O'qildi: 49
Iyul 27, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Zakot majbur boʻladigan narsalar » Zakot masalalari » Zakotning majburiy boʻlish shartlari
Savol
Men Yaponiyada o‘qiyotgan va hukumatdan stipendiya olayotgan indoneziyalik talabaman. Menga zakot vojibmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
To‘rt turdagi mol-mulkdan zakot berish farz:
Oltin-kumush va pullardan qirqdan biri (2,5%) miqdorida zakot beriladi.
Sizning pulingiz Yaponiya davlatining granti sifatida to‘lanadigan qog‘oz pul bo‘lgani uchun, bu holatda zakot to‘lashingizning eng oson yo‘li – hijriy bir yil o‘tgach, hisobingizdagi qoldiqqa qarab, har 1000 iyenadan 25 iyen zakot berishdir. Agar siz stipendiyani doimiy ravishda sarflab, nisob miqdoriga yetadigan hech narsa qoldirmasangiz yoki jamlangan pulga hijriy bir yil to‘lmasa, bunday holatda sizga zakot vojib boʻlmaydi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?