Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Kiyim-kechak, taqinchoqlar va rasmlar » Ayollar libosi » Roʻmol oʻramay, yuzini ham ochib roʻza tutadigan ayollar
Fatvo: 10394

O'qildi: 163

10.02.2026

/ 22 Shaban 1447

Fatvo mavzusi: »

Roʻmol oʻramay, yuzini ham ochib roʻza tutadigan ayollar

Savol

Men muntazam ravishda roʻza tutaman va agar toʻgʻri hijob kiymasam roʻzam qabul boʻladimi yoki yoʻqmi, shuni bilmoqchiman. Ishga borganimda sochlarim, boʻynim va qoʻllarim ochiq qoladi, tanamning qolgan qismini esa yopib yuraman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Sizga nomahram erkaklar oldida toʻliq hijobga rioya qilishingizni tavsiya etamiz. Shunda roʻzangiz maqbul boʻlib, savobi koʻpayadi, shuningdek, namozingiz va boshqa solih amallaringiz ham. Agar muslima ayol hijobsiz roʻza tutsa, roʻzasi sahih boʻladi, lekin hijob kiymagani uchun gunohkor boʻladi. Badanning ochiq qismlari bilan koʻchaga chiqish roʻzaning sahihligiga taʼsir qilmaydi, ammo ochiq yurgan ayol Allohning amriga itoat qilmagani uchun Allohning jazosiga duchor boʻlishi mumkin. Ey Allohning bandasi, sizga Allohning quyidagi amrlariga amal qilishingizni maslahat beramiz.

﴿يُدْنِينَ عَلَيْهِنَّ مِنْ جَلَابِيبِهِنَّ﴾

«Ustlariga yopinchiqlarini oʻrasinlar (Ahzob: 59).

﴿وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ﴾

«Va zeb-ziynatlarini (nomahramlarga) koʻrsatmasinlar» (Nur: 31).

﴿وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ﴾

«Va koʻkraklarini roʻmollari bilan toʻssinlar!» (Nur: 31).

Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
  • Ro‘zadorning burni qonashi

    Ro‘zador kishining burnidan qon ketishining hukmi qanday? Chunki men shu holatga duch keldim.
  • Shahvatsiz maniy kelishi

    Ramazon kunduzida roʻza paytida ehtilom yoki masturbatsiyasiz maniy suyuqligi kelishidan shikoyatim bor. Bu ro‘zamga ta’sir qiladimi?
  • Qayt qilib beixtiyor qusugʻini yutib yuborsa, roʻza buziladimi?

    Roʻzador kishi qayt qildi, soʻng qasddan boʻlmagan holda qusugʻidan bir qismini yutib yubordi, uning roʻzasining hukmi qanday?
  • Musiqa eshitsa roʻza buziladimi?

    Ramazonda musiqa eshitishning hukmi nima va u roʻzaning sahihligiga taʼsir qiladimi?
  • Ramazonda hushdan ketish

    Avtohalokat sababli hushsiz holatda Ramazonga kirgan va yigirma ikki kundan keyingina oʻziga kelgan kishiga nima vojib boʻladi?