Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Konsertlar va musiqiy kechalar uyushtirish
Fatvo: 1050

O'qildi: 271

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Konsertlar va musiqiy kechalar uyushtirish

Savol

Ba’zi shaharlar va mintaqalarda odamlar musiqiy konsertlar, vatanparvarlik hamda boshqa ruhdagi qo‘shiqlarni tinglashlari uchun bazmlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, ba’zi adabiy to‘garak sahnalarida seriallar va teatr tomoshalari tashkil etilmoqda. Ular uchun turli joylardan qo‘shiqchilar, xonandalar va aktyorlar taklif qilinadi. Ba’zida bu tadbirlarga kirish chiptalar orqali, ba’zan esa bepul bo‘ladi.
Shayx hazratlari, mening savolim shunday: bunday kechalar va ziyofatlarni tashkil etishning hukmi qanday va dam olish, hordiq chiqarish maqsadida ularga qatnashishning hukmi nima? Men ham bu tadbirlarda qatnashib, qo‘shiq kuylashim joizmi? Iltimos, bizga fatvo bering, Alloh sizni mukofotlasin, chunki bu masala chalkash. Ba’zilar buni faqat ko‘ngil ochish deb, unda hech qanday yomonlik yo‘q deyishsa, boshqalar bu harom va ruxsat etilmagan deyishadi. Alloh sizlarga baraka berib, siz orqali Islom diniga manfaatlar keltirsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Har bir kishi Allohdan qo‘rqishi va U zot ularni yashirin va oshkora kuzatib turganini anglashi lozim. Ular Alloh ularni ko‘rib turganini va Undan yer yoki osmonda hech narsa yashirin emasligini bilishlari kerak. Alloh taolo aytadi:

﴿وَتَزَوَّدُوا فَإِنَّ خَيْرَ الزَّادِ التَّقْوَىٰ ۚ وَاتَّقُونِ يَا أُولِي الْأَلْبَابِ﴾

«Va ozuqalanib oling! Eng yaxshi ozuqa Allohdan qo‘rqishdir. Mendan qo‘rqingiz, ey ahli donishlar!» (Baqara: 197).

Ya’ni: ey ongi tirik va qalbi tetik insonlar, Allohdan qo‘rqinglar! Bu dunyoda ham, oxiratda ham manfaat keltiradigan ishlar bilan Allohni rozi qilishga intiling. «Ahli donish» bo‘lmaganlar esa o‘z sa’y-harakatlarini va aqllarini Allohning g‘azabiga duchor qiladigan ishlarga sarflaydiganlardir.

Savolda so‘ralgan qo‘shiq kechalarini tashkil etish va har yerdan qo‘shiqchilar, xonandalar va aktyorlarni taklif qilish, ularga pul berib yoki bepul kirish, bu kechalarga borib tomoshabin boʻlish, yoki ularda ishtirok etish, ularni qo‘llab-quvvatlash – bularning barchasi joiz emas, harom ishlardir. Chunki Alloh taolo aytadi:

﴿وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَشْتَرِي لَهْوَ الْحَدِيثِ لِيُضِلَّ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّخِذَهَا هُزُوًا ۚ أُولَٰئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُهِينٌ۝٦﴾

«Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o‘zgalarni) Allohning yo‘lidan ozdirish uchun va u (yo‘lni) masxara qilish uchun behuda so‘z(lar)ni sotib olur. Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir» (Luqmon: 6).

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu qasam ichib, bu oyatda aytilgan narsa, yaʻni «behuda soʻzlarni sotib olish», bu musiqa ekanini ta’kidlaganlar. Chunki musiqa va qoʻshiq, shubhasiz, odamlarning vaqtini zoye qilib, ularni Allohning yo‘lidan uzoqlashtiradi (Musiqa, qoʻshiq va raqsga doir dalillar majmuasi va ularning turlariga oid hukmlar 5000-raqamli fatvoda batafsil yoritilgan).

حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ غَنْمٍ الْأَشْعَرِيُّ قَالَ حَدَّثَنِي أَبُو عَامِرٍ أَوْ أَبُو مَالِكٍ الْأَشْعَرِيُّ وَاللهِ مَا كَذَبَنِي سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: «لَيَكُونَنَّ مِنْ أُمَّتِي أَقْوَامٌ يَسْتَحِلُّونَ الْحِرَ وَالْحَرِيرَ وَالْخَمْرَ وَالْمَعَازِفَ».

Abdurrahmon ibn Gʻanm Ash’ariy so‘zlab berdi: «Abu Omir [Abu Molik] Ash’ariy menga hadis aytib berdi, Allohga qasamki, u menga yolg‘on gapirmadi. U Nabiy sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitgan ekan: «Ummatimdan farjni, ipakni, xamrni va cholg‘u asboblarini halol sanaydigan qavmlar bo‘ladi» (Sahihi Buxoriy, 5590).

«Ummatimdan farjni, ipakni, xamrni va cholg‘u asboblarini halol sanaydi» degan so‘zlarining ma’nosi: sanab oʻtilgan bu narsalar aslida harom ekanini, «halol sanaydigan qavmlar bo‘ladi» deganlari esa, buning kelajakda amalga oshishini anglatadi. Shunday qilib, hadisning tugal ma’nosi: «Kelajakda ipak, xamr (mast qiluvchi narsalar) va cholg‘u asboblari kabi aslida harom boʻlgan narsalarni o‘zlariga halol va muboh sanaydigan odamlar paydo boʻladi», deganidir.

