Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Musulmonlar Falastinda tinch yashasalar boʻlmaydimi?!
Fatvo: 1098

O'qildi: 55

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Musulmonlar Falastinda tinch yashasalar boʻlmaydimi?!

Savol

Men isloh umidida gapiryapman. Muqaddas Kitobga (Injilga) ko‘ra, Isroil degan davlat yo‘q, faqat Falastin bor, ham arab, ham yahudiy xalqlari Ibrohim alayhissalomning naslidandir. Aslida ular birodardirlar. Shunday ekan, nega ular Falastin deb ataluvchi yurtda uyg‘unlikda, ahil-inoq yashay olmaydilar?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu savolga quyidagi bandlar orqali javob berish mumkin:

  • Shubhasiz, Allohning payg‘ambari Ibrohim alayhissalom tavhid ahlidan bo‘lgan hanifdir va u kishi mushrik kofirlardan bo‘lmagan. Yahudiylar garchi Ibrohim alayhissalomning naslidan bo‘lsalar-da, ammo ular Ibrohimning millatiga xilof ish qilib, Allohga shirk keltirdilar va Uzayr Allohning o‘g‘li deb da’vo qildilar, Alloh baxildir va Uning qo‘li bog‘langan dedilar, Alloh kambag‘al va biz boymiz dedilar. Aytishlaricha, Alloh osmonlar va yerni olti kunda yaratgach, shanba kuni charchab dam olgan emish. Alloh ular aytayotgan narsalardan yuksak va pokdir. Ular Allohning sifatlarini inson sifatlariga o‘xshatishdi (antropomorfizm) va payg‘ambarlarni o‘ldirishdi va hokazo.
  • Agar bu farq va tafovut tasdiqlangan bo‘lsa, mo‘min muvahhid bilan kofir mushrik o‘rtasida birodarlik bo‘lishi mumkin emas.
    Alloh taolo Qur’oni Karimda Ibrohim xalilullohning quyidagi soʻzini keltirgan:
﴿قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِي إِبْرَاهِيمَ وَالَّذِينَ مَعَهُ إِذْ قَالُوا لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَآءُ مِنْكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِنْ دُونِ اللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ الْعَدَاوَةُ وَالْبَغْضَاءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا بِاللَّهِ وَحْدَهُ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَاهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَا أَمْلِكُ لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ ۖ رَبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ۝٤رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِلَّذِينَ كَفَرُوا وَاغْفِرْ لَنَا رَبَّنَا ۖ إِنَّكَ أَنْتَ الْعَزِيزُ الْحَكِيمُ۝٥لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِمَنْ كَانَ يَرْجُو اللَّهَ وَالْيَوْمَ الْآخِرَ ۚ وَمَنْ يَتَوَلَّ فَإِنَّ اللَّهَ هُوَ الْغَنِيُّ الْحَمِيدُ۝٦﴾

«Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan kishilarda (ularning kofirlarga qilgan munosabatlarida) go‘zal namuna bordir. Eslangiz, ular o‘z qavmlariga: «Darhaqiqat, bizlar sizlardan va sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilayotgan butlaringizdan bezormiz. Bizlar sizlar (ishonib, «ibodat» qilayotgan but-sanamlar)ni inkor etdik. Toki sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirgunlaringizcha sizlar bilan bizning o‘rtamizda mangu adovat va yomon ko‘rish zohirdir», dedilar. Faqat Ibrohim o‘z(ining kofir bo‘lgan) otasiga: «Albatta men (Allohdan) sen uchun mag‘firat so‘rayman, (lekin) senga Alloh tomonidan bo‘ladigan biron narsani (azobni qaytarishga) molik emasman», (degan so‘zlarigina sizlarga namuna bo‘lmasin)! (Ibrohim va u bilan birga bo‘lgan mo‘minlar yana shunday duo qilgan edilar): «Parvardigoro, yolg‘iz O‘zingga tavakkul qildik va O‘zingga inobat-tavba qildik. Yolg‘iz Sengagina qaytishimiz bordir. Parvardigoro, bizlarni bu kofir bo‘lgan kimsalarga maftun-aldanguvchi qilib qo‘ymagin, bizlarni(ng gunohlarimizni) mag‘firat qilgin. Parvardigoro, albatta Sen O‘zing qudrat va hikmat Sohibidirsan». Darhaqiqat, sizlar uchun — Alloh va Oxirat Kunidan umidvor bo‘lgan kishilar uchun ularda (Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga bo‘lgan mo‘minlarning tutgan yo‘llarida) go‘zal namuna bordir. Kim (Islomdan va mana shu pand-nasihatlardan) yuz o‘girib ketsa, u holda albatta Alloh (unday kimsalardan) behojat va maqtovga loyiq Zotdir» (Mumtahana: 4-6).

