O'qildi: 37
Iyul 27, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Muomalalar » Qarz » Zakot masalalari » Zakotning majburiy boʻlish shartlari
Savol
Bir kishining ba’zi aka-ukalari va tanishlariga qarzga bergan pullari bor. U bu pulni qaytarib olishi yoki ololmasligi noma’lum. U bu puldan zakot berish vojibmi-yo‘qmi, deb so‘ramoqda.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Kimning nisobga yetgan yoki undirilganda nisobga yetadigan qarzi bo‘lsa, undan zakot chiqarish vojib bo‘ladi. U qarzni undirganida, bir yil yoki undan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, zakotini berishi lozim. Agar u pulni olmasdan oldin zakotni to‘lasa, bu yaxshi. Agar qarz to‘liq nisob miqdoriga yetmasa, bir yildan ortiq muddat o‘tgan bo‘lsa ham, uni olganidan keyin bir yillik zakotini beradi. Bu Imom Ahmaddan kelgan rivoyat va Imom Molikning soʻzidir.
Bu masalada kengroq ma’lumot olish uchun, xususan bu boradagi barcha mazhablarning qarashlari va rojih fikr borasida 125854-fatvoga murojaat qiling.
Allohdan tavfiq soʻraymiz. Payg‘ambarimiz Muhammadga, u kishining oilalariga va sahobalariga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin.
Bu javob foydali bo’ldimi?