Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Allohga iymon keltirish » Jinlar yordamida pulni ikki baravar ko‘paytirish mumkinligini da’vo qiluvchilar
Fatvo: 1021

O'qildi: 350

26.07.2025

/ 1 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Jinlar yordamida pulni ikki baravar ko‘paytirish mumkinligini da’vo qiluvchilar

Savol

Bir kishi jinlar bilan aloqa o‘rnatishini va u bilan hamkorlik qilganlarga foydani ikki barobar ko‘paytirib berishga tayyorligini aytmoqda. Masalan, unga bir million bersangiz, u jinlar bilan aloqa o‘rnatish uchun simob ishlatadi va sizga taxminan besh million riyol foyda qaytaradi. Bu odamning da’vosi haqida fikringiz qanday va u aytganidek, jinlar ulardan foydalanganlarga haqiqatan ham pul keltiradimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Men bu ishni joiz emas deb hisoblayman, chunki jinlar bilan munosabat o‘rnatish odatda ularga yoqadigan ishlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu sehrgarning ishi bo‘lib, u Shaytonga yaqinlashish uchun unga ma’qul keladigan amallarni bajaradi, natijada barcha savob ishlari kuyib ketadi.

Shuningdek, ular simobni ishlatishlariga kelsak, odamlarni aldab, pullarini olishdan boshqa narsa emas. Bu ish qimor va o‘g‘irlikka ham kiradi, chunki shaytonlarning ishi xayoliy ko‘rinish va sehr orqali bo‘ladi. Ma’lumki, ular bizning pul, naqd mablag‘lar va buyumlarimizga o‘xshash narsalarga ega emaslar. Agar ular insonga bunday narsalarni bersa, bu yo haqiqati bo‘lmagan xayoliy narsa, yoki odamlarning mollaridan o‘g‘irlangan narsadir. Shunday ekan, ular bilan muomala qilish halol emas.

Aslida, pulni ko‘paytiraman degan bu sehrgarlarning ko‘pchiligi firibgar va yolg‘onchilardir. Ular odamlarni aldab, pullarini olib qo‘yishadi. Ularning qilmishlari firibgarlik va ko‘zbo‘yamachilikdan boshqa narsa emas. Gazeta-jurnallar, ommaviy axborot vositalari ham bunday xabarlar bilan to‘lib toshgan.

Allohdan salomatlik so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

    Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?
  • Munajjim bashorati (burjlar, goroskop) hukmi

    Men munajjimlar bashorati (burjlar, goroskop) o‘qish va g‘aybni bilishga urinish Alloh ta’olo qaytargan harom ishlardan ekanidan xabardorman, chunki bizning kelajagimizni faqat U Zot subhonahu va taologina biladi. Shuning uchun men munajjimlar bashoratini o‘qishni tark etdim. Lekin tushlarni ta’birlash ham harommi yoki bunga ruxsat berilganmi? Men tushimda o‘g‘irlab ketilganimni ko‘rdim, so‘ngra boshqa tushimda karri bilan to‘ldirilgan dengiz qisqichbaqasini yeb o‘tirgan xolalarimdan biri meni quchoqlaganini ko‘rdim. Internetda tushlarni ta’birlaydigan sayt bor, unda o‘g‘irlanish haqidagi ta’birni o‘qidim. Unga koʻra men havas qilinmaydigan yomon vaziyatga duch kelishimni anglatar ekan. Xolamning quchoqlashi esa men qallig‘imni yo‘qotishimni bildirar emish. Bu ta’birlar to‘g‘rimi? Iltimos, bu haqda izoh bera olasizmi? Alloh sizni mukofotlasin.
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?