Agar bu boʻlinish va dushmanlik qaror topgan bo‘lsa, dushmanlik, uzilish va Allohning dushmanlariga qarshi zaruriy jihod muqarrardir. Modomiki, Alloh taoloning qonuni va hikmati mo‘minlar va kofirlar mavjud bo‘lishini taqozo etar ekan, bu dushmanlik ham mavjud bo‘lishi va namoyon etilishi kerak. Siz Allohning qonunida hech qanday o‘zgarish topa olmaysiz.

  • Bundan tashqari, o‘tmishda ham, hozir ham boshqalarga zarar yetkazgan va zulm qilgan, yer yuzida xiyonatkorligi, sotqinligi va buzg‘unchiligi bilan tanilgan zo‘ravon, tajovuzkor yahudiylar bilan hamjihatlikda yashash mumkin emas. Ular mamlakatning musulmon aholisini o‘ldirdilar, qamoqqa tashladilar, uylarini vayron qildilar, yerlarini tortib oldilar, munosib hayot kechirishlariga to‘sqinlik qildilar, qamoqdagi insonlar ustida kimyoviy va radiatsion tajribalar o‘tkazdilar, ba’zi yahudiy bemorlar manfaati uchun musulmonlardan inson a’zolarini kesib oldilar va boshqa turli xil adolatsizlik hamda zulmlarni amalga oshirdilar (Bu 22-iyun 1999-yilgi ma’lumotlar, chunki fatvo shu yili berilgan. Ammo bugun, 2025-yil e’tibori bilan Isroilning jinoyatlari bir necha barobar oshib, texnologiya rivojlangan davrda ularning insoniyatga qarshi razilliklariga butun olam guvoh boʻldi. Xususan, 2023-yil 7-oktyabrdan 2025-yil 5-yanvargacha bevosita harbiy harakatlar oqibatida 75 200 ga yaqin falastinlik halok bo‘lgan. Ushbu raqamlar musulmon boʻlmagan Spagat va Shikaki jamoasi tadqiqotchilari tomonidan e’lon qilingan. Bu esa yahudiylarning ikki yillik qirgʻini mobaynida 2,3 million aholisi bo‘lgan G‘azo sektorining oʻzida taxminan har 25-falastinlik, har 25-inson halok bo‘lganini anglatadi. E’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lim holatlarining 30 foizdan ortig‘i 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday qurbonlarning yana 22 foizi ayollar va to‘rt foizga yaqini 65 yoshdan oshgan odamlardir. Yahudiylarning Falastindagi oldingi harbiy amaliyotlari paytida bo‘lgani kabi, bir qator inson huquqlari tashkilotlari, «Birlashgan millatlar tashkiloti», «Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti» va jurnalistlar tomonidan fuqarolik infratuzilmasiga (shu jumladan, maktablar, shifoxonalar va masjidlarga) havo hujumlari va tinch aholining o‘limida ko‘p marta ayblovlar bildirildi. Shu bilan birga, ularning harakatlari ko‘pincha tinch aholi, ayollar, chaqaloqlar va qariyalarni sababsiz va ataylab qirish sifatida baholangan. Buyuk Britaniyaning Amnesty International nohukumat tashkiloti Isroilning ikkita havo hujumini «tinch aholi va fuqarolik obyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlar» ekanini aniq hujjatlashtirgan. Shuningdek, 2023-yil 29-dekabrda Janubiy Afrika Respublikasi BMTning Xalqaro sudiga Isroilni G‘azo sektorida genotsid sodir etganlikda ayblab murojaat qildi. Uning bayonotida 75 yillik aparteid (irqiy kamsitishning eng ashaddiy koʻrinishi), 56 yillik harbiy okkupatsiya va G‘azo sektorining 16 yillik qamalda saqlanishi isbot-dalillari bilan keltirilgan. Soʻng bu da’voga yana 7 ta davlat qo‘shilish uchun ariza topshirdi. 2024-yil 5-dekabr kuni Britaniyaning «Amnesty International» tashkiloti ham Isroilni G‘azo sektorida falastinliklarga nisbatan genotsid sodir etganlikda aybladi. Tashkilot tomonidan bu ishlar falastinliklarni jismonan yo‘q qilishga qaratilgani va infratuzilmani vayron qilish hamda aholining ommaviy ko‘chirilishidan tashqari, insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik qilish ayblari ham isboti bilan koʻrsatildi. Ular jahon hamjamiyatini qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi va Isroilga qurol yetkazib beruvchilarni jinoyatga sheriklikda aybladi. Natijada nafaqat musulmonlar, balki kofirlarning, G’arb sug’orib katta qilgan tashkilotlarning oʻzi ham falastinliklarga nisbatan noinsoniy qirgʻinlarni tan olib, ba’zi Isroil amaldorlari va askarlarini harbiy jinoyatlar aybi bilan qamoqqa olishga hukm qilishdi. Dunyo hamjamiyati har qancha qarshilik qilmasin, insonparvarlik yordamiga to‘sqinlik natijasidagi ochlik, osmondan olovlar yogʻdirish va qamoqdagi qiynoqlar, bir soʻz bilan aytganda qirgʻinlar hali-hanuz davom etmoqda – Tarjimon).
  • Bularga qo‘shimcha ravishda, yahudiylar xiyonat va aldov ahlidir va ularga mutlaqo ishonib bo‘lmaydi. Ularning hozirgi xatti-harakatlari buning isbotidir: ular imzolagan va amalda bajargan biron-bir shartnoma yoki bitim bormi? Bu musulmonlar uchun yangilik yoki ajablanarli hol emas, chunki ular Allohning Kitobida yahudiylar haqida aytganlarini yaxshi bilishadi. Rabbimiz azza va jalla aytadi:
﴿أَوَكُلَّمَا عَاهَدُوا عَهْدًا نَبَذَهُ فَرِيقٌ مِنْهُمْ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ﴾

