O'qildi: 487
07.03.2026
/ 18 Ramazon 1447
Fatvo mavzusi: Eʼtikof masalalari
Savol
E’tikofning shartlari nimalardan iborat? Ro‘za ham uning shartlaridan biri hisoblanadimi? E’tikof o‘tirgan kishining bemorni ko‘rgani borishi, chaqiriqqa ijobat qilishi, oilasining ehtiyojlarini qondirishi, janozaga qatnashishi yoki ishga borishi joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
E’tikof jamoat namozi o‘qiladigan masjidda mashru’dir. Agar e’tikof o‘tiruvchi zimmasiga juma namozi vojib bo‘lgan kishilardan bo‘lsa va e’tikof davriga juma kuni to‘g‘ri kelsa, uning juma namozi o‘qiladigan masjidda bo‘lishi afzaldir.
E’tikof uchun ro‘zador boʻlish shart emas.
Sunnatga ko‘ra, e’tikof o‘tiruvchi e’tikofi davomida bemorni ziyorat qilmaydi, da’vatga ijobat etmaydi, ahlining hojatlarini bajarmaydi, janozaga qatnashmaydi va masjiddan tashqaridagi ishiga bormaydi.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:«E’tikof o‘tirgan kishiga bemorni ziyorat qilmaslik, janozaga qatnashmaslik, ayol kishi bilan yaqinlik ham, mubosharat ham qilmaslik, faqat zaruriy ehtiyoj uchun chiqish sunnatdir» (Abu Dovud, 2473; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2473).
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita (10/410)
Bu javob foydali bo’ldimi?