Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tozalikka oid vasvasalarning davosi
Fatvo: 1174

O'qildi: 189

07.08.2025

/ 13 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Tozalikka oid vasvasalarning davosi

Savol

Men turmush qurgan ayolman. Anchadan beri vasvasaga tushib qolganman. Bu vasvasa tahoratda meni shunchalik mashg‘ul qiladiki, tahoratda ketma-ketlikni saqlay olmayman. Har safar tahorat olishim bir yarim soat vaqt oladi, chunki tahoratim tamomiy boʻlmagandek tuyulaveradi. Shuningdek, g‘uslga ham soatlab vaqtim ketadi, chunki oʻzimni poklanmagandek his qilaveraman. Men ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ham borgan edim. Menga qanday maslahat berasiz?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Avvalo, ruhiy kasalliklar shifoxonasida va shifokorlar nazoratida davolanishni davom ettiring, shoyad Alloh sizga shifo bitgan bo‘lsa. Allohdan yordam so‘rab, dardingizga shifo berishini iltijo qiling. Uyquga yotganingizda Oyat al-Kursiyni o‘qing va:

بِسْمِ اللهِ الَّذِي لَا يَضُرُّ مَعَ اسْمِهِ شَيْءٌ فِي الْأَرْضِ وَلَا فِي السَّمَاءِ وَهُوَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ

«Bismillahillaziy la yazurru ma’asmihi shay’un fil arzi va la fis-samaa’i va huvas-samiy’ul ’aliym» duosini ertalab va kechqurun uch martadan ayting (Duoning ma’nosi: Uning ismi bilan bo‘lganda yerda ham, osmonda ham biror narsa zarar bera olmaydigan Alloh ismi bilan panohlanaman. U eshituvchi, biluvchi Zotdir. Usmon ibn Affonning hadisida Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «(Bu duoni) tong otganda va kech kirganda uch marta oʻqigan kimsaga hech narsa zarar yetkazolmaydi», deganlar (Manba: Sunani Termiziy, 3388; Hadis hukmi: «hasan-sahih»).

Shuningdek, uxlashga yotganingizda «Ixlos», «Falaq» va «Nos» suralarini uch marta o‘qib, har oʻqiganda qo‘llaringizga puflab, qo‘lingizdan kelganicha badaningizga surting.

عَنْ عَائِشَةَ : أَنَّ النَّبِيَّ ﷺ «كَانَ إِذَا أَوَى إِلَى فِرَاشِهِ كُلَّ لَيْلَةٍ، جَمَعَ كَفَّيْهِ ثُمَّ نَفَثَ فِيهِمَا، فَقَرَأَ فِيهِمَا: ﴿قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ﴾، وَ ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ الْفَلَقِ﴾، وَ ﴿قُلْ أَعُوذُ بِرَبِّ النَّاسِ﴾، ثُمَّ يَمْسَحُ بِهِمَا مَا اسْتَطَاعَ مِنْ جَسَدِهِ، يَبْدَأُ بِهِمَا عَلَى رَأْسِهِ وَوَجْهِهِ، وَمَا أَقْبَلَ مِنْ جَسَدِهِ، يَفْعَلُ ذَلِكَ ثَلَاثَ مَرَّاتٍ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotganlarida ikki kaftlarini jamlab, ularga «Qul huvallohu ahad», «Qul a’uzu birobbil falaq» va «Qul a’uzu birobbin-nas» (suralari)ni o‘qib, dam solib, badanlarining (qo‘llari) yetgan joyigacha silar edilar. Avval boshlari va yuzlaridan boshlardilar. Keyin badanlarining old tarafiga (o‘tardilar). Buni uch marta qilar edilar» (Sahihi Buxoriy, 5017).