«Har qachon biron ahdga ahdlashsalar ulardan bir guruhi buzaveradimi? Haqiqatan ularning ko‘pi iymonsizdirlar» (Baqara: 100).

  • Keyin, agar musulmonlar yahudiylar bilan tinch yashashga rozi bo‘lsalar, hukm kimniki bo‘ladi? Islomning asosiy tamoyillaridan biri shuki, Islom dini ustun bo‘lishi kerak, unga ustun kelinmasligi lozim. Ahli kitob (yahudiylar va nasroniylar)ning musulmonlar bilan birga yashashi shartlaridan biri shuki, ular musulmonlar tomonidan berilgan xavfsizlik va himoya evaziga ma’lum shartlarga (ahli zimma shartlariga) rioya qilishlari kerak. Bu shartlarning eng muhimlaridan biri shuki, ular musulmon yurtlarida o‘zlarining shirk va kufrlarini xoh so‘zda, xoh amalda oshkora namoyon qilmasliklari lozim.
  • Musulmonlar va yahudiylar diniy va mafkuraviy jihatdan bir-biriga mos kelmaydigan va bir-biriga dushman bo‘lgan ikki toifa bo‘lgani sababli, biri ikkinchisiga kuch bilan bo‘ysunmasa, birga yashay olmaydi. Aslida, yahudiylar musulmonlarning qolishiga yo‘l qo‘ymaydilar, garchi musulmonlar hech qanday ig‘vogarlik qilmasalar ham. Shuning uchun ular musulmonlarning yerlarini zo‘rlik bilan egallab, u yerlarda manzilgohlar qurib, musulmonlarni har qanday yo‘l bilan quvib chiqarishga intilmoqdalar. Ular millionlab odamlarni qo‘shni mamlakatlarga ko‘chirib, u yerda falastinlik qochqinlar lagerlari deb ataladigan joylarni tashkil qilishdi.
  • Oxir-oqibat, musulmonlar hozir ojizlik va xorlik bosqichida bo‘lganliklari – dinlaridan uzoqlashganliklari sababli – va yahudiylarga qarshi kurashib, tortib olingan yerlarni qaytarib olib, Falastin zaminida Islomiy shariat hukmlarini barpo eta olmayotganliklari, bu hol shunday qiyomatgacha davom etadi degani emas. Aksincha, vaziyat o‘zgarishi muqarrar va buning belgilaridan biri Payg‘ambarimiz alayhissalomning kelajakda sodir bo‘ladigan voqealar haqidagi hadislaridir. U zot Rabbisidan kelgan vahiy bilan qo‘llab-quvvatlangan va havoyi-xohishdan emas, balki faqat vahiy bilan so‘zlaydi. U zot alayhis-salotu vas-salom aytdilar:
عَنِ ابْنِ شِهَابٍ ، حَدَّثَنِي سَالِمُ بْنُ عَبْدِ اللهِ : أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ عُمَرَ أَخْبَرَهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: « تُقَاتِلُكُمُ الْيَهُودُ فَتُسَلَّطُونَ عَلَيْهِمْ حَتَّى يَقُولَ الْحَجَرُ: يَا مُسْلِمُ، هَذَا يَهُودِيٌّ وَرَائِي فَاقْتُلْهُ»

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Sizlar yahudiylarga qarshi urush qilasizlar, hattoki toshlar ham «Hoy musulmon! Mana yahudiy, ortimda! Kel, uni o‘ldir!» deydi» (Sahihi Muslim, 2921; Sahihi Buxoriy, 2926).

