Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Er-xotin huquqlari » Ayolning orqa avratiga yaqinlik qilish hukmi
Fatvo: 1103

O'qildi: 3,621

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Ayolning orqa avratiga yaqinlik qilish hukmi

Savol

Muhtaram shayximiz, ushbu noqulay savolni berganim uchun uzr soʻrayman. Savolim: xotinning orqa avratidan yaqinlik qilishning hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Uzringiz qabul qilindi. Bu va shunga o‘xshash masalalarda shariat hukmlarini tushunishga intilish harom yoki uyatli emas, aksincha zarurdir.

Savolingizga kelsak, xotin kishi hayz ko‘rayotgan bo‘lsin yoki bo‘lmasin, uning orqa orqa avratida (axlat chiqadigan joyida) jinsiy aloqa qilish hayz paytida ham, boshqa paytlarda ham gunohi kabiradir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bu ishni qilganlarni la’natlab:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ : «مَلْعُونٌ مَنْ أَتَى امْرَأَةً فِي دُبُرِهَا»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ayolning orqasiga yaqinlik qilgan kimsa – mal’un (la’natlangandir)», dedilar (Musnadi Ahmad, 10206; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 5865)

Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ أَتَى كَاهِنًا» قَالَ مُوسَى فِي حَدِيثِهِ «فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ» ثُمَّ اتَّفَقَا «أَوْ أَتَى امْرَأَةً» قَالَ مُسَدَّدٌ: «امْرَأَتَهُ حَائِضًا أَوْ أَتَى امْرَأَةً» قَالَ مُسَدَّدٌ: «امْرَأَتَهُ فِي دُبُرِهَا فَقَدْ بَرِئَ مِمَّا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ»

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Kim folbinga borsa va uning aytganini tasdiqlasa; yoki hayzli holatdagi ayoliga yaqinlik qilsa,– Muhammadga – sollallohu alayhi va sallam – nozil qilingan narsadan begona bo‘libdi» (Sunani Abu Dovud, 3904; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 5918).

Ko‘plab sog‘lom tabiatli ayollar buni rad etishlariga qaramay, ba’zi erlar xotinlarini agar ular (bu masalada) bo‘ysunmasalar, ajrashish bilan qo‘rqitadilar. Ba’zilari esa ulamolardan so‘rashdan uyalgan xotinlarini aldab, bu ishni joiz deb ishontiradilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam erkak kishi xotiniga xohlagan tomonidan, oldi yoki orqasidan yaqinlashishi mumkinligi, faqat aloqa bola tug‘iladigan joyda bo‘lishi kerakligini xabar berganlar. Shubhasiz, orqa teshik bola tug‘iladigan joy emas, balki axlat chiqadigan joydir.

 

XOTINNING ORQA AVRATIDAN YAQINLIK QILISH SABABLARI

Bu axloqsiz ishga qoʻl urishining sabablaridan biri shuki, ba’zilar toza oilaviy hayotga johiliy urf-odatlar va noodatiy amallar bilan yoki Allohga tavba qilmagan holda behayo filmlardan ko‘rgan sahnalarni eslab kirishadilar. Ma’lumki, bu ishga ikkala tomon rozi bo‘lgan taqdirda ham haromligicha qolaveradi. Zero, harom ishga o‘zaro rozilik uni halol qilib qoʻymaydi.

 

BU ISHNING HAROM QILINISH HIKMATI

Alloma Ibn Qayyim al-Javziyya, Alloh u kishini rahmat qilsin, ayolning orqa avratidan yaqinlik qilish harom bo‘lishining ayrim hikmatlarini «Zodul ma’od» kitobida zikr qilib, shunday degan:

«Orqa avratga kelsak: uni hech qachon, hech bir payg‘ambar halol qilmagan… Agar Alloh vaqtinchalik (hayz paytidagi) ozorlanish sababli old avratdan yaqinlik qilishni harom qilgan bo‘lsa, unda muqarrar ravishda doimiy zarar keltiradigan va naslning uzilishiga olib keladigan, shuningdek, ayollarning orqasiga yaqinlashishga o‘rganib qolganlar keyinchalik bachchaboz bo‘lib ketishi ehtimoli boʻlgan jiddiy yomonliklar haqida nima deysiz?!

