Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Allohdan boshqaga atab jonliq soʻyish
Fatvo: 1024

O'qildi: 514

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » » » »

Allohdan boshqaga atab jonliq soʻyish

Savol

Alloh taoloning Baqara surasi, 173-oyatidagi:

﴿إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَیۡكُمُ ٱلۡمَیۡتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحۡمَ ٱلۡخِنزِیرِ وَمَاۤ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَیۡرِ ٱللَّهِۖ ﴾

«U sizlarga faqatgina o‘laksa, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalarnigina harom qildi» degan soʻzining ma’nosi nima? Bu oyat Hindistonda Abdulqodir Jiyloniy kabi solih insonlar nomidan Fotiha surasini o‘qigandan so‘ng taklif qilingan har qanday taomni, garchi u Allohdan boshqaning nomiga so‘yilgan bo‘lmasa ham, qabul qilish yoki iste’mol qilishimga to‘sqinlik qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ibn Kasir rahimahulloh Baqara surasidagi so‘ralgan oyat haqida shunday degan: «Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalar» – bu Allohdan boshqasining nomiga so‘yilgan narsa, ya’ni butlar, shirklarga qilinadigan qurbonliklar va shunga o‘xshash johiliyat ahli ularga so‘yadigan narsalardir.

U kishi Moida surasi 3-oyatning tafsirida shunday deydi: «Allohdan o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalar»  – ya’ni nimaiki so‘yilsa-yu, uning ustida Allohdan boshqaning nomi zikr qilinsa, haromligini anglatadi. Chunki Alloh taolo O‘zining maxluqotlarini Buyuk Ismi bilan so‘yishni vojib qilgan. Agar bundan chetga chiqib, Undan boshqaning nomini, masalan, but, togʻut, sanam yoki boshqa narsani zikr qilsa, uni yeyish ijmo’ bilan haromdir.

Mujohid aytadilar:

﴿وَمَا ذُبِحَ عَلَى ٱلنُّصُبِ

«Yana butlarga atab so‘yilgan hayvonlar» – «Butlar Ka’ba atrofidagi toshlar edi». Ibn Jurayj aytadi: «Ular uch yuz oltmishta sanam bo‘lib, arablar johiliyat davrida u yerda hayvon so‘yishar, soʻngra go‘shtni boʻlaklarga ajratib, ustunlarga qo‘yishardi. Alloh mo‘minlarni bu ishdan qaytardi va ularni ustunlarda so‘yilgan bu qurbonliklarni yeyishdan man etdi. Garchi ustunlarda so‘yilganda Allohning ismi zikr qilingan bo‘lsa ham, bu Alloh va Uning Rasuli harom qilgan shirk hisoblanadi. Buni shunday tushunish kerak, chunki Allohdan boshqasi uchun atalgan narsaning haromligi yuqorida bayon qilindi.

Demak, ustida Allohni qoʻyib, oʻrniga biror payg‘ambar, avliyo, but, shayton yoki xoch kabi ibodat qilinadigan narsalar nomiga so‘yilgan har qanday hayvonni yeyish mumkin emas.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Uy olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz, ammo uyning o‘zidan farz emas

    Nima uchun yashash uchun mo‘ljallangan uydan zakot berish farz bo‘lmaydi-yu, uy sotib olish uchun jamg‘arilgan puldan zakot farz bo‘ladi? Bu holatda zakot olinmasligi avloroq emasmi? Ya’ni, bir kishi ijarada yashaydi va uy sotib olish uchun kundan kunga pul jamg‘aradi, agar uning puli nisobga yetib, bir yil o‘tsa, undan zakot vojib bo‘ladi. Holbuki, oʻzining uyi boʻlgan, unda yashayotgan kishiga hech narsa vojib emas? Axir hukmlarning sabablari bor emasmi?
  • Bachadondan namuna olish ro‘zani buzadimi?

    Ro‘za tutgan ayol bachadon bo‘ynidan surtma (mazok) topshirishi joizmi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Homiladorlikning ilk oylarida abort qilish hukmi

    Homiladorlikning ilk oylarida (3-oygacha), bolaga ruh puflanishidan oldin homilani oldirishning hukmi nima?
  • Atir zarralari ro‘zani buzadimi?

    Maktabimda bir oʻquvchi qiz doim ko‘p miqdorda atir sepadi. Baʻzan uning sachragan zarralari tomog‘imga yetib borayotganini his qilaman. Bu ro‘zamni buzadimi yoki yo‘qmi?
  • Ramazonda vaqtni filmlar, seriallar va o‘yinlar bilan o‘tkazish

    Ba’zi ro‘zadorlar Ramazon oyida kunning aksar qismini videoplatformalar va televizorda filmlar hamda seriallar tomosha qilib, shuningdek, qarta o‘ynab o‘tkazadilar. Buning shar’iy hukmi qanday?