Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Odob » Nikoh odobi » Jinsiy aloqa paytida oʻqiladigan duo
Fatvo: 1202

O'qildi: 566

Avgust 28, 2025

/ 5 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Jinsiy aloqa paytida oʻqiladigan duo

Savol

Mening savolim uning javoblari har xil bo‘lgan savollardan. Musulmon kishi jimo paytida biror duo aytishi kerakmi? Musulmon er-xotin birinchi jinsiy aloqadan oldin namoz o‘qishi kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Shar’iy odoblardan biri shuki, musulmon kishi xotiniga yaqinlik qilganida

«بِسْمِ اللَّهِ اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا»

«Bismillaahi. Alloohumma jannibnash-shaytoona va jannibish-shaytoona maa rozaqtanaa», deyishdir.

Buning dalili:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ : عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «أَمَا إِنَّ أَحَدَكُمْ إِذَا أَتَى أَهْلَهُ وَقَالَ: بِسْمِ اللهِ اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا فَرُزِقَا وَلَدًا لَمْ يَضُرُّهُ الشَّيْطَانُ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida: «Bismillaahi. Alloohumma jannibnash-shaytoona va jannibish-shaytoona maa rozaqtanaa», desa va ularga farzand berilsa, shayton unga zarar yetkaza olmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 3271). Duoning ma’nosi: «Allohning ismi bilan. Allohim, bizdan shaytonni uzoqlashtir va shaytonni bizga rizq qilib beradiganing (zurriyotim)dan ham chetda qil».

Bu duoning foydalaridan biri shuki, agar er-xotindan farzand dunyoga kelsa, shayton unga zarar yetkazolmaydi. Toʻy kechasi, er xotini bilan yaqinlik qilayotganda aytiladigan duo haqidagi savolga oldin javob berilgan, 854-fatvoga murojaat qiling. Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi javoblarga qarang: 5560, 43479, 20846, 33597, 49750, 95383, 21195.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Nikoh kechasida aytiladigan duo

    To‘y kechasi kuyov kelinning oldiga kirganda sunnatga amal qilishning mezoni nima? Chunki ko‘pchilikka bu kecha «Baqara» surasini tilovat qilish va namoz o‘qish kerakligi haqidagi tushuncha chalkashlik tug‘diradi. Bu esa bugungi kunda ko‘pchilik orasida odatiy holga aylanib qolgan.
  • Otaning roziligi va kuyovning Islomni qabul qilishi – muslima ayolga uylanishning shartidir

    Men musulmonman va singlim nasroniy kishi bilan unashtirilgan, u rozi bo‘lgan va ular nikoh qilishmoqchi. Erkak Islomga kirmoqchi. Nima qilishni bilmayapman. Bu nikohga qarshi chiqishga haqqim bormi? Ota-onam bu nikohga mutlaqo qarshi va juda tashvishda, asosan erkak boshqa madaniyatdan kelgani va bizga qarindosh emasligi sababli. Iltimos, nima qilishim kerakligi haqida maslahat berishingizni so‘rayman, chunki men xavotirdaman va vaqt tez o‘tib bormoqda. Rahmat.
  • Musulmon xotiniga kirishni istaganda nima qilishi kerak?

    Nikoh qanday bo‘lishini bilmoqchiman. Ya’ni, to‘y marosimi qanday o‘tkazilishi kerak? Qancha mehmon taklif etiladi? Belgilangan miqdor bormi? To‘y marosimi paytida, mehmonlarni kutib olish marosimida yoki ziyofatda musiqa qo‘yish joizmi? Shuningdek, to‘y marosimi va mehmondorchilikni tashkil etish kimning zimmasida ekanligini ham aytib oʻtsangiz. Bu kuyovning vazifasimi yoki kelinning vazifasimi? Javobni iloji boricha tezroq bilishni istardim, toki oilamga ma’lumot bera olishim va Allohning izni bilan, buni hayotga tatbiq etishim uchun. Shoyad Alloh menga va nikohimga baraka bersa.
  • Musulmonning nasroniy ayolga uylanishi va ilgari nasroniy bo‘lmaganligi

    Musulmon kishi nasroniy diniga o‘tmay yoki ilgari nasroniy bo‘lmay turib katolik ayolga uylanishi joizmi?
  • Yashirin nikoh – botil nikohdir

    Agar er-xotin ,Biz Allohni guvoh qilib, bir-birimizni er-xotin sifatida qabul qildik. deb aytsa-yu, boshqa hech qanday guvoh bo‘lmasa, keyinchalik to‘y qilib, hammaga turmush qurganlarini aytsa, ular rasman nikohdan o‘tgan hisoblanadimi?
  • Sehr qilingan xotinni taloq qilgandan keyin nikohlanish

    Men bir muslima qizga uylangan edim, lekin u bilan yaqinlik qila olmaganimdan uni taloq qildim. Holbuki men 100% sog’lom edim. Keyin buning sababi sehr ekanini bildim. Men va otamga bir shayxning huzuriga borib, Ruqiya qildirishni maslahat berishdi. Shunda sobiq xotinim butunlay titray boshladi va kimdir unga sehr qilgani aniq-ravshan bo‘ldi. Keyinchalik, sobiq xotinimning oilasi sehr bilan shug‘ullanishini bilib qoldim. Ular o’zlarining ushbu botil, jirkanch ishlarida qattiq turib olishgani uchun uni taloq qildim. Endi bu muammoni yengib o‘tishimga yordam beradigan yechim izlamoqdaman, chunki yana uylanishim kerak. Javobingiz uchun rahmat.