عَنْ أَنَسٍ , قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَيَكُونَنَّ فِي هَذِهِ الْأُمَّةِ خَسْفٌ وَقَذْفٌ وَمَسْخٌ وَذَلِكَ إِذَا شَرِبُوا الْخُمُورَ , وَاتَّخَذُوا الْقَيْنَاتِ , وَضَرَبُوا بِالْمَعَازِفِ»

Anas roziyallohu anhudan kelgan marfu’ hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: «Albatta bu ummatda yer ko‘chkilari, tosh yog‘ishi va (odamlarning) qiyofasi o‘zgarishi (maymun va cho‘chqaga aylanishi kabi ishlar) sodir bo‘ladi. Bu hodisalar aroq ichilganda, ayol qo‘shiqchilar olib kelinganda va musiqa asboblari chalinganda yuz beradi», deyilgan (Sunani Termiziy, 2212; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 5467).

Shubhasiz, bunday jazolarni keltiradigan narsa harom, hatto katta gunohlardan sanaladi, «laa havla va laa quvvata illa billah» (kuch va quvvat faqat Allohnikidir).

Imom Ahmad rahimahulloh kabi saodat asri ulamolari ud, tanbur, doira, rubob kabi cholg‘u asboblari va musiqani harom deb ochiq aytganlar.

Demak, hozirgi kunda ma’lum bo‘lgan va ko‘proq fitnaga sabab bo‘ladigan asboblar ilk davr ulamolariga ma’lum bo‘lganlaridan ham ko‘proq haromdir.

Demak, zamonaviy cholg‘u asboblari ularning davriga qaraganda yanada jozibador va ko‘proq fitnaga sabab bo‘lgani sababli oʻsha davr ulamolariga ma’lum bo‘lganlaridan ham ko‘proq haromdir.

Shunga ko‘ra, bunday qo‘shiqli bazmlarni o‘tkazish haromdir. Ularni uyushtiruvchilar Allohdan qo‘rqsinlar, farzandlariga mas’ul bo‘lganlar esa Allohdan qo‘rqib, farzandlari va oilasini bunday joylarga olib borishdan saqlansinlar. Bilib qo‘ysinlarki, ular bu qilmishlari uchun gunohkor bo‘ladilar va ertaga Rabbisining huzurida bu qilmishlari uchun so‘roqqa tutilishlari muqarrardir. Dam olish va hordiq chiqarish Allohning Kitobi Qur’onni va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini o‘rganish, ro‘za tutish, Makka va Madinani ziyorat qilish, Alloh yo‘lida jihod qilish, dinni yoyish va unga da’vat qilishda hamda boshqa ezgu va solih amallarda ekanini anglasinlar. Shuningdek, suzishni o‘rganish, merganlik, ot minish, qayiq minish, bog‘-rog‘larga sayohat qilish kabi halol ishlarda ham ko‘ngil ochishlari mumkin, bunda Islomiy odoblar va go‘zal axloqqa rioya qilsalar bas.

Alloh hammamizni yaxshilik va to‘g‘rilik yo‘liga muvaffaq qilsin va Oʻzining g‘azabi va azobidan saqlasin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Allohning salavoti va salomi Payg‘ambarimiz Muhammadga, u zotning oilasi va barcha sahobalariga bo‘lsin.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Tugʻruq sababli roʻzani qazo qilmoq

    Yaqinda Ramazon oyida farzand koʻrganim sababli tutolmagan roʻzalarimni qanday qilib qazosini tutaman? Roʻza tutishdan oldin qanday niyat qilishim kerak?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Ro‘zadorlar uchun rayyon eshigi

    Erim menga faqat Ramazon oyida ochiladigan «Ridvon» eshigi haqida aytib berdi. Bilishimcha, bu eshik ochilganda, Alloh u orqali boylik yog‘dirar ekan. Ushbu so‘zni aniqlashtirib, bu masalani yaxshiroq tushunishimiz uchun bizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsata olasizmi?
  • Ro‘zador holatda unashtirilgan qiz bilan gaplashish

    Musulmon kishi ro‘zador holida unashtirilgan qizi bilan telefonda gaplashishi joizmi?
  • Ramazon kunduzida er-xotinlik qilish xatari

    Maʼlumki, Ramazon oyida kunduzi ayoli bilan jinsiy aloqa qilgan kishining jazosi qul ozod qilish yoki ikki oy ketma-ket roʻza tutish yoxud oltmish miskinga taom berishdir. Bu masalaga oid bir qancha savollarim bor: 1. Agar erkak kishi xotini bilan boshqa-boshqa kunlarda bir necha marta jinsiy aloqa qilsa, uning har bir kuni uchun ikki oydan roʻza tutadimi yoki ikki oy roʻza tutsa, barcha aloqa qilgan kunlari uchun kifoya qiladimi? 2. Agar ushbu jarimaga tushgan kishi yuqorida zikr qilingan hukmni bilmagan boʻlsa, balki har bir yaqinlik kunini bir kun roʻza tutish bilan qazo qilaman deb oʻylagan boʻlsa, bu holatda hukm oʻzgaradimi? 3. Eriga lozim boʻlgan kafforat xotinga ham lozim boʻladimi? 4. Miskinlarni toʻydirish oʻrniga pul toʻlash joizmi? 5. Bir miskinga er va xotini nomidan birgalikda taom berish joizmi? 6. Agar toʻydirishga hech bir miskinni topa olmasa, pulni Riyozdagi «al-Birr» jamiyati kabi xayriya tashkilotlaridan biriga yoki boshqa tashkilotlarga toʻlashi joizmi?