Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Hayz va nifos » Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish
Fatvo: 13738

O'qildi: 26

26.02.2026

/ 9 Ramazon 1447

Fatvo mavzusi: »

Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

Savol

Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu savol Shayx Muhammad ibn Usaymin rahimahullohga taqdim etilganda, u kishi shunday javob berdilar: «Bizningcha, u Allohga toat qilishga yordam berishi uchun bu dorilarni ishlatmasligi lozim. Chunki chiqadigan hayz Alloh Odam qizlariga bitib qo‘ygan narsadir.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam Hajjatul Vado’da oʻzi bilan haj qilishga otlangan Oisha roziyallohu anhoning oldiga kirdilar, u umraga ehrom bog‘lagan edi, Makkaga yetib bormasdan hayz ko‘rdi. U zot zavjasining oldiga kirganlarida u yig‘layotgan edi. U zot: «Nimaga yig‘layapsan?» dedilar. U hayz ko‘rganini aytdi. Shunda u zot: «Bu Alloh Odam qizlariga bitib qo‘ygan narsadir», dedilar. Shunday ekan, hayz ayolning ixtiyorida emas. Agar oxirgi o‘n kunlikda hayzi kelsa, Alloh unga taqdir qilgan narsaga qanoat qilsin, ammo bu dorilarni ishlatmasin. Menga ishonchli tabiblardan yetib kelgan xabarga ko‘ra, bu dorilar bachadon va qonga zararlidir. Shuningdek, agar homilador bo‘lsa, homilaga nuqson yetishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun biz bunday dorilarni iste’mol qilishdan saqlanishni maslahat beramiz. Zero, hayz kelib, namoz va ro‘zani tark etishi uning qo‘lida emas, balki Allohning taqdiri bilandir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Manba: Shayx Muhammad ibn Usaymin rahimahulloh.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Hayzli ayol qachon roʻza tutadi?

    Oylik odatim 7-8 kungacha davom etadi. Baʼzida yettinchi kuni qon koʻrmayman, lekin poklik alomati – oqlik ham kelmaydi. Bu holatda namoz, roʻza va er-xotinlik aloqalarining hukmi qanday?
  • Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?

    Hayzli ayol jinsiy aloqadan so‘ng g‘usl qiladimi?
  • Nifosli ayol koʻchaga chiqishi joizmi?

    Bizning diyorda ayollar tug‘ruqdan so‘ng 40 kun uyda qolish odati bor. Bu odat haqida ko‘p odamlardan so‘radim. Ammo ularning aksariyati bu sunnatdanmi yoki yo‘qmi bilishmaydi. Agar sunnatdan bo‘lsa, shu odatga amal qilmoqchiman (hozir homiladorligimning to‘qqizinchi oyidaman va bu to‘rtinchi homiladorligim). Biroq, ba’zilar menga bu urfning bid’at ekanligini va undan saqlanish ma’qulligini aytishdi. Shu sababli, Allohning izni bilan, bu mavzuni menga tushuntirib berishingizni so‘rayman. Men bu mavzuni olti yildan beri o‘rganmoqdaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Ayol har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?

    Ayol kishi har hayz ko‘rgandan so‘ng avrat qismidagi tuklarni olishi shartmi?
  • Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi

    Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi hukmi qanday? Amerikada uch qavatli bir masjid bor: yuqori qavati ayollar uchun namozxona, ostidagi qavat asosiy namozxona, undan pastda esa (podval) tahoratxonalar, islomiy jurnal va gazetalar uchun joy, ayollar uchun oʻquv sinflari va namoz oʻqish joyi mavjud. Hayz holatidagi ayollar ushbu pastki qavatga kirishi joizmi? Shuningdek, masjidda qatorlarni ajratib turgan bir ustun bor. Bu ustun safni ikkiga boʻladimi yoki safni uzmaydimi?