O'qildi: 14
Avgust 7, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Ota-onaga yaxshilik qilish
Savol
Men musulmon yigitman va soqol o‘stirmoqchiman, ammo otam bunga qattiq qarshilik qilmoqda. Soqolimni o‘stirishim kerakmi yoki ota-onamga bo‘ysunishim lozimmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Soqolni qirish haromdir. Xoh ota-ona, xoh biror boshliq boʻlsin, ularga itoat qilish maqsadida soqolni qirish yoki qisqartirish joiz emas. Chunki itoat faqat ma’ruf, muboh ishlarda bo‘ladi.
Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga osiylik bo‘lgan (ishlar)da itoat yo‘q. Itoat faqat ma’ruf ishdadir», dedilar» (Abu Dovud, 2625; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 2625).
Bu javob foydali bo’ldimi?