Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Ribo — sudxoʻrlik » Kechikkan to‘lov uchun jarima solish hukmi
Fatvo: 1231

O'qildi: 32

Sentabr 2, 2025

/ 10 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Kechikkan to‘lov uchun jarima solish hukmi

Savol

Men avtomobillarni islom shariatiga muvofiq bo‘lib-bo‘lib toʻlashga, nasiyaga sotaman, ya’ni foiz olmayman, lekin o‘zimni himoya qilish maqsadida, agar xaridor to‘lovni kechiktirsa, jarima undiraman. Bu ishim joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz undirgan bu qo‘shimcha to‘lov xaridorning qarzni qaytarishni kechiktirishi evaziga bo‘ladi va bu riboning oʻzginasidir. Shuning uchun, Alloh taolo johiliyat davrida keng tarqalgan sudxo‘rlikni harom qilish haqida so‘z yuritganda – qarzdor qarzni to‘lashni kechiktirsa, qarz beruvchi qarzni qaytarish muddatini uzaytirish evaziga qo‘shimcha haq olishi haqida gapirganda, Alloh taolo qarzdorga qo‘shimcha haq olmasdan muhlat berishni buyurib, shunday degan:

﴿وَإِنْ كَانَ ذُو عُسْرَةٍ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيْسَرَةٍ ۚ وَأَنْ تَصَدَّقُوا خَيْرٌ لَكُمْ ۖ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ ۝٢٨٠﴾

«Agar (qarzdor) nochor bo‘lsa, boyiguncha kuting! Agar bilsangizlar (bergan qarzingizni) sadaqa qilib yuborishingiz o‘zingiz uchun yaxshiroqdir» (Baqara: 280).

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Kreditga sotib olingan buyumdan foydalanish

    Ota-onam menga mashina sotib olishdi va hozirda uning qiymatini foiz bilan to‘lashmoqda. Bu mashinadan foydalanishim joizmi yoki yo‘qmi? Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, ota-onam hali ham to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.
  • Sudxo‘rlikka asoslangan jamiyatda sudxo‘rlik bilan shug‘ullanish joizmi?

    Sudxo‘rlikka asoslangan jamiyatda musulmon kishi sudxo‘rlik qilishi joizmi?
  • Banklar uchun kompyuter dasturlarini ishlab chiqish hukmi

    Men dasturiy ta’minot tuzuvchisiman. Savolim: Riboga asoslangan bank uchun dastur tuzishim joizmi?
  • Sudxoʻrlikka qarz olgan kishi nima qilishi kerak?

    Savolim: Kishi haromligini bilmasdan qoʻl urgan o‘tmishdagi ishlaridan o‘zini yoki tijoratini qanday poklashi mumkin? Misol uchun, menda kiyim-kechak do‘koni bor, uni sudxo‘rlikka qarz olib moliyalashtirganman va haligacha o‘sha qarzni bankka to‘lab kelmoqdaman. Shuningdek, Bundan tashqari, o‘tmishda biznesda zarar ko‘rib, bankrotlik e’lon qilishga majbur bo‘lganman. Shu sababli ko‘p odamlarga qarzlarimni toʻlamaganman. Bu holda mening musulmonlik burchim nimadan iborat? Men imkon qadar hamma qarzlarni to‘lashga harakat qildim, ammo ishlar yomonlashgach, ularni to‘lay olmadim.
  • Zino, qimor va cho‘chqa harom qilinishi

    Nima uchun islomda zino, qimor va cho‘chqa go‘shtini yeyish harom qilingan?
  • Bu sudxo’rlikning oʻzidir

    Bir kishi foiz to‘lamasdan bankdan qarz olmoqchi bo‘ldi, chunki foiz sudxo‘rlik hisoblanadi. Ammo bank xodimlaridan biri unga: «Agar ribodan qochmoqchi bo‘lsangiz, bizdan bir million olishingiz mumkin. Bir yildan so‘ng, imkoningiz bo‘lsa, bizga ikki million qaytarasiz: bir millioni bizning pul, qolgan bir millioni esa hozir olgan qarzingiz yil mobaynida sizda turgani evaziga keyingi yil davomida bizda turadi. Bir yildan keyin pulingizni qaytarib olishingiz mumkin», dedi. Bu ribo hisoblanadimi? Iltimos, bizga maslahat bering. Alloh ajringizni bersin.