Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Roʻzani buzadigan narsalar » Ramazon oyida ro‘zador mahbusning xotini bilan jinsiy aloqa qilishi
Fatvo: 1051

O'qildi: 479

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: »

Ramazon oyida ro‘zador mahbusning xotini bilan jinsiy aloqa qilishi

Savol

Quyidagi masala haqida so‘ramoqchiman: Braziliyada bir yil oldin Islomga qaytgan (Allohga hamdlar bo‘lsin) birodarlarimiz bor. Ular qamoqda. Mahbus yakshanba kunlari uchrashuv vaqtida xotini bilan soat 11:00 dan 2:00 gacha birga bo‘ladi. Savolim shuki, ular Ramazon oyida nima qilishlari kerak? Ularning xotinlari musulmon emas. O‘ttiz kun davomida ayolning iffatini saqlashni hisobga olib, bu borada bizga maslahat bering. Ular Islomda yangi, oramizda biror olim yo‘q. Rahmat.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu holatda qamoqxona ma’muriyatidan uchrashuv vaqtini shom bilan bomdod orasiga o‘zgartirishni iltimos qilishdan boshqa chora yo‘q. Bu oraliq – musulmon kishi shar’an xotini bilan yaqinlik qilishi mumkin bo‘lgan vaqtdir.

Vaziyat qanday bo‘lmasin, ro‘za tutishi farz bo‘lgan musulmon kishiga Ramazon oyida kunduzi xotini bilan jinsiy aloqa qilish mutlaqo joiz emas. Ramazonda jinsiy aloqa qilish ro‘zani buzadigan amallarning eng og‘iridir. Agar shunday holat yuz bersa, buning jazosi bir mo‘min qulni ozod qilishdir. Agar qul topa olmasa, ketma-ket ikki oy ro‘za tutishi lozim. Bunga ham qodir bo‘lmasa, oltmishta miskinga taom berishi, tavba qilishi va jinsiy aloqa qilgan kunining qazosini tutishi kerak.

Sizning vazifangiz ularga yaxshi uslubda ta’lim va nasihat berishdir. Agar shundan so‘ng biror narsa sodir bo‘lsa, tavba va kafforat talab qilinadi. Ehtimol, qamoqxona ma’muriyati yuqoridagi taklifga ijobiy munosabat bildiradi, ayniqsa ular shaxsiy huquq va diniy erkinliklarni qadrlaydigan bo‘lsa.

Alloh taolo barchangizni barcha ezgulikka yo‘llasin, sa’y-harakatlaringizga ajr-u mukofotlar ato etsin. Allohdan qamoqdagi musulmon birodarlarimizga sabr-bardosh, xotinlariga hidoyat berishini so‘raymiz. Albatta, Alloh to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiluvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Ro‘zadorning burni qonashi

    Ro‘zador kishining burnidan qon ketishining hukmi qanday? Chunki men shu holatga duch keldim.
  • Shahvatsiz maniy kelishi

    Ramazon kunduzida roʻza paytida ehtilom yoki masturbatsiyasiz maniy suyuqligi kelishidan shikoyatim bor. Bu ro‘zamga ta’sir qiladimi?
  • Qayt qilib beixtiyor qusugʻini yutib yuborsa, roʻza buziladimi?

    Roʻzador kishi qayt qildi, soʻng qasddan boʻlmagan holda qusugʻidan bir qismini yutib yubordi, uning roʻzasining hukmi qanday?
  • Musiqa eshitsa roʻza buziladimi?

    Ramazonda musiqa eshitishning hukmi nima va u roʻzaning sahihligiga taʼsir qiladimi?