O'qildi: 5
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ayol kishi zarurat bo‘lmasa sochini oldirishi joiz emas. Bunga dalil:
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarni soch oldirishdan qaytarganlar» (Termiziy, 914; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Taxriji riyozus solihiyn», 1641).
Shuningdek, Al-Xallol o‘z sanadi bilan Qatodadan, u esa Ikrimadan rivoyat qilishicha: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ayollarni sochlarini oldirishdan qaytarganlar». Hasan Basriy aytadilar: «Ayollarning soch oldirishi – musla (jasadini qiymalash, a’zolarini kesib, pajmurda qilish)dir». Asram aytadi: «Men Abu Abdullohdan sochini parvarishlash va davolashga ojiz boʻlgan ayol haqida so‘rashganini eshitdim. Ular: «U Maymuna roziyallohu anhoning hadislariga amal qilsinmi?» deb so‘rashdi. Abu Abdulloh: «Nima uchun oladi?», deb soʻradi. Unga: « U sochiga yog‘ yoki boshqa narsa surtishga qodir emas va sochiga hasharotlar tushadi», deb javob berishdi. Shunda u: «Agar zarurat tufayli bo‘lsa, umid qilamanki, bunda zarar yo‘q», dedi.
Alloh biluvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?