O'qildi: 36
22.02.2026
/ 5 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Roʻzani buzadigan narsalar
Savol
Avtohalokat sababli hushsiz holatda Ramazonga kirgan va yigirma ikki kundan keyingina oʻziga kelgan kishiga nima vojib boʻladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
«Rojih qavlga koʻra: kasallik yoki boshqa sabab bilan hushdan ketib, oʻzini bilmay qolgan kishidan namozning vojibligi soqit boʻladi, shuning uchun bunday holda namozning qazosini oʻqish lozim boʻlmaydi. Ammo roʻzaga kelsak, kishi hushsizlik sabab qoldirgan kunlarining qazosini tutishi vojib boʻladi.
Namoz bilan roʻza oʻrtasidagi farq shundaki, namoz takrorlanib turadi. Oʻtkazib yuborilgan namozlarni qazo qilmasa ham, kishi keyingi kuni yana namoz oʻqiydi. Ammo roʻza takrorlanmaydi. Shu sababli, hayz koʻrgan ayol oʻtkazib yuborgan roʻzalarini qazo qiladi, lekin oʻtkazib yuborgan namozlarini qazo qilmaydi.
Manba: «al-Liqo ash-Shahriy», 17
Bu javob foydali bo’ldimi?