoki avval namoz o‘qib, keyin iftorlik qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Iftorni tezlatish sunnatdir. Hadislar shunga dalolat qiladi.

عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «لَا يَزَالُ النَّاسُ بِخَيْرٍ مَا عَجَّلُوا الْفِطْرَ».

Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki iftorga shoshilishar ekan, odamlar yaxshilikda bo‘laveradilar», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 1957; Sahihi Muslim, 1098).

Shunday ekan, ochligini bosadigan bir necha luqma bilan iftorlikka shoshilish, so‘ng namozga turish, keyin agar xohlasa, ehtiyojini qondirguncha taomlanishi joiz.

Nabiy alayhissalotu vassalomning odatlari shunday boʻlgan.

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ يَقُولُ: «كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُفْطِرُ عَلَى رُطَبَاتٍ قَبْلَ أَنْ يُصَلِّيَ، فَإِنْ لَمْ تَكُنْ رُطَبَاتٌ، فَعَلَى تَمَرَاتٍ، فَإِنْ لَمْ تَكُنْ حَسَا حَسَوَاتٍ مِنْ مَاءٍ»

Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qishdan oldin bir nechta ho‘l xurmo bilan iftor qilar edilar. Agar ho‘l xurmo bo‘lmasa, quruq xurmo bilan, u ham bo‘lmasa, bir necha ho‘plam suv ichar edilar» (Abu Dovud, 2356; Termiziy, 696; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 696).

Muborakfuriy ushbu hadisning sharhida aytadi: «Bunda iftorni tezlatish mustahabligiga mukammal darajada mubolag‘a qilishga ishora bor».

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Iftorlik vaqtidagi duo

    Ro‘zadorning iftor paytida ijobat bo‘ladigan duosi bor. Bu duo qachon qilinadi: iftordan oldinmi, iftor paytidami yoki undan keyinmi? Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan biror duo bormi yoki bunday vaqtda o‘zingiz biror duoni tavsiya qilasizmi?
  • Iftorlik tarqatish fazilati

    Roʻzadorga iftor berish savobi qanday?