Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Online Kitoblar


Saqlanganlar


Biz haqimizda

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Bandaning burchlari » Islomga qarshi kurashuvchi sayt
Fatvo: 216

O'qildi: 8

Iyun 16, 2025

/ 21 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: » » » » » »

Islomga qarshi kurashuvchi sayt

Savol

Men internetda Islomga qarshi kurashuvchi bir saytga duch keldim. Uning manzili… Unga qarshi qanday chora koʻrsak boʻladi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savol bergan singlim,
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh. 

Men aytilgan saytning baʼzi sahifalarini koʻrib chiqdim va haqiqatdan ham Islom diniga boʻlgan nafratni, Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni masxara qilishlarini, boʻhtonlarni va haqiqatlarni buzib koʻrsatayotganiga guvoh boʻldim. Lekin, Alloh taolo aytganidek:

﴿يُرِيدُونَ لِيُطۡفِـُٔواْ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفۡوَٰهِهِمۡ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوۡ كَرِهَ ٱلۡكَٰفِرُونَ

«Ular Allohning nurini (yaʼni, Islomni) ogʻizlari (yaʼni, behuda gaplari) bilan oʻchirmoqchi boʻlurlar. Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʻz nurini (yaʼni, dinini) toʻla (yaʼni, har tarafga) yoyguvchidir» (Soff: 61).

Men u sahifaning nomini musulmonlar kiradigan birorta islomiy sahifada eʼlon qilinishi hikmatdan deb hisoblamayman, toki ularning xabarini tarqatmaylik va bilvosita ularga daʼvat qilib qoʻymaylik. Mening fikrimcha, imkoni bor odam yuqoridagi va boshqa oyatlarning tarjimasini, masalan, Alloh taoloning ushbu soʻzlarini ularga yuborib qoʻysin:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمۡوَٰلَهُمۡ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيۡهِمۡ حَسۡرَةٗ ثُمَّ يُغۡلَبُونَۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحۡشَرُونَ٣٦ لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلۡخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ

«Albatta, kofir boʻlgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar. Kofir boʻlgan kimsalar jahannamga toʻplanurlar. Alloh nopokni pokdan (kofirni moʻmindan) ajratishi uchun (toʻplanurlar)…» (Anfol: 36-37).

Ularga javob berish va ularni gʻazablantirish uchun shu kabi oyatlarni yuborish kifoya. Albatta, bu bandani Allohga yaqinlashtiradigan ibodatlar sarasidandir. Alloh azza va jalla moʻminlar haqida xabar berganidek:

﴿ وَلَا يَطَـُٔونَ مَوۡطِئٗا يَغِيظُ ٱلۡكُفَّارَ وَلَا يَنَالُونَ مِنۡ عَدُوّٖ نَّيۡلًا إِلَّا كُتِبَ لَهُم بِهِۦ عَمَلٞ صَٰلِحٌۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجۡرَ ٱلۡمُحۡسِنِينَ ١٢٠﴾

«… Va kofirlarni gʻazablantiradigan biron qadam bossalar, dushmanga biron ziyon yetkazsalar, albatta ular uchun bu ishlari sababli, yaxshi amal yozilur. Zotan, Alloh yaxshilik qilguvchilarning amallarini zoye qilmas» (Tavba: 120).

Shuni bilishimiz kerakki, Islomdan nafratlanuvchilar yetarlicha boʻlib, ularning barchasiga, ayniqsa arzimas shubhalarga javob berish – oxiriga yetib boʻlmaydigan ishdir. Shoir aytganidek:
«Hurigan har itga otar boʻlsam tosh,
Togʻ dinorga aylanar berolmay bardosh».

Soʻzimning oxirida Allohdan sizning dinga boʻlgan gʻayurligingiz uchun ajr berishini, sizni Oʻz hifz-u himoyasida saqlashini va qoʻllab-quvvatlashini soʻrayman.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Odam alayhissalom farzandlarining nikohi

    Men iymonimga shubha qilmayman, alhamdulillah, lekin qalbni behuzur qiladigan baʼzi masalalar bor: Odam va Havvo farzand koʻrganlarida, ularning farzandlari bir-birlari bilan turmush qurishgan. Ammo Qurʼoni Karimda aka-ukalarning opa-singillari bilan nikohlanishi harom deyilgan-ku?! Bu ish qanday sodir boʻlgan?
  • Qurʼon oyatlarini devorlarga ilish hukmi

    Musulmonlarning uylariga tashrif buyurganimda, ularning koʻpchiligi devorlarga Qurʼon oyatlari, Allohning goʻzal ismlari yoki boshqa narsalarni aks ettiruvchi tasvirlarni osib qoʻyganlarini koʻraman. Bu amalning islom shariatidagi hukmi qanday?
  • Marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻrishadimi?

    Ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emasligi haqida eshitganmiz, sababi marhumlar tiriklarni yalangʻoch holda koʻradilar emish. Ammo men bunday ekaniga ishonmayman. Onam va singlim otamning qabrini ziyorat qilishni xohlashadi, hatto ziyorat qilishgan ham. Buning hukmi nima?
  • Hadisni inkor qiluvchi ota-onaga yaxshilik qilish

    Men dindor boʻlmagan oilada yashayman. Oilam meni dindorligim uchun taʼqib qilib, ustimdan kulishadi. Men – Allohga hamdlar boʻlsin – sunnatga amal qilaman. Otamning eʼtiqodi quyidagicha: U “Qurʼon oyatlarini sharhlaydigan hadislar, masalan namoz haqidagi hadislarga amal qilish kerak. Ammo Qurʼonda kelmagan masalalarni bayon qiladigan hadislarga kelsak, masalan, begona ayolga qoʻl berib koʻrishishdan qaytarilgan hadisiga amal qilish shart emas”, deb hisoblaydi. Uning bundan boshqa notoʻgʻri eʼtiqodlari ham bor. Ota-onaga yaxshilik qilish vojibligini bilaman. Ammo otamning eʼtiqodini eʼtiborga olgan holda, uning ortida namoz oʻqishim joizmi? Agar nojoiz boʻlsa, uni xafa qilmaslik uchun u bilan namoz oʻqiyotgandek koʻrinib, keyin namozimni qayta oʻqib olsam boʻladimi?
  • Riboga qarz olgan odamning daromadi

    Biz riboga (sudxoʻrlik evaziga) olingan pul bilan tijorat loyihasini boshladik. Bu pulni boʻlib-boʻlib toʻlab bormoqdamiz. Shu loyihadan kelayotgan foyda va bu ishda ishlash halolmi?
  • Jin tegishi va sehr haqida

    Akam safardan qaytgandan keyin gʻalati narsalarni gapira boshladi, baʼzi bashoratlar bilan folbinlik qilyapti va hech kim bilan gaplashmayapti. U xorijda ikki yil qolgandi. Hatto onasiga tupuradigan darajaga yetdi. Biz uni ruhiy kasal deb oʻylab, shifokorga olib bordik. Lekin shifokor hech bir kasallik alomati topmadi. Biz jinga yoki sehrga duchor boʻlgan deb oʻylayapmiz. Buni qanday bilish va undan qanday qutulish mumkin? Akamning bu holati tufayli onam kasal boʻlib qoldi.