Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Fatvo: 12616

O'qildi: 108

15.02.2026

/ 27 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

Ramazon oyi bilan tabriklash

Savol

Ramazon oyi kirishi munosabati bilan tabriklash joizmi yoki bu amal bidʼat hisoblanadimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Yangi oy kirishi munosabati bilan tabriklashning zarari yoʻq. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam sahobalariga Ramazon oyining kelishi haqida xushxabar berar va ularni bu oyga alohida eʼtibor qaratishga undar edilar.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَتَاكُمْ رَمَضَانُ شَهْرٌ مُبَارَكٌ فَرَضَ اللهُ عَلَيْكُمْ صِيَامَهُ، تُفْتَحُ فِيهِ أَبْوَابُ السَّمَاءِ، وَتُغَلَّقُ فِيهِ أَبْوَابُ الْجَحِيمِ، وَتُغَلُّ فِيهِ مَرَدَةُ الشَّيَاطِينِ، لِلَّهِ فِيهِ لَيْلَةٌ خَيْرٌ مِنْ أَلْفِ شَهْرٍ مَنْ حُرِمَ خَيْرَهَا فَقَدْ حُرِمَ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Sizlarga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh bu oyning roʻzasini farz qildi. Bu oyda osmon eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi, shaytonlarning ashaddiylari kishanlanadi. Alloh taoloning bu oyda bir kechasi bor. Bu kecha ming oydan afzaldir. Kim oʻsha kechaning yaxshiligidan mahrum boʻlsa, demak, u (koʻp narsadan) mahrum boʻlibdi» (Nasoiy, 3/129; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Nasoiy», 2105).

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid, «Roʻzaga oid yetmish masala» risolasi.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ro‘zadorning tishini davolatishi

    Ro‘zadorning tish shifokoriga borishi joizmi? Tishlarimni davolatishim kerak. Ramazonda, roʻzador holimda tish shifokoriga borsam-u, tomog‘imga tasodifan biror narsa ketib qolsa (va men uni beixtiyor yutib yuborsam), nima bo‘ladi? Bunday holatning shar’iy hukmi qanday?
  • Ro‘zada tish pastasidan foydalanish

    Ro‘zador holatda tishlarni cho‘tka va pasta bilan tozalash joizmi? Bilishimcha, agar pasta tomoqqa yetib bormasa (yutilmasa), bu joiz. Iltimos, bu mavzuda o‘z fikringizni bildirsangiz.
  • Ramazon kunduzida unutib yeb-ichish

    Ramazon oyida kunduzi bilmay yeb-ichib qoʻygan kishining hukmi qanday boʻladi?
  • Roʻzada teriga plastir yopishtirish hukmi

    Men kashandaman va juda koʻp chekaman, kuniga taxminan yigirmata sigaret. Chekishni butunlay tashlamoqchiman. Baʼzilar menga nikotin plastirlaridan foydalanishni maslahat berishdi, chunki plastirlar bu borada juda foydali ekan. Mening savolim shuki, Ramazon oyida roʻzadorlik paytida nikotin plastirlaridan foydalansam boʻladimi? Chunki nikotin plastirlari teriga yopishtiriladi va nikotin teri teshikchalari orqali tanaga soʻriladi. Bitta plastir 24 soatga yetadi va faqat 7 ta plastir ishlatish kerak boʻladi. Ishontirib aytamanki, roʻza tutganimda chekishga ehtiyoj sezmayman. Ammo roʻzamni ochishim bilanoq, qoʻlim beixtiyor ravishda sigaretaga choʻzilayotganini his qilaman. Iltimos, menga maslahat bering.