Muslimning yana bir rivoyatida keladi:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ: « لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يُقَاتِلَ الْمُسْلِمُونَ الْيَهُودَ فَيَقْتُلُهُمُ الْمُسْلِمُونَ، حَتَّى يَخْتَبِئَ الْيَهُودِيُّ مِنْ وَرَاءِ الْحَجَرِ وَالشَّجَرِ فَيَقُولُ الْحَجَرُ أَوِ الشَّجَرُ: يَا مُسْلِمُ يَا عَبْدَ اللهِ، هَذَا يَهُودِيٌّ خَلْفِي فَتَعَالَ فَاقْتُلْهُ، إِلَّا الْغَرْقَدَ فَإِنَّهُ مِنْ شَجَرِ الْيَهُودِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Musulmonlar yahudiylarga qarshi urush qilmaguncha Qiyomat qoim bo‘lmaydi. Musulmonlar ularni o‘ldiradilar, hattoki bir yahudiy tosh va daraxtning ortiga berkinsa, o‘sha tosh yoki daraxt: «Hoy musulmon! Ey Allohning bandasi! Mana yahudiy, ortimda! Kel, uni o‘ldir!» deydi. Faqat Gʻarqad (nomli tikanli daraxt) mustasno, chunki u yahudiylarning daraxtidir» (Sahihi Muslim, 2922).

Aziz savol beruvchi, sizning haqiqatni bilishga bo‘lgan intilishingiz, savol berishdagi xushmuomalaligingiz hamda savolni chiroyli ifodalaganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz. Sizni Allohni Rabbingiz, Islomni diningiz va Muhammad sollallohu alayhi va sallamni Payg‘ambaringiz deb iymon keltirishga da’vat etamiz. Allohga qasamki, bu e’tiqod sizni dunyo-yu oxiratda qutqaradi, manfaatlantiradi va o‘limdan keyin qabrda ham, hisob qoim bo‘ladigan oxirat kunida ham himoya qiladi.

Alloh bizni va sizni barcha yaxshiliklarga muvaffaq aylasin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?
  • O‘qish-yozishni bilmaydigan Payg‘ambar

    Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi va sallamning o‘qish va yozishni bilmaganliklariga biror dalil bormi?
  • Shirk e’tiqodlar yoki g‘aybdan xabar berishga asoslangan filmlarni ko‘rish hukmi

    «Gerkules» kabi shirkka asoslangan afsonalar va g‘oyalarga tayangan filmlarni tomosha qilish musulmon uchun joizmi?
  • Mazhabim haqida so‘ralsa nima deyman

    Yaqinda kelgan ba’zi birodarlarim mendan tez-tez: «Hanbaliymisiz, Shofe’iymisiz va hokazo», deb mazhabim haqida so‘rashadi. Holbuki, men bu masalalarni yaxshi tushunmayman. Menga musulmon bo‘lishimning o‘zi kifoya, din masalalarida shubham tug‘ilsa, ulamolardan so‘rayman. Siz qanday maslahat berasiz?
  • Er-xotin Islomga kirganda nikohni yangilash shart emas

    Er-xotin Islomga kirsa, nikoh shartnomasini yangilashi kerakmi?
  • Allohdan boshqaga atab jonliq soʻyish

    Alloh taoloning Baqara surasi, 173-oyatidagi:﴿إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَیۡكُمُ ٱلۡمَیۡتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحۡمَ ٱلۡخِنزِیرِ وَمَاۤ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَیۡرِ ٱللَّهِۖ ﴾«U sizlarga faqatgina o‘laksa, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalarnigina harom qildi» degan soʻzining ma’nosi nima? Bu oyat Hindistonda Abdulqodir Jiyloniy kabi solih insonlar nomidan Fotiha surasini o‘qigandan so‘ng taklif qilingan har qanday taomni, garchi u Allohdan boshqaning nomiga so‘yilgan bo‘lmasa ham, qabul qilish yoki iste’mol qilishimga to‘sqinlik qiladimi?