Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Najosatdan poklanish » Kiyimga siydik tomganida gumon qilish
Fatvo: 1198

O'qildi: 419

27.08.2025

/ 4 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi: »

Kiyimga siydik tomganida gumon qilish

Savol

Istinjo va tahorat qilib bo‘lganimdan so‘ng bir tomchi siydik chiqqanini his qilaman. Bu esa meni qayta tahorat qilishga, ba’zi hollarda esa ikki martalab tahorat olishga majbur qiladi. Siydik tomganidan so‘ng uning to‘xtaganiga ishonch hosil qilish uchun besh daqiqa kutaman, ammo tahoratni tugatganimdan so‘ng, yana kichik bir tomchisi chiqqanini his qilaman.

Men shubha yoki vasvasaga tushmaslik uchun buni yengib o‘tishga harakat qilyapman. Agar shu tomchidan kiyimga tegsa, uni yuvish kerakmi? Agar shu kiyimda namoz o‘qisam, namozim durust boʻladimi yoki yo‘qmi? Ba’zi hollarda siydik tomgan, degan gumonda shimimni ham yuvyapman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar avratingizdan siydik tomchisi chiqqanini aniq bilsangiz, har bir namoz uchun istinjo va tahorat qilishingiz hamda siydik tekkan kiyimingizni yuvishingiz vojib bo‘ladi. Ammo bu shunchaki shubha bo‘lsa, u holda sizga hech narsa vojib emas va vasvasaga chalinmaslik uchun shubhalardan yuz o‘girishingiz lozim.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Qon topshirish tahoratni buzadimi?

    Musulmon kishi donorlik qilib qon topshirishi joizmi? Agar qon topshirsa, qon topshirgandan keyin tahorat olmasdan namoz o‘qishi joizmi?
  • Agar it musulmonning kiyimini yalab qo‘ysa, hukmi nima?

    Agar it bizning badanimizni yoki kiyimimizni yalab qo‘ysa, nima qilishimiz kerak? Agarda yalangan joyni tuproq yoki loy bilan ishqalashi kerak, degan yechimni bersangiz, lekin u silliq, qimmatbaho matodan tikilgan kiyim, masalan, kostyum bo‘lsa-chi? Agar u shunday qilsa, kiyimi ko‘proq ifloslanadi. Shu sababli kiyimni toʻproq bilan ishqamasdan kimyoviy tozalash unsurlari bilan yuvsa yetarli bo‘ladimi?
  • Ayolga teginish tahoratni buzadimi?

    Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
  • Me’dadan chiqqan narsa tahoratni buzmaydi

    Biror narsani ichganda yoki yeganda achchiq modda chiqsa-yu, lekin u oz miqdorda bo‘lib, og‘izni to‘ldirmasa yoki faqat tomoqning yuqori qismiga yetib, yana pastga tushsa, bu tahoratni buzadimi?
  • Qon tahoratni buzadimi?

    Qon chiqishi tahoratni buzadigan amallardan sanaladimi? Bu haqda ma’lumot berishingizni iltimos qilaman.
  • Ayolning old avratidan yel chiqishi

    Ayolning old avratidan chiqadigan havo tahoratni buzadimi?