O'qildi: 112
16.02.2026
/ 28 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Tishlar orasidan tasodifan chiqqan qon roʻzani buzadimi yoki yoʻqmi? Agar bu qon oʻz-oʻzidan emas, balki boshqa birovning tasodifiy zarbasi sababli chiqqan boʻlsa-chi? Iltimos, bizga bu masalada yoʻl-yoʻriq koʻrsating. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Tishlar orasidan chiqadigan qon roʻzani buzmaydi, xoh oʻz-oʻzidan chiqqan boʻlsin, xoh boshqa kimsaning zarbasi ortidan chiqqan boʻlsin.
Tavfiq Allohdandir! Paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga salavot va salomlar boʻlsin.
Lekin roʻzadorning bu qonni yutishi joiz emas. Agar qonni qasddan yutib yuborsa, roʻzasi ochilgan boʻladi.
Vallohu aʼlam.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar boʻyicha Doimiy Qoʻmita, 10/267.
Bu javob foydali bo’ldimi?