O'qildi: 23
26.02.2026
/ 9 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzadorga ruxsat berilgan ishlar
Savol
Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Unashtirilgan qiz bilan gaplashishning shariatda belgilangan mezon va qoidalari mavjud. Bu haqda 13791-sonli fatvoda batafsil soʻz yuritilgan.
Agar ushbu qoidalarga, xususan, shahvat qo‘zg‘alishidan saqlanish va muloqot uchun zarurat bo‘lishi shartlariga rioya qilinsa, bunga ruxsat etiladi. Ammo bu qoidalardan birortasi buzilsa, bunday suhbat shar’an harom sanaladi. Agar ushbu chegaradan chiqish ro‘zadorlik holatida sodir bo‘lsa, u ro‘zaga nuqson yetkazadi va fazilatli vaqtda sodir etilgani uchun gunohi yanada og‘irroq bo‘ladi. Zero, ro‘zador o‘z ro‘zasiga zarar yetkazadigan va uni mukammal bo‘lishdan to‘sadigan narsalardan saqlanishi lozim.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.
Bu javob foydali bo’ldimi?