O'qildi: 160
15.02.2026
/ 27 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Ramazon kunduzida hijoma qiluvchilar va hijoma qildiruvchilarning roʻzasi buziladimi?
Bu ishning sharʼiy hukmi qanday? Ular roʻzalarini buzgan hisoblanib, oʻsha kunning qazosini tutishlari kerakmi yoki zimmalariga kafforat vojib boʻladimi? Iltimos, bu haqda batafsil maʼlumot bersangiz.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Hijoma qiluvchilar va hijoma qildiruvchilarning roʻzasi buziladi va ikkisiga ham (shomgacha) yeb-ichishdan tiyilish va qazo qilish vojib boʻladi. Chunki hadisi sharifda:
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hijoma qiluvchining ham, hijoma qildiruvchining ham roʻzasi buzilibdi», dedilar» (Abu Dovud, 2367; Ibn Moja, 1680; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2367).
Tavfiq Allohdandir. Paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga Allohning salotu salomlari boʻlsin.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar boʻyicha Doimiy Qoʻmita, 10/262.
Bu javob foydali bo’ldimi?