Alloh taolodan xastalikni ketkazishini so‘rab, quyidagidek duo qiling:

أَذْهِبِ الْبَاسَ رَبَّ النَّاسِ، وَاشْفِ أَنْتَ الشَّافِي، لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ، شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا

«Azhibil-baasa, Robban-naasi. Vashfi, antash-shaafii. Laa shifaa’a illaa shiffaa’uka, shifaa’an laa yug‘oodiru saqoman» (Ziyonni ketkaz, insonlarning Rabbisi! Shifo ber, shifo berguvchi Sensan. Sening shifoyingdan boshqa shifo yo‘q. Darddan asar ham qolmaydigan shifo ber!», deng va bu duoni ham uch marta takrorlang.

عَنْ عَائِشَةَ ﵂ قَالَتْ: «كَانَ النَّبِيُّ ﷺ يُعَوِّذُ بَعْضَهُمْ يَمْسَحُهُ بِيَمِينِهِ: أَذْهِبِ الْبَاسَ رَبَّ النَّاسِ، وَاشْفِ أَنْتَ الشَّافِي، لَا شِفَاءَ إِلَّا شِفَاؤُكَ، شِفَاءً لَا يُغَادِرُ سَقَمًا»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam ba’zilarga panoh tilab, o‘ng qo‘llari bilan silab: «Azhibil-baasa, Robban-naasi. Vashfi, antash-shaafii. Laa shifaa’a illaa shiffaa’uka, shifaa’an laa yug‘oodiru saqoman» (Ziyonni ketkaz, insonlarning Rabbisi! Shifo ber, shifo berguvchi Sensan. Sening shifoyingdan boshqa shifo yo‘q. Darddan asar ham qolmaydigan shifo (ber)!) der edilar» (Sahihi Buxoriy, 5750).

Shuningdek, quyidagi kulfat duosini o‘qing:

لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْعَظِيمُ الْحَلِيمُ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَرَبُّ الْأَرْضِ وَرَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ

«Laa ilaaha illallohul-’aziimul-haliim. Laa ilaaha illallohu Robbul-’arshil-’aziim. Laa ilaaha illallohu Robbus-samaavaati va Robbul-ardi va Robbul-’arshil-kariim» (Buyuk, Halim Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Buyuk Arshning Rabbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Osmonlarning Rabbi, yerning Rabbi va sharafli Arshning Rabbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ «كَانَ يَقُولُ عِنْدَ الْكَرْبِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْعَظِيمُ الْحَلِيمُ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَرَبُّ الْأَرْضِ وَرَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘am-tashvish paytida «Laa ilaaha illallohul-’aziimul-haliim. Laa ilaaha illallohu Robbul-’arshil-’aziim. Laa ilaaha illallohu Robbus-samaavaati va Robbul-ardi va Robbul-’arshil-kariim» (Buyuk, Halim Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Buyuk Arshning Rabbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Osmonlarning Rabbi, yerning Rabbi va sharafli Arshning Rabbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deb duo qilar edilar» (Sahihi Buxoriy, 6346).

Tahorat yo hayz yoki junublikdan g‘usl qilib bo‘lganingizdan so‘ng, o‘zingizni poklangan deb hisoblang va vasvasaga hamda hammomda uzoq turishga yo‘l qo‘ymang, chunki bular shaytondandir. Allohning izni bilan bu holat barham topadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Sehrdan saqlanishning shar’iy vositalari

    Sehr sodir bo‘lishidan oldin undan saqlanishning shar’iy vositalari bormi?
  • Yaqinlikdan keyin sochni yuvish shartmi?

    G‘usl durust bo‘lishi uchun er-xotinlik aloqalaridan keyin sochni yuvish shartmi?
  • Old va orqa avratdagi tuklarni olish

    Kindik ostidagi tukni olish haqida savolim bor, uning chegarasi qayergacha bo‘lishi kerakligini bilmayabman. Moyaklardagi tukni olib tashlash vojibmi? Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Ayollar-chi, ular ham tuklarini olib tashlashlari kerakmi?
  • Hayzli ayol qachon roʻza tutadi?

    Oylik odatim 7-8 kungacha davom etadi. Baʼzida yettinchi kuni qon koʻrmayman, lekin poklik alomati – oqlik ham kelmaydi. Bu holatda namoz, roʻza va er-xotinlik aloqalarining hukmi qanday?