Shuningdek, ayol kishi eri bilan jinsiy aloqa qilish huquqiga ega. Orqa avratidan yaqinlik qilish ayolni o‘z huquqidan mahrum etadi, shahvatini qondirmaydi va maqsadini ro‘yobga chiqarmaydi.

Bundan tashqari, bunday qilishga mo‘ljallanib yaratilmagan. Aksincha, old avrat shunga mo‘ljallangan. Shu bois, old avratni tashlab, orqa avratga intilganlar Allohning hikmati va shariatidan chetga chiquvchilardir.

Yana, bu erkak uchun ham zararlidir. Buni oqil shifokorlar ham taqiqlaydilar. Chunki old avrat oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, u tana ichida toʻplangan suyuqlikni oʻziga tortib olib, erkakni undan xalos etadi. Ammo orqa teshik orqali jinsiy aloqa qilish bu suvning hammasini tortib olishga yordam bermaydi va toʻplangan suyuqlikni toʻliq chiqarib tashlamaydi, chunki bu tabiiy tartibga zid keladi.

Bu boshqa jihatdan ham zararli: tabiatga zid bo‘lgani uchun juda charchatuvchi harakatlarni keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, bu ifloslik va nopoklik joyi bo‘lib, erkak kishi unga yuzi bilan ro‘baro‘ keladi, unga yuzlanadi.

Ayollarga ham juda zararli, chunki bu g‘ayritabiiy, tabiatga zid va ular uchun o‘ta jirkanchli ishdir.

Qolaversa, bu amal qiluvchini ham, uni qabul qiluvchini ham shu qadar buzadiki, Alloh taoloning irodasi bilan tavba qilmasalar, najot topishga umid yo‘q.

Yana, bu ne’matlarning yo‘qolishi va balolar yogʻilishining eng katta sabablaridan biridir. Chunki u Allohning la’nati va g‘azabini, bajaruvchidan yuz o‘girib, unga nazar solmasligini keltirib chiqaradi. Shundan so‘ng uning yaxshilikka umid qilishi va yomonlikdan himoyalanishi qanday tasavvurga sigʻadi? Allohning la’nati va g‘azabi yetib, U Zot undan yuz o‘girib, unga nazar solmasa, bandaning hayoti qanday kechadi?

Qolaversa, bu qalbning hayoti bo‘lgan hayoni butunlay yo‘q qiladi. Qalb hayoni yo‘qotsa, xunuk narsani chiroyli, chiroyli narsani xunuk deb biladi. Ana shunda inson halok boʻladi.

Yana: bu Alloh yaratgan tabiatni, fitratni o‘zgartiradi va insonni Alloh biror hayvonga ham bermagan tabiatga og‘diradi. Bu buzuq tabiatdir. Agar insonning tabiati buzilsa, qalb, amal va hidoyat ham buziladi. Shunda yomon amallar va nomaqbul shakllar maqbulga aylanadi.

Va nihoyat, boshqa hech yomonliklarning qoʻlidan kelmaydigan jasorat va beadablikni meros qilib qoldiradi».

Allohning durudi va salomi, dunyo va oxirat saodati uning hidoyatida va u keltirgan dinga ergashishda bo‘lgan, dunyo-yu oxirat halokati uning hidoyatiga va u keltirgan dinga zid bo‘lgan zotga bo‘lsin.

Bu u zot rahimahullohning gaplarining xulosasidir. «Ravzatul muhibbiyn», 4/257-264.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 6792-raqamli savolga murojaat qiling.

Alloh taolodan barchamizga dinida faqih bo‘lishni, U Zot belgilab qo‘ygan chegaralarda turishni va U Zot muqaddas qilgan narsalarni ulug‘lashni so‘raymiz.

Darhaqiqat, Alloh eshituvchi va ijobat qiluvchi Zotdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

15

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?